Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 3)
ISSN 2181-1709 (P)
40
Education and innovative research 2022 y. №3
va bir-birini taqozo etuvchi bir necha qatlamlardan iborat ekanligi haqidagi qarash o’zining
uzoq tarixiga ega. Xususan, til tuzilishining an’anaviy tilshunoslikda uch qismga: (fonetik,
leksik va grammatik qismlarga) bo’linishi va bu qismlarni o’rganadigan tilshunoslikning uchta
bo’limining ajratilishi tilni ana shunday qatlamlar butunligi sifatida tushunishning yorqin
namunasidir. Lekin sistemaviy-struktur tilshunoslik shakllangunga qadar tilning bunday ichki
tuzilishini qatlam sifatida tushunish amaliy kuzatishning ilk natijalari bo’lib, til stratifikatsiyasi
ilmiy jihatdan asoslanmagan edi. Sistemaviy-struktur tilshunoslikning shakllanishi va
rivojlanishi til ichki tuzilishining o’ziga xos xususiyatini yoritishga, ichki tuzilish birliklarining
oddiydan murakkabga qarab bosqichma-bosqich rivojlanib borishi, quyi bosqich birligi o’zidan
yuqoriroq bosqich birligi tarkibida o’z funktsiyasini ko’rsatishini ilmiy asoslab berdi. Shunday
qilib, XX asrning 50- yillaridan boshlab til sathi (lingvistik sath) tushunchasi maydonga keldi.
Bu tushunchaning shakllanishi va ilmiy asoslanishida E.Benvenist hamda bir qator deskriptiv
tilshunoslar, xususan, Dj.Treyjer, K.Poyk, Ch.Xokket, Z.Xarris singari olimlarning xizmati
katta bo’ldi. Lingvistik sath tushunchasining paydo bo’lishiga tilning ikki tomonlama mohiyat
ekanligining e’tirof etilishi, shakliy va mazmuniy tomonlarning har biri o’ziga xos ichki tuzilishga
ega ekanligi, ularning har qaysisi o’z ichki uzvlari munosabatidan tashkil topgan kichik sistema
ekanligi, shunday qilib, tilning tuzilishi sistemalar sistemasi tartibida bo’lishi, ular o’rtasidagi
munosabat til mexanizmini harakatga keltirish haqidagi qarashlarning maydonga kelishi turtki
bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: