Laboratoriya ishi margarinni tahlili



Yüklə 33,29 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü33,29 Kb.
#169407
1   2   3   4
10-lab

Margarinning analizi
Margarin analizi vaqtida uning namligi, kislota soni, quruq qoldiq miqdori, tuz va yog‘ miqdori, shuningdek organoleptik ko‘rsatgichlari hid, ta’m 180C dagi konsistensiyasi va rangi aniqlanadi.
Margarin analizi uchun namunalar ishlab chiqarilayotgan har bir partiyadan olinadi. Yashiklardan (monolit) namuna shup bilan yashikning oldi devoridan solinib yon balandlikka parallel ravishda tiqib olinadi. Bochka yoki fanerli barabanlardan namuna shupni yon chetidan markazgacha tiqib olinadi. Agar margarin bo‘laklarda ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa unda analizga ajratilgan bo‘laklarning qog‘ozi olinadi va qoq markazidan ikkiga bo‘linadi. Kesimning hamma yuza qismidan 50 g ga yaqin margarin namunasi olinadi. Olingan namunalar bankalarga joylashtiriladi va harorati 40-450C bo‘lgan suv hammomiga solinadi. Margarin erib ketmasdan ma’lum bir harakatchanlikka ega bo‘lishi uchun uni har 2 min orasida aralashtirib turiladi. Margarin harakatchan bo‘lishi bilan banka suv ichidan olinadi va massa qotib qolguncha aralashtiriladi. Analiz uchun namuna shu qotib qolgan massadan olinadi.


10.1. MARGARIN NAMLIGINI MASSA ULUSHINI ANIQLASH
Ta’rif: Usul, margarin namunasini 160-1800C haroratda quritishga asoslangan.
Kerakli reaktivlar va jihozlar: soat oynasi, qizdirilgan qum, tarozi, elektrisitgich, shisha tayoqcha, diametri 40-50 mm va balandligi 40-60 mm bo‘lgan metall byuks.

Namlikni massa ulushini ikkita usul bilan aniqlash mumkin: margarin namunasini quritish shkafida doimiy og‘irlikkacha quritish (arbitraj usuli); elektrplitada quritish (tezlashtirilgan usul). Operativ nazorat uchun ko‘pincha ikkinchi usuldan foydalaniladi.


Ishni bajarish tartibi: Quritilgan, shisha tayoqchali metall byuksga 10-15g qizdirilgan qum, 5-6 g margarin texnik tarozida tortib olinadi va elektrplitada 160-1800C haroratda shisha tayoqcha bilan uzluksiz aralashtirib turib qizdiriladi. Chirsillash tugagach, byuksni yuzi soat oynasi bilan yopiladi. Quritish jarayonini tugaganini soat oynasi xiralashmasligidan va margarin rangini to‘q qizil rangga kirishidan bilinadi. Buning uchun soat oynasini har zamonda olib yuzasi (sirti) tekshiriladi. Namlikni haydagach, byuks plitkadan olinadi, sovitiladi va tortiladi.
Namlikni massa ulushi (X) quyidagi formula bilan hisoblanadi:

bu yerda m1- margarinli byuksning quritguncha bo‘lgan og‘irligi, g; m2 – margarinli byuksning quritgandan keyingi og‘irligi,g; m – namunani og‘irligi,g.
Parallel aniqlashdagi farq 0,2%dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.



Yüklə 33,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin