NAZORAT SAVOLLARI 1.Jismning aylanish o‘qiga nisbatan inersiya momentini aniqlash usulini tushuntiring.
2.Yuk - stolcha -platforma tizimi uchun energiyaning saqlanish qonuni qanday yoziladi?
3.Aylanma harakatni tavsiflovchi kattaliklar - burchak tezlik, burchak tezlanishni ta’riflang. Chiziqli va aylanma harakat kinematikasini tavsiflovchi kattaliklar o‘zaro qanday bog‘langan?
4. Aylanma harakat dinamikasining asosiy kattaliklari - jismning kuch momenti, inersiya momenti, impuls momentining ma’nosini tushuntiring.
5. Aylanma harakat dinamikasining asosiy qonunini ta’riflang. Ilgarilanma harakat bilan solishtiring.
6. Aylantiruvchi momentning ishi qanday aniqlanadi? Qattiq jism aylanma harakatining kinetik energiyasi nimaga teng?
7. Jismlarning inersiya momentlarini nazariy va tajriba orqali
aniqlash usullarini tushuntiring.
ADABIYOTLAR Savelyev IV "Umumiy fizika kursi", I tom. Toshkent, "O‘qituvchi" nashriyoti, 1983 .
Ahmadjonov O. Fizika kursi (Mexanika va molekulyar fizika). Toshkent, “O’qituvchi” 1985.
Трофимова Т.И. Курс физики. Москва. «Высшая школа» 1990.
Детлaф А.А., Яворский Б.М. Курс физики. Москва. «Высшая школа», 1989.
4 - laboratoriya ishi TUSHAYOTGAN SHARCHANING KINETIK VA POTENSIAL ENERGIYALARINI ANIQLASH Kerakli asboblar: Grimzel qurilmasi, po’lat sharcha, masshtabli chizg’ich, ko’chiruvchi qora qog’oz, toza oq qog’oz, elyektromagnit.
Ishning maqsadi Laboratoriya ishini bajarish davomida talaba "energiya" va "ish" fizikaviy tushunchalarining ma’nosini tushunishi hamda energiyaning saqlanish qonuni mazmunini anglab olishi kerak.
Tushayotgan sharcha misolida mexanik jarayonlarda energiyaning bir turdan boshqa turga o‘tishini tahlil qila olishi kerak
Topshiriq 1. Laboratoriya ishi bajariladigan qurilma tuzilishini va o‘lchash usulini o‘rganish
2. Tushayotgan sharchaning kinetik va potensial energiyasini o‘lchash
3. Energiyaning saqlanish qonunini bajarilishini analitik va grafik ravishda tahlil qilish
4. O‘lchash natijalari aniqligini tekshirish.