1-laboratoriya ishi Atvud mashinasida kinematika va dinamika qonunlarini o‘rganish
Kerakli asboblar: Atvud mashinasi, qo’shimcha yukchalar, sekundomer.
Ishning maqsadi Talaba ishni bajarish mobaynida «tezlik», «tezlanish» «massa» «kuch» «impuls» kabi fizik kattaliklarning ma’nosini Nyutonning uchta qonunining mazmunini bilishi hamda bog‘langan yuklar tizimi harakatini ifodalovchi oddiy o‘lchashlarni bajarib, ushbu harakatlarni tavsiflashda kinematika va dinamika qonunlarini tadbiq eta olishi kerak.
1. Atvud mashinasining tuzilishini va o‘lchash usulini o‘rganish
2. Yo‘l qonunini tekshirish
3. Tezlik qonunini tekshirish
4. Nyutonning 2- qonunini tekshirish
5. o‘lchash natijalarining aniqligini tekshirish
Asosiy nazariy ma’lumotlar Jismlarning yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan ko’chishiga mexanik harakat deyiladi. Jismlarning mexanik harakatini o’rganishda mutlaq (absolyut) qattiq jism va moddiy nuqta tushunchalaridan keng foydalaniladi. Ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa doimo o’zgarishsiz qoladigan jism mutlaq qattiq jism deyiladi. Moddiy nuqta deb esa o’lchamlari va shakli qaralayotgan masofaga nisbatan hisobga olinmasa ham bo’ladigan jismga aytiladi.
Jism ilgarilama harakat qilganda uning ikkita nuqtasini birlashtiruvchi to`g`ri chiziq o’z-o’ziga parallelligicha qoladi. Moddiy nuqtaning mexanik harakati davomida bosib o’tgan nuqtalarining geometrik o’rni harakat trayektoriyasi deyiladi. Harakat trayektoriyasining uzunligi bosib o’tilgan yo’lni beradi. Moddiy nuqtaning boshlang’ich va oxirgi vaziyatlarini tutashtiruvchi, yo’nalishga ega bo’lgan to`g`ri chiziq kesmasiga moddiy nuqtaning ko’chishi deyiladi. Ko’chish vektor kattalik, yo’l esa skalyar kattalikdir.
Jismlarning tezligi vaqt davomida o’zgarib tursa, bunday harakat o’zgaruvchan harakat deyiladi. Bunda tezlanish
ifoda orqali aniqlanadi. tezlanish bilan harakatlanayotgan jismning vaqtdan keyingi tezligi va bosib o’tgan yo’li tekis tezlanuvchan harakatda
,
tekis sekinlanuvchan harakatda esa
,
ifodalar orqali topiladi.
Tekis tezlanuvchan harakatda tezlik vektorining yo’nalishi bilan tezlanish vektorining yo’nalishi bir xil, sekinlanuvchan harakatda esa qarama-qarshi bo’ladi.
To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakatda koordinataning vaqt bo’yicha o’zgarishini ifodalovchi tenglamaga harakat tenglamasi deyiladi
Jism tezligining kattaligi va yo’nalishi bu jismga boshqa jismlarning ko’rsatadigan ta’siri natijasida o’zgaradi. Jism tezligining o’zgarishiga, ya`ni tezlanish olishiga yoki uning deformatsiyalanishiga sababchi bo’lgan ta’sirni tavsiflovchi kattalikka kuch deyiladi. Jismning olgan tezlanishi unga ta’sir etuvchi kuchga to’g’ri, jismning massasiga esa teskari proporsionaldir. Bu xulosa Nyutonning 2-chi qonunini ifodalaydi:
Nyutonning ikkinchi qonuni faqat inersial sanoq sistemalari uchun o’rinlidir. Ushbu qonunni jismning impulsi ( ) orqali quyidagicha yozish mumkin:
yoki
Bu Nyuton 2-chi qonunining umumiyroq ko’rinishdagi ifodasi bo’lib, quyidagicha ta`riflanadi: moddiy nuqta impulsining o’zgarish tezligi unga ta’sir etayotgan kuchga teng.
Agar jismga bir nechta kuch ta’sir qilayotgan bo’lsa, unda Nyutonning 2-chi qonunining matematik ifodasini quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:
- jismga ta’sir etayotgan hamma kuchlarning natijalovchisidir. U jismga qo’yilgan barcha kuchlarning vector yig`indisiga teng.