Международный
научный
журнал
№
7
(100),
часть
1
«
Научный
импульс
»
Февраль
, 202
3
302
LAVANDANING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Ikromova Yulduzoy Erkin qizi
JDPU, Biologiya va uni o`qitish metodikasi kafedrasi o`qituvchisi.
Hasanov Husan Shavkat o`g`li
2 – bosqich talabasi
Annotatsiya:
O‘simlik dunyosi inson sog‘lig‘ini saqlovchi asosiy vosita sifatida unga
xizmat qilib kelmoqda. Odamlar ovqat uchun o‘simlik mevasi, ildizi, bargi va gullarini yig‘ib
yurganlarida, ba’zilarini og‘riqni qoldiruvchi, oqib turgan qonni to‘xtatuvchi, yaralarni
davolovchi ta’sirlari borligini, ya’ni dorivor ekanligini sezganlar va ulardan keyinchalik
shifobaxsh vosita sifatida foydalanganlar. Ularning ko‘pchiligini bundan uch yarim ming yil
avval Misr shifokorlari qo‘llaganlar va shu vaqtgacha bu o‘simliklar o‘zining dorivorlik
ahamiyatini yo‘qotmagan.
5
Shunday xususiyatlarga ega o`simliklardan yana biri bu
lavanda o`simligidir.
Kalit so`zlar:
Lavanda, o`simlik, shifobaxsh, havo, yara, ta`sir, qon, dorivor, noyob,
yashil, buta, ko`p, yillik.
Insoniyat qadimdan kasallikni davolash va uning oldini olishda tabiatning in’omi –
o‘simlik dunyosidan foydalanib kelgan. Tabiat insonga hamma boyligini bergan. Inson o‘zi
uchun kerak bo‘lgan – havo, suv, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turli sohalar uchun zarur bo‘lgan
ashyolarni tabiatdan oladi.
Yashil o‘simliklar o‘z organizmidagi doim ro‘y beradigan
fotosintez jarayoni tufayli
atmosferani kislorod bilan boyitadi va havoni ortiqcha karbonat angidriddan tozalaydi.
Xuddi shunday dorivorlik va ko`plab noyob xususiyatlarga ega o`simliklardan yana biri
lavanda o`simligidir.
Lavanda (lotincha
Lavandula
) -
Lamiaceae
(labguldoshlar) oilasiga mansub bo’lib,
buta yoki doim yashil chala butalar turkumiga kiradigan o’simlik hisoblanadi. Taxminan 47
turni o’z ichiga oladi. Shulardan 25 dan ortiq turi dengiz sohillarida uchraydi.
Lavandaning vatani O’rta Yer dengizining Ispaniya va Fransiya qirg’og’i bo’lib, u yerda
toshli yonbag’irlarida yovvoyi holda o’sadi. Bundan tashqari lavanda Kanar orollari,
Shimoliy va Sharqiy Afrika, Avstraliya, Janubiy Yevropa, Arabiston va Hindiston, Ukraina va
Rossiya kabi davlatlarda ham o’sadi. Madaniy shakllari esa butun dunyo bog’larida
o’stiriladi.
Qalamchalaridan ko’paytiriladigan lavanda butasi kurtaklar to’plamidan
tashkil
topgan bo’lib, diametri 1 metr hamda balandligi 50 – 70 sm gacha o’sishi mumkin. Ba’zi
turlari xususan,
Lavandula angustifoliya
ning uzunligi 1,3 metrgacha yetishi mumkin.
Lavanda dorivor achchiq o’simlik bo’lib, poyasi to’g’ri, barglari chiziqli, butun, chetlari bir oz
5
“ Asoratsiz dori – darmon” O.P.Pratov, M.N.Maxsumov. “O`qituvchi” – nashryoti 2006.