’lim, fan va innovatsiyalar


Kurs ish ishining ahamiyati



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə2/8
tarix27.04.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#103403
1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy (assimilatsiya) g’amlovchi to\'qimalar

Kurs ish ishining ahamiyati. O‘quv jarayonlarini tashkil etishda gigienik me’yorlarga amal qilish, o‘quvchilarga vazifa berilganda uning yosh xususiyatlari va fiziologik imkoniyatlarini hisobga olish muxim ahamiyatga ega.O‘quv jarayoni gigienik me’yorlarga amal qilmaslik, o‘quv nagruzkaning xaddan oshib ketishi o‘quvchilarni o‘ta toliqishiga va o‘zlashtirishni pasayishiga olib keladi.
Maqsad.. Biologiya darslarini o‘quvchilar ko‘ptanlov javobli test topshiriqlari vositasida o‘quvchilarning mustaqil bilim olishi va o‘z-o‘zini baholashi texnologiyasi asosida tashkil etish.

Kurs ish ishining vazifalari quyidagilardan iborat:


- mustaqil bilim olishi va o‘z-o‘zini baholash uchun mavzular bo‘yicha ko‘p tanlov javobli test topshiriqlarini tuzib chiqish;
- ko‘p tanlov javobli test topshiriqlaridan foydalangan holda o‘quvchilaming mustaqil o‘qishi va bilimni baholashni tashkil etish;
- o‘zlashtirish samaradorligini solishtirish.
Vazifalar. Biologiyani o‘qitishda gigienik va ma’naviy axloqiy tarbiya berish. Biologiyani o‘qitishda gigienik tarbiya inson salomatligiga ziyon keltiradigan parazit hayvonlardan saqlanish, ularning yuqishi va tarqalishining oldini olish, atrof-muhitni va tabiatni ifloslantirmaslik masalalari bilan bog‘liq. Odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan hayvonlar bilan o‘quvchilar «Bir hujayralilar* mavzusida tanishishadi. Soxtaoyoqlilardan ichburug‘ amyobasi, sporalilardan bezgak parazitini o‘rganish orqali o‘quvchilar bu parazitlarni respublikamiz aholisi o‘rtasida tarqalishining oldini olish uchun ko‘rilayotgan ayrim tadbirlar bilan tanishishadi.
Gigienik tarbiyani amalga oshirish yassi va to‘garak chuvalchanglarni o‘rganish jarayonida ayniqsa qulay hisoblanadi. Jigar qurtini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar bu parazit tuxumdan chiqqan mikroskopik lichinkalari orqali tarqalishi, odam va hayvonlar ifloslangan ko‘lmak va hovuz suvlarini ichganida hamda ular yaqinida o‘sadigan o‘tlarni tatib ko‘rganida yuqtirishini bilib olishadi. Odam askaridasini o‘rganish jarayonida parazit tuxumlari orqali tarqalishini, tuxumlarning odam axlati bilan tuproqqa tushganida iflos qo‘l va yuvilmagan meva va sabzavot bilan odamga yuqishi mumkinligini, parazitni yuqtirmaslik uchun shaxsiy va ijtimoiy gigienik qoidalarga rioya qilish zarurligini tushunib olishadi. Kiyim va ko‘rpa-to‘shakni toza tutish, soch va terini parvarish qilish to‘g‘risidagi tushunchalar parazit hasharotlar (bit, burga, to‘shak qandalasi)ni o‘rganish jarayonida ham shakllanadi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya o‘quvchilarda chin insoniy fazilatning tarkib topishi, ya’ni tabiatga va boshqalarga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish, o‘z burchi va mas’uliyatini to‘la-to‘kis anglab etishga, hayvonot dunyosini asrab- avaylashga o‘rgatishdan iborat. Biologiya darslarida hayvonlarning hayotini o‘rganish, dekorativ va xonaki hayvonlarni parvarish qilish, oziqlantirishga o‘rgatish, yovvoyi va uy hayvonlari ustida kuzatish olib borish o‘quvchilarda hayvonot olamiga nisbatan insonparvarlik hissini uyg‘otadi, ularni yuksak ma’naviyatli va axloqiy sof inson sifatida shakllanishiga imkon beradi.(14)
Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilar ongiga milliy istiqlol g‘ oyalarini singdirish ularda Vatan tuyg‘ usini va ekologik madaniyatni yuksaltirish, ona- Vatanga va uning tabiatiga mehr-muhabbat uyg‘ otish, o‘lkamiz hayvonot va o‘simliklar dunyosi boyliklarini asrab-avaylash, ularga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishni tarbiyalashdan iborat.
Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ishlarida o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy boyliklari, an’ana va udumlari, ulug‘ ajdodlarimiz merosidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, ekskursiyalarda, vatanimiz hayvonot dunyosi boyliklari va ulardan oqilona foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar, O‘zbekistonda Biologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shgan allomalarning ilmiy va ma’naviy meroslarini o‘rganish, tabiat muhofazasiga oid hadislar, hikmatli so‘zlar, rivoyatlar, afsonalar va maqollardan foydalanish orqali ham olib borish mumkin. O‘quvchilar ongiga milliy istiqlol g‘ oyalarini singdirish va ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda Respublikamizda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va biologik xilma-xillikni saqlab qolish, xususan, mavjud qo‘riqxonalar, zakazniklar, ularda ko‘paytiriladigan va muhofaza qilinayotgan hayvonlarning hayoti va tarqalishi, «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlar va ularni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan tadbirlarni o‘rganish ayniqsa beqiyos ahamiyatga ega. «Qushlar kuni», «O‘zbekiston baliqlari», «Hashoratlarni asrang” kabi bayramlar va tematik kechalar, ilmiy matbuot konferentsiyalari, auktsion va sud darslarining o‘tkazilishi o‘quvchilarda o‘z sinfi, maktabi va Vataniga nisbatan faxrlanish hissini shakllantiradi, ularning jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.(6)
Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarni umumbashariy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ishlarini quyidagi ma’lumotlar va mavzular doirasida amalga oshirish qulay hisoblanadi:
-hayvonot olamining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi;
-buyuk allomalarimizning Biologiyaning rivojlantirishiga qo‘shgan hissalari;
-Vatanimiz faunasining tarkib topishi va rivojlanishi;
-o‘lkamiz hayvonot dunyosi uchun xos bo‘lgan turlar;
-o‘lkamiz faunasining boshqa hududlar faunasiga o‘xshashligi va ulardan farq qilishi;
-ulug‘ allomalarimizning umumbashariy mulkka aylangan ilmiy asarlari; -Biologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar hayoti.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin