Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
Yurak-tomir tizimi.
Sanoat zaharlari bilan zaharlanganda yurak-tomir tizimining 
(YUTT) zararlanishi vegetativ-tomir disfunksiya, miokard distrofiyasi, o‘choqli 
organik zararlanishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu buzilishlar ko‘pgina 
intoksikatsiyalarda, ayniqsa neyrotrop zaharlar bilan zaharlanganda rivojlanadi. 
Zaharlanishning ba’zi bir shakllari uchun gipyertenziv reaksiya (qo‘rg‘oshin) xos 
bo‘lsa, boshqalariga gipotonik holat xos (tetraetilqo‘rg‘oshin, granozan). Ayrim 
etilenli uglevodorodlar pyerifyerik tomirlarning siqilishini keltirib chiqaradi (“o‘lik 
barmoq” alomati), azotli kislota efirlari uchun esa tomirlarning tez kengayishi xos, bu 
keskin gipotoniyaga olib keladi. 
Fosfor, margimush, dinitrobenzol birikmalari, fosfor kislotasi efirlari bilan 
zaharlanganda ko‘pincha miokard distrofiyasi paydo bo‘ladi. Miokard distrofiyasi 
gipoksiyani keltirib chiqaradigan zaharlar bilan zaharlanganda va elektrolit balans 
buzilganda ham yuzaga keladi (benzolning amidli va nitrobirikmalari, uglyerod oksidi, 
margimushli vodorod, fenilgidrazin). Bariyning suvda yeruvchan tuzlari miokardga 
digitalisdek ta’sir qiladi (madorsizlik, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, noto‘g‘ri puls). 
Uglyerod oksidi bilan zaharlanganda EKGda infarktga xos o‘zgarishlar kuzatilishi 
hollari ma’lum.


25 
Benzol, simobning organik birikmalari, qo‘rg‘oshin qon tomirlarining yog‘li 
distrofiyasini keltirib chiqaradi. Margimush kuchli kapillyartoksik ta’sirga ega, u 
kapillyarlar paralichiga va ular o‘tkazuvchanligining oshishiga sabab bo‘ladi. 
Qo‘rg‘oshin, oltingugurt uglyerodi, uglyerod ftoridlari va oksidi atyerosklyerozni 
kuchaytiradi. Pentaxlornitrobenzol tomirlarning mushakli qobig‘ini qalinlashtiradi. 
Kobalt birikmalari miokard tomirlariga tanlab ta’sir qiladi ularning degenyeratsiyasini 
keltirib chiqaradi. 
Odam qon tizimi.
Sanoat zaharlaridan intoksikatsiyalarning ko‘pgina o‘tkir 
shakllari qon tarkibida nospetsifik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bular: limfopeniya, 
eozinopeniya, granulotsitoz. Gemopoezga va qon tanachalariga spetsifik ta’sir
ko‘rsatadigan zaharlar ham bor. 
Qon tizimining toksik zararlanishida ko‘p kuzatiladigan holatlar gemopoezning 
buzilishi bo‘lib, bu leykopeniya, trombotsitopeniya va anemiya ko‘rinishida namoyon 
bo‘ladi (benzol va uning gomologlari bilan uzoq vaqt zaharlanish). Oldin leykopeniya 
va trombotsitopeniya rivojlanishi jadallashadi, keyin anemiya boshlanadi. 
Zaharlanishning Yanada yaqqolroq ko‘rinishi barqaror anemiya va qizil suyak iligining 
yog‘ga aylanishi bilan belginaladi. 
Toksik anemiyalar ichida qo‘rg‘oshinli anemiya alohida o‘rin egallaydi, uning 
negizida gemoglobin sintezining buzilishi yotadi, yeritrotsitlarda gemoglobin miqdori 
kamayadi. Bunday holat benzol, margimushli vodorod, oltingugurt uglyerodi bilan 
zaharlanganda ham kuzatiladi. 
Karboksigemoglobin hosil qiluvchilar (is gazi) va metgemoglobin hosil qiluvchilar 
(benzolning amido- va nitro-birikmalari, natriy-nitrit) gemoglobinni blokirovkalash 
xususiyatiga ega. Zaharlanishning og‘irligi qonda hosil bo‘lgan met- va 
karboksigemoglobin miqdoriga bog‘liq. Masalan, qon tarkibidagi karboksigemoglobin 
miqdori 10 foizga yyetganda, ishchanlik qobiliyati birmuncha pasayadi, 30 foizga 
yyetganda – asablar taranglashadi, anglash xiralashadi, bosh og‘rig‘i boshlanadi, 60-
70 foizga yyetganda bemor hushdan ketadi. 
Aksariyat sanoat zaharlari organizmning immun barqarorligini pasaytiradi, bu 
qondagi o‘zgarishlarda, masalan, leykotsitlar fagotsitar faolligining pasayishida
antitelolar titrida va boshqa immunologik ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarda kuzatiladi. 
 
Endokrin tizim.
Sanoat zaharlarining odam organizmiga ta’siri jinsiy bezlar 
funksiyalarining buzilishiga olib keladi. Ba’zi bir zaharlar oshqozon osti bezining 
orolcha apparatini (xlofenokssirka kislotasi), buyrak usti bezlarining po‘stloq 
moddasini (ayrim galogen hosilali uglevodorodlar, tetrabutil va xlorfenokssirka 
kislotalari), qalqonsimon bez to‘qimalarini (sianidlar, rodanidlar, ko‘mir va tioko‘mir 
kislotalari aminlari) zararlaydi. Tiuram, amitrol va dinil bilan zaharlanishda 
qalqonsimon bezning ishlashi haddan tashqari tezlashib ketadi. 
 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin