Leksikogrаfiya аsoslаri” fаnidаn mа’ruzаlаr mаtni



Yüklə 315,65 Kb.
səhifə16/19
tarix13.12.2023
ölçüsü315,65 Kb.
#176078
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Leksikogrаfiya аsoslаri” fаnidаn mа’ruzаlаr mаtni

Tasnif belgisi

Korpus turlari

Nutq turiga ko‘ra

Og‘zaki, yozma, aralash

Matn tiliga ko‘ra

Ruscha, inglizcha va h.

Parallelligiga ko‘ra

Bir tilli, ikki tilli, ko‘p tilli

Matnning ixtisoslashuviga ko‘ra

Badiiy, dialektal, suhbat, terminologik, aralash

Janriga ko‘ra

Adabiy, folklor, dramatik, publitsistik

Kirish usuliga ko‘ra

Erkin, pullik, yopiq

Maqsadiga ko‘ra

Tadqiqiy, tavsifiy

Izohlanishiga ko‘ra

Qo‘shimcha izohli, izohsiz

O‘zgaruvchanligiga ko‘ra

O‘zgaruvchan, turg‘un

Strukturasiga ko‘ra

Markaziy, arxiv, mahalliy

Izoh xususiyatiga ko‘ra

Morfologik, sintaktik, semantik

Matn hajmiga ko‘ra

To‘liq matnli, lavha matnli

Xronologik jihatiga ko‘ra

Sinxron, diaxron

Umumiyligiga ko‘ra

Umumiy, yakka muallifli, sohaviy



Korpusni yaratish maqsadi.
Korpusning keng ko‘lamli bo‘lishi ma’lumotning o‘ziga xosligini kafolatlaydi, til hodisalarining barcha qirrasini to‘liq namoyish etishni ta’minlaydi. Turli tipdagi ma’lumot til korpusida o‘zining qo‘llanish shaklida joylashadi, bu esa uni har tomonlama va xolis o‘rganish uchun asos bo‘ladi. Bir marta tuzilgan va tayyorlangan axborotlar massivi bir necha tadqiqotchi tomonidan ko‘p marta, turli maqsadda ishlatilishi mumkin. Korpus – tilni tadqiq etish (til birligining o‘zgarishi, eskirishi, yangilarining paydo bo‘lishi, ma’nosining kengayishi va torayishi; yangi iboralarning paydo bo‘lishini kuzatish), o‘rganish, an’anaviy va zamonaviy lug‘atlar tuzishda keng imkoniyatli dasturlashtirilgan tizim. Korpussiz bugungi kun na nazariy, na amaliy filologiyasini tasavvur etib bo‘ladi. Tilshunoslikka oid tadqiqotda fakt bilan ish ko‘riladigan hollarda material yig‘ilishi, sistemaga solinishi lozim. Bunday katta hajmli ishni bajarishda korpus vaqt va mehnatni tejaydigan ish quroli vazifasini bajaradi. U – texnik jarayonni tezlashtiruvchi vosita bo‘libgina qolmay, ma’lum til zamonaviy shaklining axborot tizimi ham bo‘lib, kutilmagan savolga ham javob bera oladigan, til hodisasi bilan shug‘ullanadigan soha oldiga avval qo‘yilmagan dolzarb muammolarni qo‘ya oladigan tizim.
Korpus tarkibidagi materialning turi va xususiyati
Mavjud korpuslar tarkibidagi matnlarning nisbatiga qaraydigan bo‘lsak, badiiy adabiyot hissasi 40% ni tashkil etishiga guvoh bo‘lamiz. Buning tarkibiga memuar asarlar ham kirib ketadiki, bu janr til xususiyati badiiy va publitsistik uslub oralig‘ida bo‘lib, jonli tilni o‘rganish uchun ancha qulay. Yevropa tillari korpuslarida badiiy adabiyot materiali 20% ni tashkil etadi. Masalan, zamonaviy yozuvchilar til xususiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan 20 dan ortiq tadqiqot mavjud bo‘lsa-da, ular hali to‘laligicha bu muammoni o‘rganib bo‘ldi, deyish qiyin. Chunki alohida yozuvchi asarining til xususiyatidagi o‘zgarishga hali tildagi yangi hodisa deb qarab bo‘lmaydi. Ana shunday jarayonlarni kuzatish va tadqiq etishning eng qulay vositasi – til korpusi. Shu sababli matnning mazmuni katta ahamiyat kasb etadi. Korpus tarkibiga kiradigan matnlar alohida bir muallif yoki bir necha yozuvchi asaridan olingan, ma’lum davr (bir necha o‘n yil yoki yuz yil) ni qamrab olgan, belgilangan mavzudagi, til va jamiyatning bugungi holatini aks ettiruvchi zamonaviy matnlardan iborat bo‘lishi ham mumkin.

Yüklə 315,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin