Nuqtaning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniqlash. Koordinatalari bo‘yicha nuqtalarni kartaga tushirish.
Koordinatalar to‘ri deb kartada zonaning koordinata o‘qlariga parallel bo‘lgan chiziqlar bilan hosil qilingan kvadratlar to‘riga aytiladi. To‘r chiziqlari butun sonli kilometrlar orqali o‘tkazilgan. Shuning uchun koordinatalar to‘rini kilometrlar to‘ri deb, uning chiziqlarini esa kilometrlar chiziqlari deb ham yuritiladi.
Topografik kartalarda koordinata chiziqlari absissa va ordinatalari qiymatlari varaq ichki ramkasida chiziqlar uchlariga yoziladi. Koordinata chiziqlari absissa va ordinatalarning kilometrda ifodalangan to‘liq qiymatlari karta ramkasi burchaklariga yaqin joyga va koordinata chiziqlari kesishgan shimoliy-g‘arbiy burchakka yaqin joyga yoziladi. Qolgan koordinata chiziqlariga esa qisqartirilgan 2 ta raqamlar (kilometrning o‘nliklari va birliklari) yoziladi. Koordinatalar to‘rining gorizontal chiziqlari yonidagi yozuvlar ordinata o‘qidan shu chiziqqacha bo‘lgan kilometrda ifodalangan masofaga mos keladi.
Vertikal chiziqlar yonidagi yozuvlar zona nomerini (birinchi turgan bitta yoki ikkita raqam) va zona o‘qiy meridianidan shartli ravishda g‘arbga tomon 500 km ga siljitilgan koordinatalar boshidan shu chiziqqacha bo‘lgan kilometrda ifodalangan masofani ( har doim 3ta raqam) bildiradi.
Misol uchun, 6740 yozuvi:
6 – zona nomeri,
740 – shartli koordinatalar boshidan kilometrda ifodalangan masofani anglatadi.
Koordinatalar to‘ri bo‘yicha sirkul yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |