’lim, fan va innovatsiyalar



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə5/8
tarix27.04.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#103403
1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy (assimilatsiya) g’amlovchi to\'qimalar

Havodagi
Ular suv va nam muhitda yashaydigan odatdagi o'simlik hujayralari. Ular tartibsiz shakllarga ega bo'lib, bitta hujayra bilan boshqasi o'rtasida katta bo'shliqlar mavjud. Ular ikkala ildizda ham, poyada ham uchraydi.
Ushbu hujayralar va to'qimalarni ishlab chiqarishning kamida uchta mexanizmi ma'lum, ular gaz bo'shliqlari yoki bo'shliqlarni yaratish usuli bilan bog'liq.

  • Shizogenez: havo bo'shliqlarining shakllanishi, hujayraning differentsiatsiyasi orqali, organning rivojlanishi jarayonida yuzaga keladi.

  • Lizogenez: ekologik stress ostida yuzaga keladi va gazsimon bo'shliqlar hujayralar o'limidan hosil bo'ladi.

  • Expansigenia: bu so'nggi mexanizm butun botanik hamjamiyat tomonidan tan olinmagan, ammo u hujayra birikmalarining yo'qolishiga hojat qoldirmasdan sodir bo'lishi mumkin.

Suv qatlamlari
Ular suvni saqlaydigan hujayralardir. Garchi deyarli barcha hujayralar bajaradigan bo'lsa ham, bu holda suyuqlikning nisbati qolgan qismiga qaraganda yuqori, ya'ni ular ushbu funktsiya uchun yuqori darajadagi o'ziga xos xususiyatga ega. Ular ingichka devorlari bo'lgan katta, vakuollangan hujayralardir. Ular er osti organlarida joylashgan.
O‘quv jarayoniga qo‘llanayotgan o‘quvchilar bilimini o‘z-o‘zini baholash orqali nazorat qilish va mustaqil o‘qishini tashkil etish texnologiyasi yuqoridagi muammolarni hal qilishda katta ahamiyatga ega. O‘quv jarayoniga o‘z- o‘zini baholash sistemasini joriy etilishi ta‘lim ning demokratik tamoyillarini rivojlantiradi; o‘quvchilarni bilim olishga qiziqishini oshiradi. Bu jarayonda matematik vositalardan foydalanish esa o‘quvchilarni mantiqan aniq fikrlashga o‘rgatadi. Ishlab chiqilgan ko‘p tanlov javobli test topshiriqlaridan akademik litseylarda va umum o‘rta maktablarida Biologiyadan nazoratlar o‘tkazishda foydalanish mumkin.

II BOB. BIOLOGIYA DARSLARIDA BERILADIGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR


2.1. O‘z-o‘zini yaratish (reproduktsiya).
Umumiy biologik tushunchalar. Biologiya kursida umumbiologik tushunchalar mazmunan juda xilma-xil bo‘lib, hayvonlarning hujayraviy tuzilishi, to‘qimalari, organlari, ko‘payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi va boshqa bilimlardan iborat. Bu bilimlarning o‘zlashtirilishi o‘quvchilar tomonidan ularning mazmunini to‘g‘ri anglab olish va ulardan amalda foydalana bilish bilan bog‘ liq.Barcha tirik organizmlar singari hayvon organizmi uchun ham moddalar almashinuvi, o‘z-o‘zidan ko‘payish, o‘zgaruvchanlik, o‘sish va rivojlanish, ta’sir lanish, o‘z- o‘zidan boshqarilish, ritmlilik, energiyaga muhtojlik va boshqa xususiyatlar xos.
Moddalar almashinuvi tirik organizmlarning o‘z tanasini tiklashi, ko‘payishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddalarni tashqi muhitdan olib, tashqi muhitga almashinuv mahsulotlarini chiqarishdan iborat. Bu jarayonda organizmga kirgan moddalar bir qator kimyoviy reaktsiyalar natijasida organizm tanasini tiklash uchun zarur bo‘lgan moddalarga aylanadi. Bu jarayon assimilatsiya, ya’ni plastik almashinuv anabolizm deyiladi. Moddalar almashinuvining ikkinchi tomoni dissimilatsiyada murakkab moddalar birmuncha oddiy moddalargacha parchalanib, organizm hayoti uchun zarur bo‘lgan energiya ajralib chiqadi. Bu jarayon energiya almashinuvi, ya’ni katabolizm deyiladi. Bu jarayon bilan o‘quvchilar ayirish, nafas olish, ovqat hazm qilish organlari orqali tanishishadi.(13)
Barcha tirik organizmlar ko‘payish xossasiga ega. Bu jarayonda paydo bo‘ladigan avlodlar odatda ota-ona organizmiga o‘xshash bo‘ladi, ya’ni mushukdan mushukchalar, itlardan kuchukchalar tug‘ iladi, tovuq tuxumidan qirg‘ ovul emas, faqat tovuq jo‘jalari ochib chiqadi. Reproduktsiya, ya’ni ko‘payish - organizmlarning o‘ziga o‘xshash yangi organizmlarni yaratish xususiyatidan iborat. Bu jarayon bilan o‘quvchilar jinssiz va jinsiy ko‘payish mavzusi orqali tanishishadi.
Irsiyat. Irsiyat organizmlarning tuzilish belgilari rivojlanish xususiyatlarini nasldan naslga o‘tkazish qobiliyatidan iborat. Irsiyat tufayli jinssiz ko‘payishdan hosil bo‘lgan yangi nasl ona organizmning o‘ziga aynan o‘xshash bo‘ladi, jinsiy ko‘payishda esa yangi naslota va ona organizmlarning belgilariga ega bo‘ladi. Qarindosh bo‘lgan formalari qarindosh bo‘lmagan formalarga nisbatan o‘zaro ko‘proq o‘xshashligini irsiyat orqali tushuntiriladi. Irsiyatni xromosomalarda
joylashgan genlar belgilab beradi.
O‘zgaruvchanlik.O‘zgaruvchanlik - irsiyatga qarama- qarshi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan xususiyat. O‘zgaruvchanlik organizmlarning yangi belgi va xususiyatlarga ega bo‘lishidan iborat. O‘zgaruvchanlik ham irsiyat singari biologik matritsa vazifasini bajaradigan DNK molekulasining o‘zgarishi orqali yuzaga chiqadi.
O‘sish va rivojlanish. Rivojlanish tirik va notirik tabiatning muayyan yo‘nalishda qonuniy o‘zgarishi, rivojlanish organizmning yangi sifat belgilarini hosil qilishidan iborat. Rivojlanish orqali ob’ektning tarkibi va strukturasi o‘zgarib, yangi sifat holatiga o‘tadi. Tirik materiyaning rivojlanishi ontogenez (individual - xususiy) va filogenez (tarixiy) bo‘ladi.
O‘sish - organizmning o‘z tuzilishini saqlab qolgan holda miqdoriy ortishidan iborat. Organizmning o‘ziga xos xususiyatlari ontogenez davomida asta- sekin va muayyan ketma-ketlikda namoyon bo‘ladi. Rivojlanish o‘sish bilan birga boradi. Ko‘payish usulidan qat’iy nazar, har qanday zigota, spora, kurtak yoki hujayradan rivojlanayotgan organizmlar muayyan belgilarni namoyon qilish uchun zarur bo‘lgan genetik axborotga ega bo‘ladi. Rivojlanish jarayonida har bir individning o‘ziga xos bo‘lgan belgi va xususiyatlari paydo bo‘ladi, organizm massasining ortib borishi esa mikromolekulalar, hujayra elementlari va ularning reproduktsiyasi tufayli sodir bo‘ladi.
Ta‘sir lanish. Tirik organizmlarning hayoti ular yashaydigan muhit sharoiti bilan bevosita bog‘liq. evolyutsiya davomida organizmlar tashqi muhit ta’sir iga javob qaytarishga moslashgan. Organizmlarning tashqi muhit ta’siriga javob reaktsiyasi ta’sirlanish deyiladi. Organizmni o‘rab turadigan muhit sharoitining har qanday o‘zgarishi unga nisbatan ta’sirlovchi bo‘ladi.
Ko‘p hujayrali hayvonlarning ta’sir ga reaktsiyasi ularning nerv sistemasi orqali amalga oshadi va refleks deb ataladi. Nerv sistemasiga ega bo‘lmagan organizmlar, masalan, bir hujayralilar va o‘simliklarda reflekslar bo‘lmaydi. Ularning tashqi muhit ta’sir iga reaktsiyasi harakatlanish yoki o‘sish xususiyatining o‘zgarishidan iborat bo‘lib, taksis yoki tropizm deyiladi. Masalan, fototaksis -organiznming yorug‘ lik tomonga harakatlanishi, xemotaksis - kontsentrlangan kimyoviy moddalar tomonga harakatlanishidan iborat. Ta’sirlovchi obyekt organizmni jalb qiladigan bo‘lsa musbat taksis, unga aks ta’sir ko‘rsatganida manfiy taksis deyiladi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin