Laboratoriya ishi topografik karta bilan ishlash


-rasm. Yer yuzasining kartalarga bo‘linishi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/9
tarix02.01.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#41521
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 Laboratoriya ishi (1)

1.1-rasm. Yer yuzasining kartalarga bo‘linishi

Boshqa yirikroq masshtabli kartalarni grafalarga bo‘lish tamoyili 1.1., 1.2.,


1.3-rasmlarda ko‘rsatilgan.

1.1-jadval



1:1 000 000

4 varaq

1:500 000 (А, Б, В, Г)

36 varaq

1:200 000 (I, II, III, …, XXXVI)

144 varaq

1:100 000 (1, 2, 3, …, 144)




1.2-rasm. 1:1000000 masshtabli kartadagi 1:100000 – 1:500000 masshtabli karta varaqlarini joylashishi, nomerlash va belgilash tartibi



1.3-rasm. 1:100000 masshtabli kartadagi 1:25000 va 1:50000 masshtabli karta varaqlarini joylashishi va belgilash tartibi

Yuqoridagilarga muvofiq barcha masshtabdagi topografik kartalar uchun yagona bo‘lgan varaqlar nomenklaturasi ham belgilangan.

Koordinatalar deb biror bir balandlikdagi yoki fazodagi nuqta o‘rnini aniqlovchi burchakli va chiziqli kattaliklarga aytiladi. Topografiyada bevosita joydagi o‘lchash natijalari, shuningdek kartalar yordamida ham nuqtaning yer yuzasidagi o‘rnini oddiy va tez aniqlash mumkin bo‘lgan koordinatalar sistemalaridan foydalaniladi. Bunday sistemalar qatoriga geografik, yassi to‘g‘ri burchakli, qutbli koordinatalar kiradi.

Geografik koordinatalar nuqtaning yer yuzasidagi o‘rnini burchak kattaliklari: kenglik (φ) va uzoqlik (L) bilan aniqlaydi. Bunda koordinatalar boshi boshlang‘ich (Grinvich) meridianining ekvator bilan kesishuvchi nuqtalar bo‘ladi. Karta ramkasining barcha tomonlarida shkalalar bilan geografik to‘r ko‘rsatilgan. Ramkaning g‘arbiy va sharqiy tomonlari meridianlar, shimoliy va janubiy tomonlari esa parallellar hisoblanadi. Karta varag‘ining burchaklarida ramka tomonlarining kesishish nuqtalari geografik koordinatalari ko‘rsatilgan.

Geografik koordinatalar sistemasida istalgan nuqtaning yer yuzasidagi o‘rni koordinata boshiga nisbatan burchak kattaliklarida aniqlaniladi (1.4 rasm). Bizda va boshqa davlatlarda koordinata boshi etib boshlang‘ich (Grinvich) meridianining ekvator bilan kesishish nuqtalari qabul qilingan. Butun sayyoramiz uchun yagona geografik koordinatalar sistemasining mavjudligi bir-biridan sezilarli darajada uzoqlikda joylashgan nuqtalarning o‘zaro joylashuvini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etishda qulaylik tug‘diradi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin