Leksik antonimiya


Antonimlarning uslubiy vosita sifatidagi tavsifi



Yüklə 50,5 Kb.
səhifə4/4
tarix13.06.2023
ölçüsü50,5 Kb.
#129493
1   2   3   4
15 hemmmmm

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Yozgi
Antonimlarning uslubiy vosita sifatidagi tavsifi
Leksik antonimlar muhim uslubiy vositalardir. Ular matnda qarshilantirish (antiteza) vositasi rolini bajaradi, shu orqali hodisa va holatlardagi qarama-qarshiliklarni, ayrim obraz va personajlarning ichki dunyosidagi ziddiyatlarning badiiy talqinini ta'minlaydi.

Tinglar edim betinim


Uzun tunlar yotib jim.
Seza olardim kuchin,
Ko'pi yolg'on, ko'pi chin.
(H. O.)
Ilmli odamga ulug'lik hamdam,
Ilmsiz qozini eshak deb aytma,
Chunki bu eshakka tuhmatdir beshak.
(H. Deh.)
Jahonning shodligi yig'ilsa butun,
Do'stlar diydoridan bo'lolmas ustun.
To'lur g'am-g'ussaga dilning kosasi,
Qadrdon do'stlardan judo bo'lgan kun.
(Rud.)
Antonimlar maqol va matal janrlarida ham muhim uslubiy vosita sanaladi- hayotiy tajriba umumlashmalarini maqol va matallar tiliga xos uslubda ta'sirchan ifodalash imkonini yaratadi:
Yozgi mehnat-qishki rohat.
Mehnatdan do'st ortar, g'iybatdan-dushman.
Do'st achitib gapirar, dushman- kuldirib.
Yaxshi do'st- jon ozig'i,
Yomon do'st- bosh qozig'i.
Donoga ish- shonu shuhrat,
Nodonga ish- g'amu kulfat.
I z o h : Antonimiya hodisasi frazemalar va morfemalar doirasida, shuningdek leksema va frazemalar munosabatida ham uchraydi (Bu haqda «Frazeologiya» va «Morfemika» bo'limlariga qaralsin).


1 Antonimlarni tavsiflash va tasvirlashda ko’proq quyidagi adabiyotlarga tayanildi.
Rahmatullayev Sh., Mamatov N., Shukurov R., “O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati”.-T.: “O’qituvchi”, 1980.
Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh., Ko’rsatilgan asar. 120-126-b.
Usmonov S. Antonimlar // “O’zbek tili va adabiyoti masalalari” jurn., 1958, 2-son, 38-b.
Исабеков В. О. Лексическая антонимия в современном узбекском языке. АКД.-Т.: 1973.
Шукуров Р. Лексико-семантическая природа антонимов. АКД. –Т.: 1973.
Shukurov R., O’zbek tilida antonimlar.-T.: 1977.

1 Oybek. Asarlar. 8-tom.-T. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1973 176-b.

2 Usmonov S. Ko’rsatilgan maqola, 38-b.

3 Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh., Ko’rsatilgan asar. 121-b.

43Hozirgi o’zbek adabiy tili, 1-t, 1966, 146-b.

54 Isabekov B. O. Ko’rsatilgan dissertatsiya avtoreferati, 8-b.

1 Исабеков Б. О. Лексическая антонимия в современного узбекском языке. АКД.-Т.: 1973. С.3

Yüklə 50,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin