Ixtisoslashtirilgan vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash
Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga ixtisoslashtirilgan vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlashni o‘rgatish va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ixtisoslashtirilgan vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash uchun:
a) №4 tarif qo‘llanmasidan jo‘natuvchi stansiyadan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan tarif masofa aniqlanadi;
b) yukni vazni butunlanadi;
v) to‘rt o‘qli ixtisoslashtirilgan vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash 10.1-jadvalda keltirilgan tarif sxemalari bo‘yicha aniqlanadi.
10.1-jadval
№
Ixtisoslashtirilgan vagonlar turlari
Vagonlar
Temir yo‘lining umum.parki
Xususiy yoki ijara
Tarif sxemasini nomeri
1
Sement uchun xopper (sement tashuvchi-xopper)
3
7
2
Don uchun vagonlar (don tashuvchi)
4
8
3
Sement uchun sisternalar (sisterna – sement tashuvchi), mineral o‘g‘itlar uchun vagonlar (mineral tashuvchilar)
10.1-jadvalda ko‘rsatilgan tarif sxemalari (№3-8) bo‘yicha aniqlangan masofaga tashish kira haqlari vagondagi yukning haqiqiy vazniga hisob jadvallari (Прейскурант 10-01 [7]) bo‘yicha 70 tonnagacha aniqlanadi;
g) ixtisoslashtirilgan vagonga 70 t dan ortiq yuk ortilganida tashish kira haqi tegishli sxema bo‘yicha tashish masofasi uchun “70 t” qatoridagi qiymatga, 70 t dan ortiq qo‘shimcha ortilgan har bir tonnaga “За 1 т св. 70 т” qatoridagi qiymatni qo‘shib aniqlanadi;
d) ortish uchun rejada nazarda tutilgan universal vagon o‘rniga ixtisoslashtirilgan vagon taqdim etilganida, tegishli yuk uchun belgilangan eng kam vazn me’yori (MVN) ga №1 yoki №2 tarif sxemasi bo‘yicha tashish masofasi uchun vagonga kira haqi aniqlanadi, so‘ngra vagonga aniqlangan kira haqini MVN ga bo‘lib va hisoblangan tonna bo‘yicha kira haqini ixtisoslashtirilgan vagondagi yukni vazniga ko‘paytirish natijasida tashish kira haqi aniqlanadi. Agar yuklarning nomenklaturasida MVN vagonning yuk ko‘tarishi (г/п) bo‘yicha belgilangan bo‘lsa, tonna bo‘yicha kira haqi uchun MVN shartli 66 t qabul qilinadi.
10.1-misol:Ахангаран stansiyasidan Мубарек stansiyasiga 55800 kg Рожь tashuvchi 19-758 vagonda tashish kira haqi aniqlansin.
Yechish: a) № 4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I-bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan Кучлук va Мубарек stansiyalarini qidirib topamiz: St. Ахангаран: Uzbk.; Страница 393; Строка 58 Ташкент-Товарный - 80, Хаваст - 217. Kod 731306. St. Мубарек: Uzbk. Страница 395; Строка 12;Мароканд - 81, Хаваст - 464; Kod 723104. Harakat yo‘nalishi bo‘yicha jo‘natuvchi stansiya joylashgan uchastkadan chiquvchi tranzit punktini va tayinlangan stansiya joylashgan uchastkaga kiruvchi tranzit punktini aniqlash uchun ularning orasidagi masofa 4 marotaba aniqlanadi va eng kam masofaga ega bo‘lgani chiquvchi tranzit punkti va kiruvchi tranzit punkti deb qabul qilinadi. №4 Tarif qo‘llanmasining 3-kitobi [4] ni “O‘zbekiston temir yo‘llari tranzit punktlari tarif masofalari” jadvalidan quyidagi tranzit punktlar orasidagi tarif masofalarini aniqlaymiz Stansiyalar orasidagi masofalar: Ахангаран – Хаваст = 457 km; Хаваст –Мубарек = 205 km; Ахангаран stansiyasidan Мубарек stansiyasigasa bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 457 + 205 = 662 km. b) tashish kira haqi №3 tarif sxemasi bo‘yicha 642 km tarif masofasiga 5 095 989 so‘m , uni 0,5500 koeffitsientiga (mahalliy qatnovlar uchun maxsus chegirma, Ангрен-ПОП ga bu koeffitsient 0.6548 ga teng, Тошгузар-Бойсун-Кумкурган ga esa bu koeffitsient 0,5787 ga teng) ko‘paytiramiz, va jami summadan 15 % miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i undiriladi. Shunday qilib jami tashish kira haqi: 5 095 769 x0,5500 = 2 586 793,15+ 2 586 793,15x 0,15 = 2 841 173,65 so‘m. Har bir talaba guruh jurnalidagi familiyasi, ismi va sharifining tartib raqamiga muvofiq 10.2-jadvaldagi variantlar bo‘yicha tashish kira haqlarini aniqlaydi:
10.2-jadval Variantlar bo‘yicha topshiriqlar