Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Tayanch so‘z va iboralar:
sanitar-texnik jihozlar, ta’sir chegaralari, 
konsentratsiya, doza, ingalyatsion zaharlanish imkoniyatlari koeffitsiyenti, o‘tkir 
zaharlanish, surunkali zaharlanish, zonalar va bosqichlar, zaxira koeffitsiyenti, 
biologik zonalar, doza samarasi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
H
ayvonlar
ni
ng
oli
mi
fa
za
si

IV 
II 
III 


35 
6.
ZARARLI MODDALARNING QAYTA TA’SIRI
6.1. Zararli moddalarning qayta ta’sirida kumulyatsiya

Zararli moddalarning tirik organizmlarga qayta ta’sirida 2 ta jarayon ketishi 


mumkin: kumulyatsiya va adaptatsiya. 
Kumulyatsiya
(lot. Cumulatio - koʻpayish, toʻplanish, yigʻilish) - baʼzi dori 
moddalar uzoq, muddat qabul qilinganda ularning organizmda toʻplanib, taʼsir etish 
kuchining ortishi. Zaharlanishga olib kelishi mumkin. 
Zaharlovchi moddaning 
organizmda qanday patologik jarayonlar rivojlanishiga olib kelishi ko‘p jihatdan 
organizmda zaharlovchi moddaning qanday biotransformatsiyaga uchrashiga bog`liq. 
Agar organizmga tushgan zaharlovchi modda miqdori ma`lum vaqt ichida kam 
miqdorda chiqarilsa, unda organizmda asta-sekinlik bilan to‘planib boradi. Buning 
natijasida zaharlovchi moddaning ta`sir kuchi va ta`sir muddati oshib boradi, ya`ni 
kumulyatsiya hosil bo‘ladi. Kumulyatsiya ikki xilda bo‘ladi: 
1) 
Moddiy kumulyatsiya 
– bunda zaharlovchi modda organizmda sof holda 
to‘planib boradi. 
2) 
Funktsional kumulyatsiya
– zaharlovchi modda organizmga ta`sir kuchini 
to‘plab boradi. 
Zaharlovchi modda to‘qimalarda to‘planib borgani bilan ularda qaytmas 
o‘zgarishlarni keltirib chiqarmaydi, lekin uning funksiyasiga kuchli ta`sir ko‘rsatadi. 
Shuning uchun organizmga tushadigan zaharlovchi moddalarning miqdori va 
kontsentratsiyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Moddiy kumulyatsiyada retseptorning fiziologik funksiyalarning buzilishi sababi 
zaharning retseptor bilan mustahkam bog‘lanishi va barqaror kompleksining hosil 
bo‘lishidir. Birinchi tur kumulyatsiyaga quyidagilar misol bo‘la oladi. Nurlantirilganda 
suyaklarda radiaktiv stronsiyning, halqasimon bezda - yod, buyraklarda og‘ir metallar 
va mish’yak, qon gemoglobinida uglyerod oksidi va sionitlar yig‘iladi. 
Funksional kumulyatsiya modda retseptor bilan aloqada bo‘lgandan so‘ng 
organizmdan chiqariladi, ammo retseptor o‘zgargan holda qoladi. 
Bu 2-tur bo‘yicha, masalan NaNO

(azotni kisliy Na), kimyoviy mutagenlar 
harakat qiladilar. Ular o‘zlari aloqa qiladigan nuklein kislotalari tarkibiga 
qo‘shilmaydilar, balki o‘sha zahoti ajraladilar. Shuning uchun odamda hech qanday 
patogen o‘zgarishlar kuzatilmasligi mumkin, ammo bu o‘zgarishlar o‘zgargan 
retseptor (gen) holida keyingi avlodlarda yuzaga chiqadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin