Laboratoriya mashg’uloti №9 VI guruh kationlari Cu2+, Ni2+,Co



Yüklə 62,23 Kb.
səhifə9/10
tarix22.10.2023
ölçüsü62,23 Kb.
#159448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-Laboratoriya mashg' (1)

2. NH3 eritmasi Cd2+ ioni bilan ta'sirlashganda, Cd(OH)2 tarkibli oq cho'kma tushadi. Agar reagent mo`liroq olinsa, cho'kma reagent ta'sirida erib, rangsiz ammiakli kompleksga aylanadi:
Cd 2+ + 2NH4OH → Cd (OH)2↓ + 2NH4+ Cd 2+ + 2OH-→ Cd(OH)2
Cd(OH)2 + 4NH4OH → [Cd(NH3)4 ]2+ + 2OH- + 4H2O
Bu hodisadan Cd2+ va Cu2+ ionlarini Bi3+ ning NH4OH da erimaydigan asosli tuzi cho'kmasidan ajratib olishda foydalaniladi.

  1. Natriy yoki kaliy karbonat ta'sirlashganda kadmiyning oq rangli oksikarbonati hosil bo'ladi.

  2. Natriy gidrofosfat kadmiy ioni bilan ta'sirlashganda, nitrat kislota va ammiakda eriydigan oq rangli kadmiy fosfat cho'kmasi hosil bo'ladi.

  3. Vodorod sulfid Cd2+ bilan kislotali, neytral va ishqoriy (pH<0,5) muhitda ta'sirlashib, ishqorlar va sulfidlarda erimaydigan sariq rangli CdS cho'kmasini hosil qiladi:

Cd2+ +H2S → CdS↓ + 2H+
Reaksiyani bajarishda Cd2+ tuzi eritmasiga kislotali muhitga kelguncha 2 N HCl eritmasi qo'shib aralashtinladi va chayqatiKb turilgan holda eritmaga NH4C1 tuzi qo'shiladi. Eritma isitilib, unga H2S eritmasi quyiladi. Agar eritmada Cu2+ ioni bo'lsa, qora rangli CuS cho'kmasi tushadi. Cho'kma ajratilgach, sentrafugat suv bilan bir necha marta suyultirilib, unga H2S eritmasidan yana qo'shiladi. Bunda sariq cho'kmaning hosil bo'lishi, eritmada Cd2+ ioni borligidan dalolat beradi.
Kislota va galogenidlarning mo'l miqdorlari reaksiyaning borishiga xalaqit beradi. Eruvchanlik ko'paytmasi ancha kichik bo'lgan mis sulfid, CdS dan farqli ravishda, kuchli kislotali va ammoniy xloridning ko'p miqdori ishtirokida cho'kadi. Misni kadmiydan ajratishda uning bu xossasidan foydalaniladi.


  1. Yüklə 62,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin