Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


= ---------------------------------



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67
= --------------------------------- 

Suvdagi yeruvchanlik 
K -
tajriba orqali topiladi va quyidagi formuladan foydalaniladi: 
Lg K = 0,053 M

 - 3,68 , 


52 
bunda, M - molekulyar massa, 

- moddaning zichligi . 
Noelektrolitlar uchun organizmga qarshi chegarasi yuqori
K
ning qiymati juda 
katta bo‘lgan moddalar (benzol, benzin) havo orqali juda katta konsentratsiyalarda
qonga, to‘qimalarga, hujayralarga tez singiydi, qonni tez to‘yintiradi va kuchli 
intoksikatsiyaga olib keladi. K ning qiymati nisbatan kichik bo‘lgan moddalar 
(atsetilen, atseton, etanol, etilenglikol) organizmni zaharli moddalar bilan sekin 
to‘yintiradi va zaharlanish ham sekin-asta, uzoq muddat davom etadi. 
Zaharlarning toksik ta’sir samarasi uning organizmga qarshi miqdoriga va 
ta’sir vaqtiga bog‘liq. Nafas olish yo‘llariga tushadigan ko‘pchilik moddalarning 
toksik ta’siri 
W
- yuqori. Ular konsentratsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Nafas olish 
vaqtiga esa to‘g‘ri proporsional. 
W = S t
Bunday moddalar 
xronokonsentratsion zaharlar
deyiladi. Bularga asab 
qo‘zg‘atuvchi moddalar: fosgen, syerovodorod (vodorodsulfid), oltingugurt gazi 
kiradi. Bular organizmda modda almaShuvini buzadi, fyermentlar tizimini 
blokadalaydi (modda kirmaydi va chiqmaydi), qonni sekin-asta zahar bilan 
to‘yintiradi. Bu moddalarga aromatik uglevodorodlar kiradi. 
Boshqa guruh - konsentratsion zaharlar - bu moddalarning toksik ta’sir samarasi 
vaqtiga umuman bog‘liq emas. Bu moddalarga sianid kislota, uchuvchan narkotik 
moddalar kiradi. Bularni toksikligini faqat modda konsentratsiyasigina belgilab beradi. 
Sanoat zaharlarini organizmga ta’sirini o‘rganuvchi omillardan biri, bu 
zaharning organizmga kelib tushishi va organizmda zaharning taqdiridir. 
Sanoat zaharlarining kelib tushishining turli yo‘llari mavjud: nafas olish 
jarayonida (ingalyatsiya), oshqozon-ichak yo‘li (pirolal usul) trakti, tyeri va shilimshiq 
qatlam orqali. Ba’zida zaharlar tyerini ichigacha singib, kuchli zaharlab qo‘yadi. 
Sanoat gazlarining katta qismi toksik gazlardan iborat. Bu toksik gazlar, gaz, 
bug‘, ayerozol ko‘rinishida bo‘lib, organizmga nafas olish orqali kiradi. Jigarga yetib 
borgan zahar jigarning himoya funksiyasini buzadi, qonga yutilish tezlashadi va hayot 
uchun kerakli organlarni ishdan chiqara boshlaydi. Organizmga zaharlar oziq-ovqat 
mahsulotlari orqali ham kelib tushadi. Bu changlar orqali, suvlar orqali, chekish orqali, 
kir qo‘llar orqali amalga oshiriladi. 
Zaharli moddalarning yeruvchanligi kislotali muhitga ortadi. Chunki 
oshqozon, o‘n ikki barmoq, yo‘g‘on ichaklarning muhiti kislotalidir. Misol 
uchun qo‘rg‘oshin sulfatning yeruvchanligi qo‘rg‘oshin xloridga nisbatan
kuchsiz. Chunki sulfat kislotaning yeruvchanligi xlorid kislotaga nisbatan 
kuchsiz. Ko‘pchilik moddalar jigarga tushgach, detoksikatsiyasi kuchayib ketadi, lekin 
jigarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Zaharlar yog‘da, lipoidlarda yerisa tyeriga tez ta’sir ko‘rsatadi. Bularga asosan 
noelektrolitlar kiradi. Benzol, toluol, anilin moddalari bularga misol bo‘la oladi. 
Nafas yo‘llari orqali zahar organizmga kirganda qon aylanish jarayoni tez ketib 
borayotgan bo‘ladi. Zahar kirishi bilan qon aylanish qisman sekinlashadi. 


