Lapchik M. P. Metodika prepodavaniya informatiki: Ucheb posobie dlya stud ped vuzov \



Yüklə 34,18 Kb.
səhifə3/7
tarix30.09.2023
ölçüsü34,18 Kb.
#150534
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi fani va uning predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni

Faollik tamoyili. O’quvchilar har bir darsga faol qatnashishi kerak, chunki o’quvchi qandaydir ish bajarsa, bilimni ongli o’zlashtiradi va u xotirasida chuqur o’rnashib qoladi. Natijada o’quvchi bilimni yaxshiroq va chuqurroq o’zlashtiradi, eslab qoladi va uning fanga qiziqishi ortadi.
Nazariyaning o’qitish amaliyoti bilan bog’liqligi tamoyili. Ilmiy bilimlar faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog’langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o’zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo’llay bilish ham zarur.
O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida boshlanadi, keyinchalik u tajriba va amaliy mashg’ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajribadan olingan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar hamda ularda shu bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmalari va malakalari hosil bo’ladi.
O’qitishning ko’rgazmaliligi tamoyili. O’quvchilarda o’rganilayotgan jarayonlarni, narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish bilan bog’liq muayyan hissiy amaliy tajriba bo’lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli suratda o’zlashtiradilar. Bu tamoyil o’qitish jarayonida turli sezgilardan: ko’rish, eshitish, sezish va boshqalardan foydalanishni talab etadi. O’quvchilar buyumni qanchalik har tomonlama idrok qilishsa, ularning shu buyum haqidagi bilimi ham shunchalik to’la va chuqur bo’ladi.
Mashg’ulotlarda turli xil ko’rgazmali qurollarni qo’llash o’quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtiradi, ularning diqqatini safarbar etadi. Bilimlarni iloji boricha ko’rgazmali va real hayotga yaqin qilib tatbiq etish–bir tomondan tilning tushunarliligini va o’qitish jarayonida audio-vizual vositalardan foydalanishni talab qilsa, ikkinchidan, u bevosita ish jarayonida va real holatda o’qitishni taqozo etadi.
O’qitishning tushunarli bo’lishi tamoyili o’rganilayotgan materialning mazmuni, hajmi va o’qitish uslublari o’quvchilarning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga, jismoniy kuchi va bilish imkoniyatlariga mos bo’lishini talab etadi.

Yüklə 34,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin