Kimyoviy reaksiya tezligiga katalizatorning ta’siri
Gomogen kataliz
1-tajriba. Ikkita probirkaning har biriga 3 ml dan KCNS eritmasi va uch tomchidan FeCl3 eritmasidan quying. Bu probirkalarning biriga katalizator simfatida mis (II)- sulfat eritmasidan ikki tomchi qo‘shing. So‘ngra ikkala probirkaga Na2S2O3 eritmasidan 3 ml dan soling. Har ikkala probirkada rangsizlanish qancha vaqt o‘tganidan keyin kuzatilishini taqqoslab ko‘ring. Natriy tiosulfat temir (III)-rodanidni temir (II)-rodanidga qadar qaytaradi,o‘zi esa Na2S4O6 ga o‘tadi; reaksiya tenglamasini yozing.
2-tajriba. Ikkita probirkaga HNO3 eritmasidan 3 ml dan, Mn(NO3)2 ning 2% li eritmasidan 2 tomchi soling. Probirkalarning biriga katalizator sifatida ikki tomchi kumush nitrat AgNO3 eritmasi quying. So‘ngra har ikkala probirkaga ammoniy persulfat (NH4)2S2O8 ning 30% li eritmasidan 5 ml dan soling. Ikkala probirkani suv solingan stakanga tushurib qo‘ying. Stakandagi suvni qaynaguncha qizdiring. Probirkalarning qaysi birida avvalroq qizil rang paydo bo‘lishini kuzating.
Reaksiyalarning tenglamasi:
2Mn(NO3)2 + 5(NH4)S2O8+ 8H2O2HMnO4 + 10NH4HSO4 + 4HNO3
1-tajriba. 0,5g quruq NH4NO3 ni probirkada qizdirib suyuqlantiring. So‘ngra suyuq holatdagi ammoniy nitrat ustiga FeCl3 kristali tashlang. FeCl3 ning suyuqlantirilgan NH4NO3 da erishini va bu vaqtda ammoniy nitratning parchalanib ketishini kuzatasiz. Reaksiya tenglamasi quyidagidan iborat:
2NH4NO3 N2 + 4H2O + O2
Shu tajribani katalizator (K2Cr2O7) ishtirokida takrorlang va tegishli xulosalar chiqaring.
Dostları ilə paylaş: |