Laboratoriya ishi topografik karta bilan ishlash


-rasm. Yer yuzasidagi geografik koordinatalar sistemasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/9
tarix02.01.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#41521
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 Laboratoriya ishi (1)

1.4-rasm. Yer yuzasidagi geografik koordinatalar sistemasi.

Yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi nuqtaning tekislikdagi o‘rnini qabul qilingan koordinata boshiga nisbatan chiziqli kattaliklar bilan aniqlaydi. Bunda koordinata boshi deb ikkita o‘zaro perpendikulyar X va Y koordinata o‘qlari kesishish nuqtalari qabul qilinadi.





1.5-rasm. Kartalarda yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi.
Topografiyada har bir 6 gradusli zona o‘zining to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasiga ega. X o‘qi – zonaning o‘qiy meridiani, Y o‘qi esa ekvator, o‘qiy meridianning ekvator bilan kesishish nuqtasi – koordinata boshi.

Yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi zonaviy hisoblanadi. U har bir olti gradusli zona uchun alohida o‘rnatiladi, bunda yer yuzasi kartalarda emas Gauus proyeksiyasida tasvirlanadi va bu yer yuzasidagi tasvir o‘rnini shu proyeksiyada tekislikda (kartada) ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

O‘qiy meridianning ekvator bilan kesishish nuqtasi koordinata boshi hisoblanadi. Zonaning qolgan barcha nuqtalari o‘rni koordinata boshiga nisbatan uzunlik o‘lchovlari bilan aniqlaniladi. Zonaning koordinata boshi va uning koordinata o‘qlari yer yuzasida qat’iy belgilangan o‘rnini egallaydi. Shuning uchun har bir zonaning yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi qolgan barcha zonalar koordinatalar sistemasi bilan bo‘lgani singari geografik koordinatalar sistemasi bilan ham bog‘liq.



  1. Yüklə 0,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin