Leksik-semantik sath va uning birligi masalalari talqini



Yüklə 51,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü51,54 Kb.
#169748
1   2   3   4   5
917-Текст статьи-2801-1-10-20220711

Natija va takliflar. 
Til sathlarini e’tirof etuvchi tilshunoslarning fikricha, turli sath birliklari 
o’rtasida integratsion munosabat mavjud bo’ladi. Bu kontseptsiya tarafdorlari til sathlari 
o’rtasidagi aloqani e’tiborga olgan holda, tilga yagona ierarxik shakllangan sathlar sistemasi 
sifatida qaraydilar. Tilning ichki tuzilishiga bunday yondashuv kompozitsion kontseptsiya deb 
yuritiladi va u reprezentativ kontseptsiyaga qarama-qarshi qo’yiladi. Kompozitsion kontseptsiyaga 
muvofiq, tilning ichki tuzilishi bir xil yo’nalishdagi pog’onalanishdan (ierarxiyadan) iborat. 
Bu shundan iboratki, fonema, morfema va undan katta birliklar o’rtasida bir xil yo’nalishdagi 
pog’onali munosabat mavjud. Quyi sath birligi yuqori sath birligi uchun qurilish materiali bo’lib 
xizmat qiladi. Quyi sath birligi yuqori sath birligi tarkibida uning tarkibiy qismi (konstituenti) 
sifatida vazifa bajaradi. Shuning uchun til sathlari o’rtasida quyidan yuqoriga yo’nalgan 
munosabat e’tirof etiladi va bu munosabat bir xil turdagi, konstituentiv munosabat sanaladi. 
Konstituentiv munosabat “.dan tashkil topadi”, “.ga kiradi” sxemasini o’zida namoyon etadi. 
Har bir sath birliklari umumiylik va xususiylik dialektikasini o’zida namoyon etadi. Imkoniyat 
tarzidagi umumiy, invariant birliklar bevosita nutqiy jarayonda turli- tuman variantlar orqali 
namoyon bo’ladi. Ana shunday invariant-variant munosabati tilning hamma sath birliklari uchun 
xarakterlidir. Bevosita sezgi a’zolarimizga ta’sir etgan birliklar variantlar sanaladi. Bu variantlarni 
bir-biriga solishtirish orqali ular zamirida yotgan substantsiyani belgilash asosida invariantlar 
aniqlanadi. Fonologik sathda fonemalar invariant birliklar sanaladi. Ularning har biri bevosita 
kuzatishda, nutqiy jarayonda bir necha variantlar orqali namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham 
bevosita kuzatishdagi matndan ajratilgan eng kichik segment birliklar invariant birlik bo’lgan 
fonemalar emas, balki uning variantlari sanaladi. Shunday qilib, morfema bevosita kuzatishda 
ham shakliy, ham mazmuniy variantlar orqali yuzaga chiqadi. Boshqacha aytganda, har bir tilda 
elementlar muayyan sinf yoki paradigmani tashkil etgan variantlar qatori orqali gavdalanadi.
Morfema vazifasi va ma’nosiga ko’ra leksik va grammatik morfemalarga bo’linadi. Yuqorida 
grammatik morfemalarning ikki planda variantlanishi haqida fikr yuritildi. Xuddi ana shu holat 
leksik morfemalarga (leksemalarga) ham daxldordir. Leksemaning shakliy variantlari uchun 
leksik-shakliy variantlar (LSHV), mazmuniy variantlari uchun esa leksik-mazmuniy variantlar 
(LMV) atamalari qo’llaniladi.
Xulosa.
Xullas, tilning barcha sath birliklari umumiylik-xususiylik, imkoniyat-voqelik 
dialektikasini o’zida namoyon etgan holda, invariant-variant munosabati birligidan iborat bo’lib, 
imkoniyat, mohiyat xarakteriga ega bo’lgan invariant bevosita kuzatishda, nutqiy jarayonda 
variantlar orqali namoyon bo’ladi. Invariant-variant munosabati tilning barcha sath birliklari 
uchun umumiy, universal munosabatdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
[1] Abduazizov A. A. “Hozirgi zamon ingliz tili nazariy fonetikasi”. Toshkent, 1986. 60-63 
betlar
[2] Azizov O. A. Tilshunoslikka kirish. Toshkent. 1963.
[3] Buronov J. B. Ingliz va uzbek tillari kiyosiy grammatikasi. Toshkent, 1973. 144-bet 
[4] Buranov Dj. B., Yusupov U. K., Iriskulov M. T., Sadikov A. S. Grammaticheskie 
strukturi angliyskogo, uzbekskogo i russkogoyazikov. Tashkent, 1986. 70-bet
[5] Karimov Sh. K. «Tilshunoslikka kirish» kursidan praktikum. T., 1987. 14-bet
[6] Kuchqortoev I., Kuchqortoeva R. «Tilshunoslikka kirish». T.,1976. 166-b
[7] Kuchqortoeva R. «Tilshunoslikka kirish» kursidan maishlar. T., 154-b 1989. 
[8] Mirzaev M., Usmonov S., Rasulov I. Uzbek tili. Toshkent, 1978. 125-b
[9] www.ziyonet.uz 
[10] www.wikipidea.com 

Yüklə 51,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin