SJIF 2022:5.962 License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) 100 “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi
qarori, hamda O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston
respublikasi transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash” haqida qaror farmonlar imzolandi
1
.
Dastlabki shaharlar hunarning inson faoliyatining alohida tarmog‘i sifatida
shakllana boshlagan davrda, jamiyatda mehnat taqsimoti vujudga kelishi natijasida
shakllandi. Shaharlar harbiy istehkomlar (qal’a shaharlar) va savdo manzilgohlari sifatida
shakllana boshladi. Shaharsozlik antik davrga kelib gullab-yashnadi. Grek shaharlarida
gippodam sistemasi deb nomlanuvchi aniq to‘g‘ri burchakli prinsipga asoslangan
ko‘chalar loyihasi keng tarqaldi. Qachonlardir Rim imperiyasi tarkibida bo‘lgan
shaharlarda bu sistema keyinchalik ham rivojlandi. Bu sistema aloqalarning qulay
joylashuvi va issiq iqlim sharoitida hududni yaxshi shamollatishga imkon beradi.
XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab kelajak shaharlari loyihalari yuzasidan
loyihalar ishlab chiqila boshlandi. 1898-yili E.Govard radial halqali tarixiy tarkibli bog‘-
shahar g‘oyasini taklif qildi. Shahar keng radial hiyobonlar bilan olti qismga ajratilgan
aylana shaklida qurilgan. Markaziy ma‘muriy-jamoat maydoni park bilan o’rab olingan.
Turar-joy halqasi ichida yashil belbog‘ bo‘lib, unda maktablar va sport inshootlari
joylashgan. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi va aholi dam olishi uchun katta shaharning
tashqi qismi ajratilgan. Shu tarzda markaziy park va yashash hududining yashil belbog‘i
o‘zaro va shahar atrofi hududi bilan hiyobonlar orqali bog‘lanib, yagona tizimni tashkil
etadi. Govardning nazariy modeli har bir alohida holat uchun yechim topish imkonini
berdi (1-rasm) [1].
O‘rta Osiyo huhudida shahar ko‘cha-yo‘llarning rivojlanishi uzoq tarixirga ega.
Hozirgi kunda ham rivojlanib bormoqda. Ideal kelajak shaharlari yoki zamonaviy
shaharlarini yaratish bevosita transport tizimiga bog‘liq hisoblanadi. Bugungi kunda
transport tizimi quyidagi turga bo‘lish mumkin (1-sxema).
1