Laboratoriya ishi topografik karta bilan ishlash


Kartadagi istalgan nuqtaning geografik koordinatalarini aniqlash



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə5/9
tarix02.01.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#41521
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 Laboratoriya ishi (1)

Kartadagi istalgan nuqtaning geografik koordinatalarini aniqlash.

Misol uchun, A nuqtaning koordinatalarini. Buning uchun sirkul-o‘lchagich yordamida A nuqtadan kartaning janubiy ramkasigacha bo‘lgan eng qisqa masofani o‘lchab olish lozim. So‘ng o‘lchagichni g‘arbiy ramka ustiga qo‘yib, o‘lchangan kesmadagi minutlar va sekundlar miqdorini aniqlash lozim. Undan so‘ng o‘lchangan minut va sekundlar (0'27") qiymatini ramkaning janubi-g‘arbiy burchagi kengligi 54°30' ga qo‘shish kerak. (1.6-rasm)

Kartadagi nuqtaning kengligi quyidagiga teng bo‘ladi:

54°30'+0'27" = 54°30'27".

Uzoqlik ham shu tarzda topib olinadi.

Sirkul-o‘lchagich yordamida A nuqtadan kartaning g‘arbiy ramkasigacha bo‘lgan eng qisqa masofani o‘lchab olish lozim. So‘ng o‘lchagichni janubiy ramka ustiga qo‘yib, o‘lchangan kesmadagi minutlar va sekundlar miqdorini aniqlanadi va aniqlangan minut va sekundlar (2'35")qiymatini ramkaning janubi-g‘arbiy burchagi uzoqligi 45°00'ga qo‘shish kerak.

Kartadagi nuqtaning uzoqligi quyidagiga teng bo‘ladi:

45°00'+2'35" = 45°02'35".




    1. Yüklə 0,79 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin