’lim, fan va innovatsiyalar



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə7/8
tarix27.04.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#103403
1   2   3   4   5   6   7   8
Asosiy (assimilatsiya) g’amlovchi to\'qimalar

Hayvonlar taksonlari

O‘simliklar taksonlari

Tip

Bo‘lim

Sinf

Sinf

Turkum

Tartib

Oila

Oila

Urug‘

Turkum

Tur

Tur

Anatomo-morfologik tushunchalar. Hayvonlar hujayrasi, to‘qimalari, organlari to‘g‘ risidagi tsitologik, gistologik va anatomik bilimlardan iborat. Bu tushunchalar Biologiya kursidagi ko‘pchilik mavzular mazmuniga kiradi. Masalan, o‘quvchilar «Bir hujayralilar» mavzusida tsitologik, «Bo‘shliqichlilar»da hujayralarning xilma-xilligi, «Yassi chuvalchanglar» dan boshlab esa to‘qimalar, organlar, organlar sistemasi, organizm to‘g‘ risidagi bilimga ega bo‘lishadi. Umurtqalilarning tuzilishiga xos xususiyatlar ularning turli sistematik guruhlarini solishtirish orqali aniqlanadi.
Fiziologik tushunchalar. Fiziologik tushunchalar organ, organlar sistemasi, funktsiyasi hamda organizmning asosiy hayot faoliyati to‘g‘risidagi bilimlardan iborat. Fiziologik tushunchalarni o‘rganish organlarni o‘rganish bilan birga olib boriladi. Bunda fiziologik yondashuv odatda birlamchi bo‘lishi zarur. Masalan, evglenani o‘rganishni «Evglena qanday harakatlanadi?» yoki amyobani o‘rganishni «Amyoba qanday oziqlanadi? kabi savollar bilan boshlash mumkin.
Hayvonlarning hayotiy faoliyati to‘g‘risidagi tushunchalar ko‘pchilik mavzularda uchraydi, chunki organlar o‘rganilayotganda oziq moddalarning maydalanishi, hazm bo‘lishi, organizmga so‘rilishi, qon orqali barcha organlarga tashilishi, ularning hujayralarda organizm uchun zarur moddalarga aylanishi, ayirish sistemasi orqali keraksiz moddalarning organizmdan chiqarilishi aniqlab olinadi. Moddalar almashinuvi deb ataladigan bu jarayonni tushunish o‘quvchilarga qiyinchilik tug‘ dirishi mumkin. Bu jarayonlarni yaxshiroq o‘zlashtirib olish ular mazmunining chuqurligi bilan bog‘liq. Shuning uchun moddalar almashinuvi juda sodda tarzda bayon qilinishi lozim.
Nerv faoliyati to‘g‘risida tushunchalar ta’sir lanish, harakatlanish, refleks kabi bilimlar bilan bog‘liq. O‘quvchilar bir hujayralilarni o‘rganishda oddiy ta’sir lanish (taksis) bilan tanishadilar. Bu tushuncha bo‘shliqichlilarni o‘rganishda birmuncha kengaytiriladi. Qushlar va sutemizuvchilarni o‘rganishda hayvonlarda reflekslarning hosil bo‘lishi va xilma-xilligi, nerv sistemasi, xususan, bosh miyaning tuzilishi bilan bog‘ liqligi tushuntiriladi. O‘quvchilarga sezgi organlari, ularning hayvon turi va yashash muhitiga bog‘ liqligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Biologiyaning amaliyot bilan bog‘ liqligi to‘g‘ risidagi tushunchalar. Biologiyani o‘rganish hayvonlarning tabiatda va inson faoliyatida tutgan o‘mini tushunib olishga yordam beradi. Ko‘pchilik hayvonlar yashil o‘simliklar bilan oziqlanib, ularning tanasida to‘plangan moddalarni yana tuproqqa qaytaradi va tuproqning hosildorligini oshiradi. O‘simlik va hayvonlar qoldiqlari bilan oziqlanadigan hayvonlar yer yuzini ulardan tozalovchi tabiiy sanitarlar hisoblanadi. Tuproq hayvonlari tuproqni yumshatadi, uni chirindi bilan boyitib unumdor qiladi. Hasharotlar gulli o‘simliklami changlatib, ular hosildorligini oshiradi. Yirtqich va ayrim parazit hasharotlar ekinlarning zararkunandalarini qirib, tabiatda ular sonini cheklab turishga yordam beradi. Bir qancha yovvoyi hayvonlar go‘shti va terisi uchun ovlanadi. Biologiyadan bilimga ega bo‘lmasdan turib tabiatda hayvonlarning tarqalishi qonuniyatlari, ularning o‘simliklar va boshqa organizmlar bilan munosabatlarini tushunib olish qiyin bo‘ladi.
Boshqa fanlar kabi Biologiya ham xalq xo‘jaligining turli sohalari bilan bog‘langan. Biologiya sohasidagi bilimlar avvalo hayvonot dunyosini muhofaza qilish, uning tabiiy boyliklaridan ratsional foydalanish, biologik xilma-xilligini
saqlab qolish, noyob va yo‘qolib borayotgan turlarini himoya qilish va ko‘paytirish tadbirlarini ishlab chiqish uchun zarur. Biologiya, ayniqsa qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Biologiya ochgan qonuniyatlar qoramolchilik, qorako‘lchilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, ipakchilik, asalarichilik, umuman chorvachilikning turli sohalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘rmon, bog‘ va qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunandalariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish va ulardan amalda foydalanish ham Biologiya sohasidagi bilimlar bilan bog‘ liq. Zoologik obyektlar kosmik tadqiqotlarda ham foydalaniladi.
Hayvonlarning sog‘ liqni saqlash va veterinariyada ham kasallik qo‘zg‘ atuvchi va infektsion kasalliklarni yuqtiruvchi sifatida ahamiyati katta. Biologiya sohasidagi bilimlar parazitar kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishini tushunib olish va ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishga yordam beradi. Ayrim ma’iumotlarga binoan odamlar organizmida 300 dan ortiqroq turga mansub parazitlar uchraydi.Yer yuzidagi odamlarning deyarli 95 % parazitlar bilan zararlangan. Hatto rivojlangan mamlakatlar aholisining uchdan bir qismi parazitlar bilan zararlanganligi qayd qilingan. Qon so‘ruvchi burgalar eng xavfli infektsion kasalliklarni, bitlar terlamani, pashshalar ichburug‘, yuqumli gepatitni tarqatadi. Bir hujayrali hayvonlardan bezgak plazmodiysi xavfli bezgakni, tripanasomalar xavfli uyqu kasalliklarini paydo qiladi.
Hayvonlarning amaliy ahamiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar parazit chuvalchanglar, o‘rgimchaksimonlar, hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati, suyakli baliqlar, parrandachilik, primatlar turkumi, sutemizuvchilar kabi mavzularning asosini tashkil etadi.
Testologiya tarixida V.A Makkol birinchi bo‘lib testlarni pedagogik va aqliy rivojlanish darajasini aniqlaydigan (intellektual) guruhlarga ajratgan. R. Pinter ishida testlar tilga aloqador, tilga aloqador bo‘lmagan va kombinatsiyalashgan uchta aqliy-pedagogik guruhlarga ajratiladi. S. L. Prisleyva
F. M. Robinson testologiyaga standartlashtirilgan testlar, Dj. Mak V. Xait esa mezoniy testlar tushunchalarini kiritishdi. Hozirgi davrda birinchi tipdagi testlar —yutuqlar testlari” yoki standartlashtirilgan testlar, ikkinchi tipdagi testlar esa “mezoniy orientirlangan testlar” deb ataladi.
A.Anastazi testlarni foydalanish maqsadiga binoan diagnostik va prognostik hillarga ajratadi. Aslida diagnostik testlar xozirgi mezoniy-orientirlangan prognostik testlar esa intellekt testlariga yaqin turadi.
B. S. Avanesov test topshiriqlarining to‘rtta: ochiq test topshiriqlari, yopiq test topshiriqlari, muvofiqlikni aniqlash va to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlash topshiriqlarini ko‘rsatib bergan.
B. L. Farbermanning ko‘rsatishicha, bita yoki bir necha so‘zlar tushirib qoldirilgan, lekin javob varianti ilova qilinmagan test-topshiriqlarini ochiq test topshiriqlari deyiladi. Bunday topshiriqlarni tuzish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
- har bir topshiriqda bita so‘z to‘ldirilgan (tushirib qoldirilgan) bo‘lishi maqsadga muvofiq;
- topshiriqni bilish zarur bo‘lgan eng muhim tushuncha (atama) bilan to‘ldirish;
- savol aynan bir xil javobni talab qiladigan, ikki xil ma’noda talqin qilinmaydigan holda aniq bo‘lishi lozim;
- bo‘sh qoldirilgan joy to‘ldiriladigan so‘zga mos uzunlikda bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Ochiq test topshiriqlari ta‘limni programmalashtirish jarayonida keng qo‘llaniladi. Masalan, K. Tomas va boshqalarning ishida elementar elektr nazariyasi bo‘yicha 1 3 4 ta ochiq test topshiriqlaridan iborat programma keltirilgan.
Ochiq test topshiriqlari faset shaklida ham bo‘lishi mumkin. U holda lozim bo‘lgan javoblar bir necha tushunchadan iborat bo‘lib, topshiriqning muayyan qismiga mos keladi.
Yopiq topshiriqlar tasdiq yoki savoldan va bir necha javoblardan iborat. Ular dan bin to‘g‘ri, qolganlari esa to‘g‘riga o‘xshash, lekin noto‘g‘ ri (soxta) bo‘ladi. Taklif etilayotgan javoblarning soni ikkitadan beshtagacha yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin. Bunday topshiriqlarning javobi "ikkitadan" iborat bo‘lganida "ha" yoki "yo‘q", "to‘g‘ri" yoki "noto‘g‘ri", "ko‘payadi" yoki "kamayadi" kabi ikki xil ma’noni anglatadigan tushunchalardan tashkil topadi. Bunday topshiriqlar sinovdan o‘tuvchining bilim darajasini zudlik bilan tekshirib ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Ular avtomatlashgan o‘qitish sistemasida o‘quvchining umumiy tayyorgarligini taxminiy baholash va nazoratning keyingi murakkablashtirilgan yoki yengillashtirilgan programmasi bo‘yicha olib borish masalasini hal etishga imkon beradi.
Ikki alternativ javobli topshiriqlarda to‘g‘ri javob topish yoki topa olmaslikning ehtimoli teng, ya’ni 0,5 bo‘ladi. Topshiriqdagi javoblarning sonini oshirish orqali to‘g‘ri javob topish ehtimolini kamaytirish mumkin. Amalda 5 yoki 4 javobga ega bo‘lgan topshiriqlar keng qo‘llaniladi. Keyingi hollarda topshiriqlarga to‘g‘ ri javob topish ehtimoli 0,2 yoki 0,25 ga teng bo‘ladi. Sinovdan o‘tuvchining tanlagan javobiga ko‘ra test topshirig‘ining sharti haqiqiy yoki soxta javobga aylanishi mumkin. Bunday hollarda o‘g‘ri javob 1, qolgan barcha javoblar 0 bilan kodlanib, EHMga kiritiladi.
Ilmiy va ommabop adabiyotlarda yopiq test topshiriqlari odatda "ko‘p tanlovli topshiriqlar" deyiladi. Bunday topshiriqlarda to‘g‘ ri javoblardan tashqari noto‘g‘ri (soxta) javoblar ham muhim ahamiyatga ega. Noto‘g‘ ri javoblar to‘g‘ ri javoblardan farq qilmasligi, o‘quv materialini o‘zlashtirmagan shaxslar uchun tuzoq vazifasini bajarishi lozim. Bunday topshiriqlarni tuzish bir qarashda juda oson ko‘rinsa-da, haqiqatda juda yuqori mahoratni va tayyorgarlikni, testlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish usullarini chuqur o‘zlashtirib olishni talab etadi. Bu o‘rinda Amerika Qo‘shma Shtatlari Pedagogik testlash xizmati xodimlari shunday yozishadi: «Muallif juda ko‘p savollar (ya’ni test topshiriqlari) orasidan aynan o‘sha savolni berish zarurligiga ishonch hosil qilishi lozim. Ana shundan so‘ngu savoldagit o‘g‘ri javobni har
qanday yo‘l bilan osonlikcha topibb o‘lmaslik usulini ishlab chiqish zarur. Yaxshi o‘ylab, to‘g‘ri tuzilgan tanlov javobli test savoli o‘quvchini fikrlash va solishtirib ko‘rish orqali to‘g‘ ri javoblarni tanlab olishga majbur qilishi kerak. Bundan tashqari test tuzuvchi savolning o‘zini va unga berilishi mumkin bo‘lgan to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarni shunday shakllantirishi lozimki, toki savolga faqat zarur bilimga ega bo‘lgan kishi javob bera olsin. Yetarli bilimga ega bo‘lmaganlar esa bilmasligi tufayli mag‘ lub bo‘lsin.
Tuzib chiqilgan test topshiriqlari tajribali mutaxassis yoki ekspert tomonidan baholanishi mumkin. Lekin test sohasida mavjud bo‘lgan ko‘pchilik adabiyotlarda bunday usulning sub’yektiv xususiyatga ega ekanligi, testning sifatiga ob’yektiv baho faqat statistik tahlil qilish va uni sinab ko‘rish orqali berilishi lozimligi ta’kidlanadi. Agar testdagi biron savolga barcha sinovdan o‘tuvchilar to‘g‘ri javob bergan yoki javob beraolmagan bo‘lsa, bunday topshiriqlar bilimni differentsiyalash xususiyatiga ega emas, ya’ni bilimsiz o‘quvchini bilimli o‘quvchidan ajrata olmaydi. Bunday topshiriq boshqasi bilan almashtirilgani ma’qul. Agar topshiriq mezoniy oriyentirlangan testga mansub bo‘lib, unga barcha o‘quvchilar to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa; bu hol o‘quvchilarni zarur bilimlarni o‘zlashtmb olganliklarini ko‘rsatadi.
Yopiq test topshiriqlari savol xarakteridagi jumladan, ularning javoblari esa analogik yoki sinonim tushunchalardan yoki yaqin ma’noga ega bo‘lgan jumlalardan iborat bo‘lishi mumkin. Test topshiriqlarida javobning o‘zi keltirilishi, lekin javobning eng muammoli joyi ko‘p nuqtalar holida bo‘sh qoldirilishi mumkin. To‘g‘ri javob esa berilgan variantlar ichidan tanlab olinishi lozim. Bu xildagi topshiriqlarni B.L.Farbermanva D. K. Asomov ishida analogiyaga ega bo‘lgan yopiq topshiriqlar, G.S.Safaeva ishida esa, muammoli topshiriqlar deb ko‘rsatiladi. Aslida bunday topshiriqlarni yopiq topshiriqlarning bir xili deb qarash lozim. Yopiq topshiriqlarda to‘g‘ri javob salbiy, noto‘g‘ri javoblar esa ijobiy bo‘lishi mumkin.
Test topshiriqlarining keng tarqalgan yana bir shakli muvofiqlikni aniqlash topshiriqlaridir. Bunday topshiriqlarning mohiyati bir xil ko‘p sonli
elementlar (tushunchalar)ni boshqa ko‘p sonli elementlarga mos kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday topshiriqlarni "muvofiqlik aniqlansin" ma’nosida ko‘rsatma bilan boshlash taklif etiladi.
Kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlash topshiriqlaridan foydalaniladi. Bunday topshiriqlar biron voqelik, matematik formulalar echilishi, kimyoviy jarayonlarning izchilligini to‘g‘ ri tushunib olish, turli organlar yoki to‘qimalaming organizmda joylashish tartibini o‘zlashtirganligi to‘g‘risida axborot beradi.
Test topshiriqlari so‘zlar munosabatini aniqlashga qaratilgan ham bo‘lishi mumkin. Bunday testlarda uchta so‘z taklif qilinadi. Birinchi va ikkinchi so‘z orasida muayyan bog‘lanish bor. Tanlash uchun olingan uchinchi so‘zga mos berilgan beshta so‘zlar orasidan ajratib olish lozim.
Ketma-ketlik, ya’ni izchillikni to‘g‘ri aniqlash uchun tuzilgan test topshiriqlari ko‘proq professional tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida foydalaniladi. Bunday topshiriqlar sinovdan o‘tkazayotgan kishini biror faoliyat, fikrlash yoki echim chiqarishni amalga oshirishda lozim bo‘lgan izchillikni qanday egallaganligini aniqlash maqsadid aq o‘llaniladi. Bunday hollarda topshiriqlar “to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlang” degan jumla bilan boshlanadi. Sinovdan o‘tayotgan o‘quvchi harakatlar tartibini ko‘rsatuvchi raqamlarni javoblarning chap tomoniga, masalan, 1-D, 2-G, 3-A, 4-E, 5-B shaklida yozib qo‘yadi. Bunday topshiriqlar tartibsiz so‘zlar yig‘indisidan tavsiflar, qonunlar va muhokamalar yaratishga imkon beradi.
Test topshiriqlarining boshqa shakllari ham mavjud. Masalan, B.L.Farbermanva D.K.Asomovishida test topshiriqlarining quyidagi shakllarini eslatib o‘tilgan:
- bir necha ehtimol kutilgan to‘g‘ri javoblar bo‘lgan yopiq topshiriqlar;
- bitta yoki bir necha so‘z tushirib qoldirilgan iborat ochiq topshiriqilar;
- o‘zaro bog‘lanish (muvofiqlik)ni aniqlash uchun topshiriqlar;
- ayrim fanlar bo‘yicha bilimlarning chuqurligini aniqlash topshiriqlari;
- to‘g‘ri izchillikni aniqlash topshiriqlari;
- soni topib olishga mo‘ljallangan topshiriqlar (sonlar seriyasini topish usulini aniqlash va uni muayyan tartibda belgilash);
- masalalar yechishga qaratilgan (matematik, fizik, biologik va boshqa) topshiriqlar;
- chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar;
- olingan axborotni o‘zlashtirish darajasini aniqlash topshiriqlari;
- sinonim va antonimlarni farqlashga doir topshiriqlar;
- analogiya, ya’niaynano‘xshashlikkadoirtopshiriqlar;
- o‘qilgan matnni tushunishga doir topshiriqlar;
- ko‘rsatmalarni bajarishga doir topshiriqlar;
- bilimdonlikni aniqlashga doir topshiriqlar;
- til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar;
O‘quv jarayonida yopiq topshiriqli, ochiq topshiriqli, muvofiqlikni aniqlashga va turli izchillikni aniqlashga mo‘jallangan topshiriqlar keng miqiyosda, test topshiriqlarining boshqa shakllari esa nisbatan kam qo‘llaniladi.
O.Mavlonov o‘quvchilarning mustaqil bilim olishini tashkil etishda ko‘p tanlov javobli test topshiriqlaridan foydalanishni taklif etadi.
Foydalanish usuliga binoan dastlab ochiq testlar, keyinchalik to‘g‘ri javoblar soniga binoan "ko‘p tanlov javobli test topshiriqlari" deb nomlangan bunday test topshiriqlari extimol kutilgan to‘g‘ri javoblar sonining ko‘p bo‘lishi, tejamliligi, cheksiz ko‘p marta foydalanishga yaroqligi, bilimni aniq baholashi bilan bita to‘g‘ri javobli tanlov testlariga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Mazkur Kurs ish ish mavzusi ham anna shunday test topshiriqlaridan talabalarning o‘quv adabiyoti ustida mustaq ilishlashini tashkil etish va ular bilimini baholashda foydalanishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish va tadqiqqilishga bag‘ ishlangan.
Pedagogik testlarni ishlab chiqishda mazmunni tanlab olish muhim ahamiyatga ega. A.Anastazi test topshiriqlarini tuzishda noldan ularni spetsifikatsiya qilishni tavsiya etadi. B.L.Farberman test topshiriqlarini spetsifikatsiya qilishning test rejasini tuzish, topshiriqlarda aks ettirish kerak
bo‘lgan konkret masalalar ro‘yxatini ishlab chiqish, deb tushuntiradi va misol tariqasida quyidagilarni ko‘rsatadi:
A-ta’riflay olishni bilish;
B-qonunlar va formulalarning printsiplarini bilish;
D-masalalarni echishda qonun va formulalarni qo‘llashni bilish;
E-o‘xshashlik va tafovutni topishni bilish;
F-sxema va grafikni o‘ qishni bilish;
G-texnik moslamalarni ishlatishni bilish;
H-EHM yordamida matematik modellar va optimal hisob - kitob usullaridan foydalanishni bilish;
