Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
 
 
Taqrizchilar:
Oxunov R.Z. - O‘zMUning HFX bo‘lim boshlig‘i; 
Narziyev SH.M. - ToshDTU dotsenti, PhD. 
© 
Toshkent
davlat texnika univyersiteti, 2022 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
TOKSIKOLOGIYA FANINING ASOSIY YO‘NALISHLARI. 
Toksikologiya fanining rivojlanish tarixi 
Toksikologiya (yunoncha toxikon – zahar, logia – fan degan so‘zlardan olingan). 
Toksikologiya fani o‘tkir va surunkali zaharlanishlarni o‘rganib, bir qator tabiiy fanlar, 
umumiy va organik kimyo, biokimyo, fiziologiya, immunologiya, genetika kabi 
fanlarni jalb qilgan holda keng qamrovli masalalarni yechadi. Toksikologiyada 
tajribalar asosan hayvonlarda o‘tkaziladi. Aniq rejalangan, texnik mukammal tajribalar 
organizmga tushgan zaharlarning organizm, tizim, a‘zo, hujayra va molekulyar 
darajadagi ta’sirlarining nozik mexanizmlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Hozirgi kunda toksikologiyada 3 asosiy yo‘nalish: nazariy (tajriba), profilaktik 
(gigiyenik) va klinik yo‘nalishlar qo‘llaniladi. 
Nazariy toksikologiya organizm va zaharlarning o‘zaro munosabatlari asosiy 
qonuniyatlari, ularning toksiko-kinetik va toksikodinamik xususiyatlarini o‘rganadi. 
Profilaktik (gigiyenik) toksikologiya kimyoviy moddalarning xavflilik darajasini 
aniqlashga, Shuningdek odamni kimyoviy moddalarning zaharli ta’siridan himoya 
qilish yo‘llarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Profilaktik toksikologiya ekologik 
yo‘nalishga ham ega bo‘lib, kommunal toksikologiyani (atmosfera, suv, tuproq), oziq-
ovqat toksikologiyasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy toksikologiyani ham o‘z 
ichiga oladi. Klinik toksikologiya odamga kimyoviy moddalarning toksik ta’siri tufayli 
kelib chiqadigan kasalliklarni o‘rganadi. Shuningdek klinik toksikologik kimyoviy 
moddalar toksik miqdorining bir martalik ta’siri natijasidagi o‘tkir zaharlanishlarni, 
zaharli moddalarning uzoq vaqt davomida ko‘p marotabalik ta`sirlarini ham o‘rganadi. 
Narkologik toksikologiya odamning bir qator zaharli moddalar, Shu jumladan narkotik 
moddalarga qaram bo‘lib qolish sabablarini o‘rganadi. Dorilar toksikologiyasi esa dori 
vositalarining organizmga zararli va nojo‘ya ta’sirini, dorilardan zaharlanishning oldini 
olish choralari va davolash usullarini o‘rganadi. 
Toksikologiyaning klinik yo‘nalishiga odam organizmiga implantatsiya 
qilinadigan sintetik matyeriallarning (tomir protezlari, yurakning sun‘iy klapani, sun‘iy 
bo‘g‘imlar) biologik ta’sirlari ta‘limoti ham kiradi. 
Toksikologiyaning maxsus bo‘limlari odam va hayvonlarning o‘ziga xos 
sharoitlarda zaharli moddalar bilan zararlanishini o‘rganadi. Bular harbiy, aviakosmik, 
sud va boshqa toksikologiya bo‘limlari bo‘lib, ular nazariy, klinik va gigiyenik 
yo‘nalishli elementlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Klinik toksikologiya doimo «tabiiy 
laboratoriya» sharoitida ishlaydi, chunki nazorat qilinayotgan tajriba juda noyob 
hisoblanadi. Odam organizmiga zaharning ta`siri boshqa kasalliklar, olib borilayotgan 
davolash, zaharga sezgirlikning asta-sekin kamayishi, zararli odatlar (alkogolizm, 
chekish), bemorning yoshi, klimatik sharoitlar va ijtimoiy muhit tufayli o‘zgarishi 
mumkin. 
Klinik toksikologiyaning asosiy vazifalariga tashhis, davolash va profilaktika 
kiradi. Tashhis vazifasiga zaharlanish hollarida klinik va laboratoriyaviy tashxis 
usullarini ishlab chiqish, olingan natijalarni qayta tahlil qilish kiradi.



Davolash vazifasi esa zaharlanishda kompleks davolash usullaridan keng 
foydalanishdan iborat. 
Profilaktik vazifa zaharlanish sabablari epidemiologiyasini o‘rganish va ularning 
oldini olishda iborat. 
Klinik toksikologiyaning asosiy uslubi. Zaharlanishning klinik alomatlarini 
qo‘shimcha 
asbob-uskunalar 
usulida 
nazorat 
qilishga 
asoslangan.
Toksikologik kimyo o‘ziga xos usul hisoblanib biologik muhitlarda (qon, siydik, limfa, 
orqa miya suyuqligi va boshqalarda) toksik modda konsentratsiyasini aniqlashga 
asoslangan. O‘ziga xos bo‘lmagan usullarga esa yurak qon-tomir tizimining (EKG, 
reografiya), Markaziy nyerv tizimining (EEG) va boshqa tizimlarning instrumental 
(asbob-uskunalar yordamidagi) tashxislari kiradi. Kimyoviy birikmalar odam 
organizmiga doimo ta’sir qiluvchi tashqi muhit omillaridan hisoblanadi. Tashqi 
muhitning kimyoviy muhiti va organizmning kimyoviy tarkibi doimo o‘zaro teng 
munosabatda bo‘lib, bu tenglikning buzilishi gomeostazning patologik o‘zgarishlariga 
sababchi bo‘ladi.
Kimyoviy moddalar davo vositasi va zahar sifatida ishlatilishi qadimgi davrlardan 
insoniyatga ma`lum.
Qadimgi Rim tarixida zaharli moddalardan g’arazli maqsadlarda foydalanganlar 
qonun doirasida jazolanganlar. 
O‘rta asrlarda keng tarqalgan zaharlardan biri margimush (mishyak) bo‘lib, 
minglab odamlar hayotiga zomin bo‘lgan. Mishyak bilan o‘tkir yallig`lanish klinikasi 
o‘sha paytlarda keng tarqalgan ichak infeksiyalari (vabo, qorin tifi) klinikasiga 
o‘xshash bo‘lganligi tufayli ham bu zaharlanishlar aniqlanmay qolgan.
Zaharlanish yoki intoksikatsiya deb tirik organizm va zaharning o‘zaro munosabatlari 
natijasida rivojlanadigan patologik jarayonga aytiladi.
Zahar bo‘lib zaruriy hayot funksiyalarining buzilishiga olib keladigan va organizm 
hayotiga xavf soladigan har qanday kimyoviy birikma xizmat qilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasida zaharlanish tyerminologiyasi deganda asosan tashqaridan 
tushadigan zaharlar tufayli yuzaga keladigan intoksikatsiya tushuniladi. Patogenetik 
aspektda o‘tkir zaharlanish organizmga begona kimyoviy birikmaning toksik miqdori 
tushishi tufayli rivojlanadigan kimyoviy shikast deb qarash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Bu patogen reaksiya o‘tkir zaharlanishning ilk klinik bosqichi – toksikogen bosqichida, 
qachonki toksik agent organizmda alohida membranalar, oqsillar va boshqa 
retseptorlar funksiyalarining buzilishiga bog`liq holda yuzaga chiqqanda namoyon 
bo‘ladi.
Bir paytning o‘zida zaharli moddalar ishga tushiradigan omil tufayli, gomeostaz 
buzilishini yo‘qotishga qaratilgan adaptatsiya reaksiyasi rivojlanadi. Bu gipofizar-
adrenal («stress») reaksiya, lizosom reaksiya, qon tomir reaksiyasi, qon ivish tizimi 
reaksiyasi va boshqalar kimyoviy shikastning somatogen samarasi bo‘lib, «himoya» 
reaksiyasining boshlanganligini bildiradi. Toksik agentning parchalanishi yoki 
organizmdan chiqarib tashlanishi o‘tkir zaharlanishning II klinik bosqichida aniq 
namoyon bo‘ladi va organizmning turli a‘zo va tizimlarining to‘la tiklanishi yoki 
halokati bilan tugaydi. 



Demak, umumiy toksik samara zaharning spetsifik toksik ta’siri va nospetsifik 
kompensator-himoya reaksiyasi natijasida yuzaga chiqadi. 
Zaharning organizm bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganishda toksikodinamika va 
toksikokinetika jarayonlarini tuShunish zarur hisoblanadi. Toksikodinamika deganda 
zaharning organizmning turli tuzilmasi va funksiyasiga ta’siri, spetsifik ta’sir 
mexanizmlari, ma‘lum bir hujayra yoki tuzilmalarning, ularning funksiyalari 
zararlanishi tushuniladi. Toksikokinetika esa zaharning organizmga tushishi, 
tarqalishi, biotransformatsiyasi va organizmdan chiqarilishini ko‘rsatib beradi. Zaharli 
moddalarning organizmda tarqalishi 3 asosiy omilga: atrof, vaqt va kontsentratsiyaga 
bog‘liq bo‘ladi.
1) Atrof omili – organizmga zaharning tushishi va tarqalish yo‘nalishi bo‘lib, 
zaharning miqdori - to‘qima massasi birligida a‘zodagi qon hajmiga bog‘liq bo‘ladi. 
Zaharning vaqt birligidagi maksimal miqdori odatda o‘pka, buyrak, jigar, yurak, bosh 
miyada to‘planadi. Toksik jarayon zaharning miqdori bilangina emas, balki zaharda 
bo‘ladigan retseptorlarning sezgirligi bilan ham o‘lchanadi. Ayniqsa orqaga 
qaytmaydigan jarayonlarni chaqiradigan toksik moddalar, misol uchun to‘qimani 
kislota va ishqorlar tufayli kimyoviy quyish juda xavflidir. Funksional o‘zgarishlarni 
keltirib chiqaradigan moddalar, misol uchun narkoz ancha xavfsiz hisoblanadi, chunki 
bu jarayonlar orqaga qaytadi.
2) Vaqt omili deb organizmga zaharning tushishi va undan chiqib ketish tezligi, 
ya‘ni vaqt oralig‘ida zaharning ta’siri va toksik effektini belgilab beradi. 
3) Konsentratsion omil zaharning biologik muhitda, Shu jumladan qondagi 
konsentratsiyasini aniqlab beradi. 
Zahar konsentratsiyasini vaqt davomida o‘rganish qonda toksik moddaning 
maksimal konsentratsiyasin aniqlash – rezorbsiya davri, zaharning organizmdan 
chiqib, to‘liq tozalanishi – eliminatsiya davrini aniqlash imkonini beradi.
XIX asr boshlarida ilmiy kimyoning yuzaga kelishi bilan kimyoviy moddalarning 
biologik ta’siri uslublari kashf etildi. Zaharli o‘simliklardan alkaloidlar – zahar 
taShuvchilarini ajratib olish usullari yaratildi. Sanoatda, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda 
va boshqa sohalarda kimyoviy moddalardan foydalanish oshib borish bilan ularning 
inson hayotiga va sog‘lig‘iga xavf solish imkoniyati oshib bordi. Oxirgi o‘n yilliklarda 
kuzatilgan o‘tkir va surunkali zaharlanishlarning sababi atrof muhitga ta’sir qiladigan 
turli kimyoviy preparatlarning (5 milliondan ortiq) keng ishlatilishi oqibati ekanligi 
hech kimga sir emas, 60 mingdan ortiq preparatlar esa oziq moddalarga qo‘shimcha 
sifatida ishlatiladi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin