Ovqat hazm qilish tizimi.
Sanoat zaharlari og‘iz bo‘shlig‘idan yutilganda shilliq
qavatga bevosita ta’sir qilib ovqat hazm qilish trakti funksiyalarining buzilishiga olib
kelishi mumkin.
Ayrim metallar og‘iz bo‘lshig‘ining shilliq qavatida, ayniqsa milklarda yig‘ilib
qoladi va uni havo-kulrangga bo‘yaydi (kumush, vismut, qo‘rg‘oshin, simob, surma).
Bunda ko‘pincha og‘izda metall mazasi paydo bo‘ladi, biroz shishib ketadi, milklar
26
qizarib tez-tez qonaydigan bo‘lib qoladi, stomatit, ba’zida benzol bilan zaharlanganda
og‘iz shilliq qavatining yara-nekrotik zararlanishi kuzatiladi.
Ayrim noorganik kislotalar angidridlari va organik kislotalar bug‘laridan nafas
olinganda tishlar zararlanadi va karies kuzatiladi. Ftor va fosfor birikmalari tishlar
uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Professional karies uchun oldingi tishlar bo‘yinchalarida
chang yig‘ilib qolishi xos. Avval oldingi tishlar, keyin pastki tishlar zararlanadi.
Trinitrotoluol, selen, organik yerituvchilar, azot oksidlari, rux, xrom bilan
zaharlanganda gastrit, sekretsiyaning buzilishi, dispeptik holatlar (ovqat hazm
bo‘lmasligi) kuzatiladi. Og‘ir metallar, oltingugurt uglyerodi, bromidlar, yodidlar
oshqozon va ipak shilliq qavatlariga yaqqol mahalliy qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Simob, margimush, surma, kadmiy bilan zaharlanganda ko‘proq ich ketishi kuzatilsa,
qo‘rg‘oshin, ftoridlar, rux, selen bilan zaharlanganda ich qotishi kuzatiladi.
Sanoat zaharlarining katta qismi jigarga tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega, bu esa
spetsifik gepatotrop ta’sir haqida so‘zlash imkonini beradi. Gepatotrop zaharlar
qatoriga xlorlangan va bromlangan uglevodorodlar, xlorlangan naftalinlar, benzolning
nitrohosilalari, azot kislotasi efir-lari, stirol va uning hosilalari, fosfor va selen
birikmalari, surma, margimush, gidrazin va uning hosilalari kiradi.
Jigarning o‘tkir va og‘ir zararlanishi parenximaning turli darajada distrofik
o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Jigarning o‘tkir zararlanishining eng dastlabki va eng
ko‘p uchraydigan ko‘rinishi - o‘ng biqinda og‘riq turishi bilan birga dispeptik hamda
asteno-vegetativ sindrom. Jigar og‘ir zaharlanganda keskin ifodalangan sariq kasal
namoyon bo‘ladi, Botkin kasalligida ham funksional namunalar ma’lumotlari Shunday
bo‘ladi.
Siydik-jinsiy tizim.
Toksik nefroz kabi buyraklarning zararlanishi va buyrak
yetishmovchiligi uglevodorodlarning xlorli hosilalari, qo‘rg‘oshin, sulema, skipidar,
etilenglikol va uning efirlari bilan o‘tkir zaharlanganda kuzatiladi. Benzolning
aminohosilalari bilan o‘tkir zaharlanish oqibatlarida biri gemmoragik sistit bo‘lishi
mumkin. Bariy tuzlari bilan surunkali zaharlanish dizureya bilan birga kechadi,
skipidar bilan zaharlanganda dizuriya va gematuriya kuzatiladi.
Ayrim zaharlanishlar, ayniqsa surunkali intoksikatsiyalar jinsiy funksiyaning
jiddiy buzilishlarini keltirib chiqaradi. Benzol va uning hosilalari, qo‘rg‘oshin,
uglyerod oksidi, oltingugurt uglyerodi, xloropen, surma, ayrim pestitsidlar hayz siklini
buzib yuboradi. Spyermatogenezning buzilishi (azospyermiya) alkogol, qo‘rg‘oshin,
margimush bilan surunkali zaharlanganda kuzatiladi. Potensiyaning pasayishi va libido
uglyerod oksidi, qurg‘oshin, margimush bilan zaharlanishga xos belgilardir.
Yerkaklarda jinsiy funksiyalarning o‘zgarishi marganes, xloropen va bora kislotasi
bilan ta’sirlashganda aniqlangan.
Suyak tizimi
va uning qo‘shimchalari (pridatki). Suyak-bo‘g‘im apparatining
yaqqol tizimli zararlanishi flyuoroz - suyaklarning toshdek qotib qolishi, paylarning
o‘zaksizlanishida (RF, ftor vodorodli kislota tuzlari, kriolit, supyer-fosfatlar: elektroliz
sexlarida (alyuminiy) kuzatilgan. Bariy tuzlari bilan zaharlanganda ular suyakdan
fosfor va kalsiyni siqib chiqaradi va jiddiy osteoporozga olib kelishi mumkin.
27
Suyak to‘qimasining sayozlanishi kadmiy tuzlari bilan surunkali zaharlanishda
ham qayd etilgan (bunda kuraklarda, bel, tos va katta boldir suyaklarida ko‘ndalang
o‘ymalar paydo bo‘ladi)
Sariq fosfor bilan zaharlanganda pastki jag‘ zararlanadi, qo‘rg‘oshin bilan
surunkali zaharlanganda bolalarda suyaklarning metafizar o‘sishi izdan chiqadi.
Zaharlanishning tyeri va uning quyruqlarida ifodalanishi yuqorida keltirilgan
yallig‘lanish va allyergik ta’sirlar bilan chegaralanmaydi. Ayrim sanoat zaharlarining
ta’siri
tyerining
ochiq
yoki
kiyim
bilan
ishqalanadigan
qismlari
gipyerpigmentatsiyasini keltirib chiqaradi (neftni qayta ishlash mahsulotlari,
toshko‘mirli smola, plavikli kislotalar). Trinitrotoluol va dinitroxlorbenzol bilan
ta’sirlanish oqibatida vaqt o‘tgani sayin kaftlar, oyoq kaftlari va tirnoqlarning sariq
rangga bo‘yalib qoladi. Kumush tyeri va shilliq qavatlarda yig‘ilib qolib, ularni aspid-
kulrangga bo‘yaydi (argiriya). Gidroxinon va uning ayrim efirlari tyerining katta-katta
qismlarini rangsizlantiradi, boshqa bir efirlari leykodyermiyani keltirib chiqaradi.
Tirnoqlarning mo‘rtligi va deformatsiyalanishi ohak, kalsiy karbit, 2,4-dinitrofenol
bilan ishlaydiganlarda uchraydi. Nikel va sement kuchli tyeri qichimasiga sabab
bo‘ladi. Ba’zi bir moddalar bilan ishlaganda gipyerkyeratoz rivojlanadi yoki sochlar
kuchli to‘kiladi (antratsen, toshko‘mir smolasi, xloropren, trinitrotoluol, dinitro-
xlorbenzol, talliy birikmalari).
Dostları ilə paylaş: |