53 
Organizmga kirgan sanoat zaharlari turli tuman kimyoviy o‘zgarishlarni 
amalga oshiradi. Gohida bu kimyoviy o‘zgarishlar turli yo‘llar bilan organizmdan 
zaharlarning chiqib ketishiga xizmat qiladi. 
Zaharlardan zararsizlanishning eng 
birinchi
va asosiy yo‘li - bu zaharlarning 
kimyoviy tuzilishini o‘zgartirishdir. Misol uchun organik birikmalar organizmga 
gidrosil guruh hosil qilib kiradi. Bunda
 - 
ON guruh hosil bo‘ladi. Bu guruh oksidlash, 
qaytarilish, ajralish, metillash reaksiyalariga kirisha oladi. Bu esa organizmda 
zaharli moddalarga nisbatan ko‘nikma hosil bo‘lishiga yordam beradi. 
Zararsizlanishning 
ikkinchi
yo‘li bu deponirlash va kumulyatsiya usulidir. 
Depornirlash - organizmda vaqtincha zaharning miqdorini kamaytirish bo‘lib, u qon 
sirkulyatsiyasi bilan amalga oshiriladi. Misol uchun, og‘ir metallar qo‘rg‘oshin, 
kadmiy. Ular suyaklarga, buyrakka, jigarga, nyerv sistemasiga kuchli ta’sir o‘tkazadi. 
Bu usul bilan oxirigacha zararsizlantirishni o‘tkazib bo‘lmaydi. Chunki bunda zaharlar 
qonga singib, surunkali kasalliklarni keltirib chiqargan bo‘ladi. 
Zararsizlantirishning 
uchinchi
yo‘li bu zaharlarni nafas olish yo‘llari orqali, ovqat 
xazm qilish yo‘llari orqali, buyrak, tyeri orqali chiqarib tashlash. Bu usulda 
zaharlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari va organizmda qanday o‘zgarishlar keltirib 
chiqarishi o‘rganiladi. Misol uchun, aromatik va alifatik zaharlar. Ular nafas 
yo‘llari orqali organizmga kirib, buyrakni zaharlaydi. Og‘ir metallar ko‘pincha 
o‘zlari oshqozon-ichak yo‘llari va buyrak orqali o‘zlari chiqib ketishadi. 
Sanoat zaharlarining biologik ta’siri 
Kimyoviy moddalarning organizmlarga ta’sir etuvchi asosiy turlariga quyidagilar 
kiradi: 
1)
toksik ta’sirga ega moddalar; 
2)
asab sistemasiga ta’sir etuvchi moddalar; 
3)
fibrogen (o

pkaga) ta’sirga ega moddalar; 
4)
tyeriga ta’sir etuvchi moddalar; 
5)
allyergik ta’sirga ega moddalar; 
6)
kansyerogen moddalar; 
7)
tyeratogen moddalar;
8)
mutagen moddalar. 

Toksik ta’sir 
Sanoat zaharlari insonning nyerv sistemasiga, qon aylanish sistemasiga, jigar va 
buyrakka ta’sir qiladi. 
Neyrotropin deb ataluvchi moddalar qayta ta’sir qiluvchi (funksional) yoki 
qaytmas (organik moddalar) ta’sir qiluvchi bo‘lib, ular nyerv sistemasiga ta’sir 
qiladilar. Ularga organik yerituvchilar (benzol, toluol, ksilol), yog‘ qatoridagi spirtlar, 
xlorlangan uglevodorodlar (vinilxlorid), simob, marganes, tetraetilqo‘rg‘oshin, stirol 
kiradi.
Neyrotrop zaharli moddalari uchun bosh miya asosiy obyekt hisoblanadi. Bosh 
miyaga zahar ta’sir qilganda, boshda koordinatsion harakat yo‘qoladi, inson 
muvozanatini yo‘qotadi, insonni uyqu bosadi, boshi qattiq og‘riydi. Modda juda katta


54 
konsentratsiyalarda ta’sir yetganda inson hushidan ketadi, ba’zi hollarda o

lim bilan 
ham yakunlanishi mumkin. 
Buyrakka
ta’sir etuvchi zaharli moddalar suvda ham, qonda ham yaxshi yeriydi. 
Bu moddalarga simob va og‘ir metallar tuzlari (vismut, qo‘rg‘oshin, xrom, mis tuzlari) 
kiradi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin