Лаборатория машғулотлари учун таълим технологиялари. 1-mavzu: ta`lim texnologiyasining tuzilmasi
Mustaqil ish uchun topshiriq: «T-sxema» asosida mutaxasislik faniga moslab ixtiyoriy ma`ruzada ijodiy ishlanma tayyorlab kelish. “T – sxema” Metodning maqsadi: Mazkur metod biror tushuncha, yoki ma`ruza bo’yicha o’rganilgan axborotlar tizimini qiyosiy tahlil etish, solishtirish, mustaqil munosabatni shakllantirishga imkoniyat yaratish maqsadida qo’llaniladi. Bunda ta`lim oluvchi shaxsidagi: Mustaqil va ijodiy fikrlash; Axborotlar tizimini tahlil etish; O’z pozitsiyasida qat`iy turish; O’z-o’zini nazorat qilish va baholash; Muloqotchanlik va o’zgalar fikriga hurmat; Jamoada ishlash ko’nikmalari rivojlanadi. Metodni amalga oshirish tartibi: O’qituvchi o’quvchilarni miqdor jihatdan teng gurhlarga ajratadi; O’kuvchilarni trening o’tkazishga qo’yilgan talablar va bajarilishi zaraur bo’lgan topshiriq shartlari bilan tanishtiradi; Taroqatmalar o’quvchilar guruhiga beriladi va taklif etilgan sxema asosida qatnashchilar tushunchaga yoki muammoga nisbatan o’zining mustaqil fikrini bildiradi; Bildirilgan fikrlar ijobiy va salbiy yo’nalishga ajratilib, kerakli ustunchalarga yoziladi; Belgilangan vaqt (10-15 daqiqa) yakuniga etgach, barcha guruhlarning faollari yordamida prezentatsiya tashkil etiladi; Barcha guruhlarning yakuniy xulosalari o’qib eshittirilganidan so’ng, trener-o’kituvchi guruhlar ishini baholaydi va qo’shimcha to’ldirishlarni kiritadi. Yüklə 1,4 Mb. Dostları ilə paylaş: |