Z - tipik sharoitda qaror qabul qila olish (xulosa chiqara bilish va bemorga tashhis qo‘yish, mashinaning texnik ahvoli to‘g‘risida xulosa berish, mavjud ma’lumotlar asosida boshqarishni bilish va h.k.) va boshqa bilimlar hamda xulosalar. Yuqorida keltirilgan ro‘yxat universal xarakterga ega emas, chunki har bir fan o‘zining spetsifik xususiyatlariga ega bo‘ladi.
V.P.Bespalko test topshiriqlarini o‘zlashtirishni bilib olish, reproduktiv va produktiv fikrlash va ijodiy darajalarini ko‘rsatadi. V.S.Avanesov (3-7) test tuzish uchun o‘quv materiallarini tanlashda muayyan printsiplarga amal qilishni taklif etadi. Bu printsiplar tanlanayotgan materialning zalvorligi, ilmiy ishonchligi, test mazmuni fanning hozirgi darajasiga mos bo‘lishi, reprezentativlik, qiyinligi oshib borish, sistemalik, komplekslilik, muvozanatlik, mazmun va shaklning o‘zaro bog‘ liqligidan borat.
B.L.Farberman o‘zlashtirishning birinchi darajasiga mos keladigan test topshiriqlari ob’yektlar, jarayonlar va hodisalarni ilgari olingan axborot yoki tushunchalar yordamida bilib olishga va ularni bir-biridan farqlash va tasnif qilishga qaratilgan bo‘lishini yozadi. O‘zlashtirishning ikkinchi darajasi hech qanday yordamsiz ilgari o‘rganilgan bilimlarni takrorlash va qo‘llash bilan bog‘ liq. Bunday topshiriqlar ketma-ketlikda ifodalanishi mumkin.(13)
1. Bir tanlov javobli test topshiriqlarini qo‘llanilishi
Bilimlarni nazorat qilish va baholashning an’anaviy usullari ko‘p vaqt talab qilishi va sub’yektivligi tufayli ko‘pchilik g‘arb mamlakatlari pedagog olimlari tomonidan tanqid qilinadi. Og‘ zaki imtihonlardan o‘quvchilarga qo‘yilgan baholar tahlil qilinganida ikkita imtihon oluvchining bitta o‘quvchiga muayyan bita predmet va bir xil o‘quv materiali bo‘yicha qo‘ygan baholari faqat 40, 60 foiz hollarda bir xil bo‘lishini ko‘rsatdi. Bu hol sinovdan o‘tuvchining bita o‘qituvchidan yuqori, ikkinchisidan esa eng past baho olib qolishi mumkinligini ko‘rsatadi. O‘quvchi olgan baho ko‘p hollarda faqat fanni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bilimlarni nazorat qilishning an’anaviy usulini, xususan imtihonlarni tanqid qiluvchilarning ta’kidlashicha bu usulning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat:
- imtihonda o‘quvchi 3-4 savolga javob beradi, bahoni esa butun fan bo‘yicha oladi;
- besh ballik baholar shkalasining qiyosiy baholash xususiyati etarli emas;
- o‘quvchi bilimini imtihon oluvch isub’yektiv baholashi mumkin;
- og‘ zaki so‘rov va yozma nazorat ishlari o‘qituvchidan ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi. Bu esa joriy nazoratni muntazam bo‘lmasligiga yoki o‘tkazilmasdan qolishiga sabab bo‘ladi;
- bilimlarni nazorat qilishning an’anaviy usulida EHMdan foydalanib bo‘lmaydi.
Bilimni nazorat qilishning test usuli yuqoridagi kamchiliklardan holi
bo‘ladi. Pedagogik test o‘quv fani yoki uning bo‘limi maqsadlari va mazmuniga yoki o‘quvchilarning boshqa jihatlariga baho berish imkonini beradigan qisqa va o‘zaro bog‘ langan o‘quv topshiriqlari yig‘ indisidan iborat. Pedagogik testlar yordamida nazorat qilish an’anaviy og‘ zaki usulga nisbatan bir muncha texnologik bo‘lib, o‘quv materialini to‘liq qamrab oladi; barcha o‘quvchilar bir xil savollarga javob berganligi tufayli ularning bilimini solishtirishga imkon beradi; bilimga ob’yektiv, aniq va differentsiallangan baho qo‘yishga imkon beradi; o‘qituvchining vaqtini tejab, ta‘lim samaradorligini oshiradi. Testlar o‘quvchilardan dars materiallarini chuqur va har tomonlama bilishni talab etadi.
Testlarning asosiy kamchiliklari esa o‘quvchini javoblarni mustaqil, og‘ zaki yoki yozma bayon qilishdan mahrum etishdan iborat. Bunday holda o‘quvchining psixologik holati erkin javobdagi kabi bo‘lmaydi. U testdagi muammolar xususida o‘z fikrini bayon qila olmaydi. Shuning uchun ayrim o‘quv yurtlarida testlash vaqtida talabalardan ba’zi bir savollarga yozma javob yozish talab etiladi. Bu bilimni nazora tqilishning an’anaviy test usullari yig‘indisidan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi o‘quv yurtlarida joriy qilinayotgan testlar aksariyat hollarda tanlov shaklidagi topshiriqlardan iborat bo‘lib, ularda ehtimol kutilgan javoblardan bittasi to‘g‘ri, qolganlari esa to‘g‘riga o‘xshash, biroq noto‘g‘ri (soxta) bo‘ladi. Testshunos olimlarning fikricha bir ijtimoiy muhitga mansub testni boshqa muhitga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib bo‘lmaydi, testlarni bajarishga ijtimoiy muhit bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Test tuzish bir qarashda uncha qiyin bo‘lmagandek ko‘rinsada, test tuzuvchidan malaka, chuqur bilim va tajribani talab qiladi. Shu sabab AQSHda test sifatini ta’minlash va undan foydalanishni amalga oshirish uchun pedagogik testlashning maxsus markazi tashkil etilgan. Bu markazda eng yuqori malakali mutaxassislar xizmat qiladi. Testlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish pedagogik testlarning maxsus rivojlangan, keng tarmoqlangan infrastrukturasi, testlar bo‘yicha nazariya va amaliyotni aks ettiradigan katta hajmdagi
adabiyotlar bo‘lishini talab etadi. Maxsus adabiyotlarning bo‘lmasligi, bu sohada malakali kadrlarning etishmasligi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayotgan testlarning sifatiga katta ta’ sir ko‘rsatmoqda.
Ko‘p tanlov javobli test topshiriqlarining asosiy xillari
Ta‘lim jarayonida qo‘llanilayotgan tanlov javobli test topshiriqlarida javoblarning faqat bittasi to‘g‘ri, qolganlari noto‘g‘ ri, lekin to‘g‘ riga yaqin bo‘lishi ta’kidlanib o‘tilgan edi. Bunday topshiriqlarning axborot sig‘ imi uncha katta bo‘lmaganidan (masalan besh javobli topshiriqlarning axborot sig‘ imi 20% ga teng) ulardan asosan o‘quvchilarning o‘quv jarayonida olgan bilim va malakalarini baholashda foydalanish mumkin. Bitta to‘g‘ri javobli topshiriqlar sinovdan o‘tayotgan o‘quvchining tanlagan javobini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishiga binoan 1 yoki 0 bilan kodlaydi va anna shu holda EHM xotirasiga kiritiladi. Bunday topshiriqlarning mazmuni o‘quvchilarga oshkor bo‘lib qolganda ular kutilgan natijani bermaydi. Shuning uchun topshiriqlar har bir sinov uchun alohida ishlab chiqiladi. Ularni faqat ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng yoki o‘quvchilarning boshqa guruhlarida takroriy qo‘llash mumkin.
Test topshiriqlariga javoblarni solishtirib ko‘rish, kombinatsiyalash, o‘rin almashtirish yoki tanlash orqali ham shakllantirish mumkin. Ko‘p tanlov javobli topshriqlar yordamida o‘quvchilar olgan bilimlar samarasi maxsus matematik formula orqali hisoblab chiqiladi. Formula o‘quvchilar bilimini baholashda har bir to‘g‘ ri yoki noto‘g‘ ri javobni hisobga olishga imkon beradi. Bunday test topshiriqlaridan o‘quvchilarning mustaqil bilim olishini tashkil etishda foydalanish g‘oyasi ilk bor O.Mavlonov tomonidan taklif etilgan edi. Quyida ta‘lim jarayonida foydalanishga yaroqli bo‘lgan ko‘p tanlov javobli test topshiriqlarining asosiy shakllari va ularni ishlab chiqish usullari bayon etilgan.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin