Образование и инновационные исследования (2022 год №3)
ISSN 2181-1717 (E)
39
http://interscience.uz
is based on
how one understands a language. How to understand language is important in
creating a theory about language.
Keywords: language, language, speech, level, linguistic level, speech level, language,
linguistics, linguistics departments, lexical-semantic level, lexicology, morpheme, lexeme
Kirish.
Har bir
til hodisasi yuzlab xususiyat, ya’ni qirralariga ega. Shunga ko‘ra til
hodisalarida o‘rganish manbayi va o‘rganish predmeti farqlanadi. Bunda tegishli til hodisasi
o‘rganish manbayi va uning tadqiq uchun olingan xususiyati o‘rganish predmeti deyiladi.
Tilshunoslikning sohalari bir o‘rganish manbayining qaysi qirrasini o‘rganish asosida farqlanadi.
Masalan, til leksikasi tilshunoslikning leksikologiya, semasiologiya va onomasiologiya sohalari
o‘rganish manbayi hisobalanadi. Leksika bevosita yoki bilvosita borliqni ifodalaydi, jamiyatdagi
o‘zgarishlarni, xalqning moddiy hayoti va ma’naviy olamini aks ettiradi, yangi predmet, hodisa,
jarayon va tushunchalarni ifodalash uchun yangi so‘zlar bilan muttasil to‘lib boradi. O‘zida
eskirish va yangilanishni to‘la aks ettiradi. Iste’mol darajasi susaygan birliklar esa leksikadan
butunlay chiqib ketmaydi. Moddiy ishlab chiqarishning har xil sohalari muntazam rivojlanib,
yangi yo‘nalishlar bilan boyib borishi, fan va texnikaning tinimsiz rivoji yangidan yangi maxsus
so‘zlar – termin va terminologik qatlamlarni vujudga keltiradi va rivojlantiradi. Bunda e’tiborlisi
shundaki, umumiste’mol so‘zlarning ayrimlari terminologik tabiat kasb etsa, ayrim terminlar
o‘z ifodalanmishining kundalik turmushda qo‘llanish darajasiga bog‘liq ravishda umumiste’mol
xususiyat kasb etib boradi. Jamiyatda umumiy ta’limning rivoji ham tilning o‘rta saviyali
sohiblarida til terminоlogik tizimining xalqchillashuviga olib keladi. Leksikani qayd etuvchi
soha leksikografiya bo‘lib,
uning nazariy va amaliy, an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlari
mavjud.
Dostları ilə paylaş: