7. Kaliy yoki natriy nitrit (KN02 yoki NaNO2)biroz suyultirilgan va CH3COOH qo'shib kislotali muhitga keltirilgan kobalt (II) tuzi eritmasi bilan sariq rangli ↓K3[Co(NO2)6] kompleks birikma cho'kmasi hosil qiladi:
Co2+ +7NO2- + 3K+ +2CH3COOH → K3[Co(NO2)6] ↓+ ↑NO + +2CH3COO- +H2O
BureaksiyaCo2+ ioniniNi2+ iondanfarqlashgaimkonberadivaularnibir-biridanajratishdaqo'llanishimumkin. Bundaycho'kmasuyultirilganeritmalarqizdirilgandavauzoqturibqolgandayuzagakeladi.
6.2.Nikelkationiningreaksiyalar Nikeltuzlariningsuyultirilganeritmalarivakristallgidratlariyashilranglibo'ladi. Bu rang akvakompleks ion - [Ni(H2O)6]2+ ning hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi. Nikel ioni ham cho'ktirish reaksiyalaridan tashqari komplekslanish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi.
1.O'yuvchi ishqorlar—NaOH va KOHNi2+ioni bilan kislotalar, ammiak va ammoniy tuzlarida eriydigan yashil rangli Ni(OH)2 cho'kmasi hosil qiladi:
NiCl2 + 2NaOH → Ni(OH)2↓ + 2NaCl
Ni2+ + 2OH- → Ni(OH)2↓
Ammiak eritmasi nikel sulfat bilan (NiOH)2SO4 asosli tuzning yashil cho'kmasini hosil qiladi. Agar ammiak eritmasini qo'shish davom ettirilsa, cho'kma mo'l ammiakda erib, ko'k tusli kompleks tuz yuzaga keladi:
Ni2+ + 6NH3→ [Ni(NH3)6]2+ 3.Natriy yoki kaliy karbonat nikel (II) ioni bilan kislotalar, ammiak va ammoniy sulfid eritmalarida eriydigan yashil rangli NiCO3cho'kmasi hosil qiladi:
NiCl2 + Na2CO3→ NiCO3↓ + 2NaCl
4.Natriy gidrofosfat nikel (II) ioni bilan kislotalarda, shu jumladan, CH3COOH eritmasida eriydigan yashil rangli Ni3(PO4)2 cho'kmasi hosil qiladi. Cho'kma ammiakda eriydi, ammo o'yuvchi ishqorlarda erimaydi:
3NiCl2+ 2Na2HPO4→ Ni3 (PO4)2↓ + 4NaCl + 2HC1
3Ni2+ + 2HPO42-→ Ni3(PO4)2↓ + 2H+ Reaksiyani bajarishda 1-2 tomchi NiCl2 eritmasiga 2-3 tomchi Na2HPO4 eritmasi tomiziladi. Hosil bo'lgan yashil cho'kma sentrifugada ajratilib, ustiga NaOH eritmasidan 1-2 tomchi tomizilsa, cho'kma erimasligi, bordi-yu ammiak eritmasidan 1-2 tomchi qo'shilsa cho'kmaning erishi kuzatiladi.