48
Sulfogidril zaharlar guruhiga kiradigan zararli moddalarning radiatsiya bilan birga
va aksincha ta’siri radiobiologik samarani kuchaytiradi. Bunday zaharlarga
radiosensibillovchi zaharlar: simob va uning birikmalari, metiletilketon pyeroksidi,
formaldegid, akril kislotasi va h.k.lar kiradi.
Jismoniy ishlar.
Bu muammo uch yo‘nalishda qaraladi:
1)
Jismoniy ishlarning zaharlar ta’siriga ta’siri;
2)
Zaharlarning jismoniy ishlarni bajarish qobiliyatiga ta’siri;
3)
Organizmni jismoniy ishlar bilan mashq qildirishning organizmning zaharlarga
barqarorligiga ta’siri.
Inson sanoat zaharlari bilan ta’sirlashar ekan, bir vaqtda jismoniy ishlarni bajaradi.
Jismoniy ishlar zaharlarning organizmga tushishi, unda tarqalishi, o‘zgarishi va ajralib
chiqishiga butun intoksikatsiya davomida qudratli ta’sir ko‘rsatadi.
Dinamik jismoniy ishlar
nafas olish va qon aylanishini faollashtiradi,
organizmning neyrogumoral regulyatsiyasi faolligini, fyermentativ jarayonlarni,
umuman moddalar almashinuvini kuchaytiradi.
O‘pkada havo ventilyasiyasining kuchayishi zaharlanish xavfini oshiradi. Qon
oqimi tezligining oshishi zaharning organizmda tarqalishini tezlashtiradi. Jigar, ichki
sekretsiya bezlari, asab tizimi funksiyalarining oshishi ularni zahar uchun ochiqligini
oshiradi.
Oksidlash jarayonlarining jadallaShuvi oksidlash moddalarining tez to‘planishiga
olib keladi, ular ko‘pincha zaharning o‘zidan ham zaharliroq bo‘ladi. Jismoniy ishlarda
to‘qimalarning kislorod bilan oziqlanishiga to‘sqinlik qiladigan zaharlar Yanada xavfli
bo‘ladi. Bular: is gazi, sianidlar, nitritlar, azidlar. Gipyeremiya va tyerlash zaharlarning
tyeri orqali yaxshiroq singishiga va yerishiga yordam beradi.
Jismoniy ishlar zaharlar ta’siri jadalligiga ta’sir
qilibgina qolmasdan, balki
jarohatlanishlarning lokallaShuviga ham ta’sir qiladi – simob va qo‘rg‘oshin bilan
zaharlanganda kesilishlar va shollik birinchi galda ishlarni ko‘proq bajarayotgan qo‘lda
rivojlanadi.
Sanoat zaharlarining organizm ishchanligiga ta’sirini baholash muammosi ham
muhimdir. Aksariyat hollarda o‘tkir va surunkali zaharlanish ishchanlikni pasaytiradi.
Buni hayvonlarga insektitsidlar, dieldrin, stirol, vinilpropionat, mono- va dixlorstirol,
dimetilamin, butilatsetat, is gazi, benzin va h.k.lar ta’sir qildirib o‘rganilgan.
Biroq bir qator tajribalarda teskari natijalar ham olindi –
zahar hayvonlarning
“ishchanligi”ni oshirdi. Bu NYuQK rivojlanishi bilan izohlanadi, bunga organizmning
noqulay ta’sirlarga, jumladan mushak zo‘riqishida charchashga barqarorligining
oshishi xos. Intoksikatsiya davom ettirilganda NYuQK organizmning barqarorligi
pasayishi bilan almashinadi va ishchanlik pasayadi.
Jismoniy mashqlar bilan chiniqtirilgan organizmda zaharlarga barqarorlikni
oshiruvchi NYuQK rivojlanganda sanoat zaharlari bilan zaharlanish og‘irligi sezilarli
o‘zgaradi. “Chiniqtirilgan”
hayvonlar etanol, dietilefir, xloroform, trixloretilamin kabi
zaharlarga barqarorlikni namoyish qilgan. Jismoniy madaniyat va ishlab chiqarish
gimnastikasi professional intoksitsiyalarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarning
muhim tarkibiy qismidir.
49
Ovqatlanish.
Ovqatlanishning miqdoriy va sifat bo‘yicha kamligi intoksikatsiya
kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ovqatlanish yordamida qon aylanishiga ta’sir qilish
va turli ozuqa moddalari va ozuqa qo‘shimchalarini ovqatlanish rejimiga kiritish orqali
zaharlarning organizmdan chiqarilishini tezlatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: