Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Turli yosh davrlarida zaharlarga o‘rganish



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
Turli yosh davrlarida zaharlarga o‘rganish 
Sanoat toksik agentlari ta’siriga o‘rganish qobiliyati turli yosh davrlarida turlicha 
bo‘ladi. Yosh, hali to‘liq shakllanib bo‘lmagan organizm zararlovchi omillar ta’siriga 
funksional tayyorlikning zarur darajasiga hali yetmagan bo‘ladi, bu uni zaharlarga 
nisbatan zaif qilib qo‘yadi. 
O‘spirinlik davrida toksik sanoat moddalari ta’siriga kattalarga qaraganda yuqori 
(2-10 marta) ta’sirchanlik kuzatiladi. Hayvonlarda olib borilgan tajribalarda yoshlarda 
kattalarga qaraganda o‘rganish qiyinroq kechishi aniqlandi. 
Qariganda moslaShuvchanlik qobiliyati Yana yomonlashadi. Biroq qarilikda 
moslaShuvning pasayishi asta-sekin, oldingi yillarda o‘rganishning rivojlanishi 
qanchalik yuqori bo‘lgan bo‘lsa, Shunchalik sekin kechadi. Organizm ilgari o‘rganib 
qolgan zaharlarga nisbatan barqarorlik ancha uzoq vaqt saqlanishi mumkin. 
Aralash va kompleks ta’sirga o‘rganish 
Turli moddalarning aralash ta’siriga o‘rganish bitta zaharga o‘rganishdan kuchli 
farq qilmaydi, agar bu ta’sir bir yo‘nalishli bo‘lsa (ya’ni dozasi yoki konsentratsiyasi 
bir xil bo‘lsa). Biroq organizm bir vaqtning o‘zida bir nechta zaharga to‘qnash kelsa, 
moslashtiruvchi mexanizmlar ko‘proq zo‘riqadi, o‘rganish qiyinlashadi, uning 
davomiyligi qisqaradi. 
Fizik va kimyoviy omillar aralash holda bir vaqtda takroran ta’sir qilganda 
qo‘zg‘atuvchilar kuchlari nisbati muhim rol o‘ynaydi. Masalan, kuchli shovqin SOga 
o‘rganishga to‘sqinlik qiladi. 
Turli omillarning ta’sir kuchi va ayniqsa ular ichidagi eng xavfli omilning kuchi 
muhim ahamiyatga ega.
Bir xil kimyoviy moddalar ularni organizmga kirishi yo‘llariga qarab turli retseptor 
maydonlarga ta’sir qiladi. Organizmga kirish yo‘llari so‘rilish, o‘zgarish va 
organizmdan ajralish tusi va tezligini belgilab beradi. Moddalar ostonaviy darajada 
kompleks tarzda organizmga kiritilganda o‘rganish tezlashadi. 
Metil va etil spirtlari, formaldegid, siklogeksan, benzol, atseton, benzin va 
boshqalar moddalar ta’sirini o‘rganganda Shu aniqlandiki, bu moddalarning kichik 
dozalardagi (konsentratsiyalardagi) ta’siri ulardan har biri kompleks ta’sir qilganda 
o‘rganishni tezlashtiradi. 


44 
Shunday qilib, zaharlar organizmga kelib tushganda ularning toksik samarasini 
hisobga olganda qo‘shilish samarasi kuzatiladi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin