Leksik antonimiya



Yüklə 50,5 Kb.
səhifə2/4
tarix13.06.2023
ölçüsü50,5 Kb.
#129493
1   2   3   4
15 hemmmmm

Antonimik juftlik
Leksik antonimiya ikkita leksema orasida yuz beradi, bu ikki so’z antonimik juftlikni hosil qiladi, ammo antonimik juftlik juft so’z degan gap emas. Qiyos qiling: katta va kichik –antonimik juftlik (undagi har bir so’z-mustaqil leksema), katta-kichik –bitta juft so’z, u umumlashgan bitta ma’noga ega. Demak, katta va kichik zid ma’noli ikkita leksema bo’lganligi uchun, ular bir-biriga nisbatan antonimlardir, katta-kichik juft so’zi esa antonimlar ishtirokida yasalgan bitta leksemadir, binobarin, bitta leksemaning yolg’iz o’zi antonim hisoblanmaydi, shuningdek, bor va borma kabi so’z shakllari ham antonimlar deb qaralmaydi, chunki antonim bo’lish uchun, yuqorida aytib o’tilganidek, albatta ikkita so’z (leksema) mavjud bo’lishi, bu ikki so’z o’zaro zid ma’no ifodalashi shart, bor va borma esa ikkita leksema emas, balki bitta bor leksemasining (fe’lning) bo’lishli (bor) va bo’lishsiz (borma) shakllari, xolos. Demak, bunda ham antonimik juftlik yo’q.


Enantiosemiya
Enantiosemiya bitta leksema ma’nosida nutqiy muhit talabiga ko’ra zidlanishning ifodalanishidir. Chunonchi, ofat so’zining ma’nosi “falokat”, “balo”dir, ammo u “Ulug’ yo’l” romanidagi bir epizodda shu ma’noga zid ravishda “go’zal”, “maftunkor” ma’nolarini anglatgan: “Adibaxn alifday nozik, yuzi tiniq, oq, yirik ko’zlari ustidagi ingichka qoshlari ofat...1 Tabiiyki, bunday holatda ham antonimiya yuzaga kelmaydi.


Antonimiya va polisemiya
Antonimiya va polisemiya hodisalari o’zaro bog’liqdir: ko’p ma’noli leksema o’zining bosh ma’nosi bilan bitta antonimik juftlikka, hosila ma’nosi bilan esa boshqa antonimik juftlikka kirishi mumkin. Masalan, achchiq qalampir va shirin olma birikmalarida achchiq va shirin leksemalari o’zlarining bosh ma’nolari orqali antonimik munosabatga kirishgan; achchiq gap va shirin gap birikmalarida esa achchiq va shirin leksemalarining hosila (ko’chma) ma’nolari antonimiyaga asos bo’lgan.



Yüklə 50,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin