12
2. GOMEOSTAZ TUSHUNCHASI GOMEOSTAZ
- gomeostazis (gomeo va yun. stasis – harakatsizlik, holat)
biologik sistemalarning oʻz tarkibi va xossalarining
dinamik
nisbiy doimiyligini saqlab
qolish xususiyati. Gomeostaz tuShunchasini amyerikalik fiziolog U. Kennon 1929
yilda
taklif
yetgan.
Gomeostaz
biologik
tuzilishning
har
xil
darajasida
namoyon
boʻladi.
Koʻp hujayralilarda vujudga kelgan ichki muhit ichida hujayra va toʻqimalar
joylashadi, ana Shu ichki muhitda Gomeostaz mexanizmlari rivojlanadi va
takomillashib
boradi. Evolyutsiya davomida qon aylanish, ayirish, nafas olish, hazm
qilish va gomeostazni boshqarishda zarur boʻlgan boshqa maxsus sistemalar vujudga
kelgan.
Dengiz umurtqasiz hayvonlarida ichki muhit suyuqligi hajmi, ion tarkibi va rN ini
barqarorlashtiradigan gomeostatik mexanizmlar paydo boʻladi. Chuchuk suv va
quruqlikda yashashga oʻtgan hayvonlarda, Shuningdek, chuchuk suvdan dengizga
oʻtgan umurtqalilarda osmotik faol moddalar konsentratsiyalanadi.
Gomeostaz ayniqsa sut emizuvchilarda mukammal rivojlangan boʻlib, ularning
atrof muhitga moslanish imkoniyatlarini oshiradi. Gomeostaz tufayli qon
va toʻqima suyuqligi hajmi, ulardagi ionlar va osmotik faol moddalar konsentratsiyasi,
qonning rN, undagi oqsillar, lipidlar va uglevodlar tarkibining doimiyligi saqlanib
qoladi. Qushlar va sut emizuvchilar tana haroratining doimiyligi gomeostaz tufayli
ham boshqariladi.
Qoʻshimcha fiziologik mexanizmlar alohida organlar ichki muhiti doimiyligini
taʼminlaydi. Masalan, gematoensefalik va gematooftalmik baryyerlar miya hujayralari
va koʻzlarni oʻrab turadigan suyukliklarning maxsus xossalarini belgilaydi.
Gomeostazning boshqarilishida markaziy nyerv sistemasi: bosh miya yarim sharlari
poʻstlogʻi, simpatik nyerv sistemasi, gipofiz, buyrak usti va boshqa bezlarning holati
katta ahamiyatga ega.
Har xil regulyatsiya mexanizmlarini oʻz ichiga oladigan murakkab gomeostatik
sistemaga misol qilib artyeriya bosimining optimal darajada saqlanib turishini
taʼminlaydigan sistemani koʻrsatish mumkin.
Gomeostatik jarayonlar asosida yotadigan mexanizmlarning izdan chiqishi
«Gomeostaz kasalligi» hisoblanadi. Bu jarayonlarga shartli ravishda biologik
ritmlarning qayta qurilishi bilan bogʻliq boʻlgan organizmlar normal faoliyatining
funksional buzilishini ham kiritish mumkin. Oʻsimliklarda Gomeostazni hujayra
darajasida boshqarishda plazmolemma va tonoplast asosiy ahamiyatga ega.
Plazmolemma tashqi muhitdan hujayraga oziq moddalar, ionlar va suvning oqib
kelishi, ballast moddalar va ortiqcha N
+
, Na
+
, Sa
2+
ionlarini chiqarib yuborishni;
tonoplast
esa
oziq
moddalar
tanqisligida
vakuollardan
protoplazmaga
zaxira moddalarni olib kirish va ularning ortiqcha qismini vakuollarga chiqarilishini
boshqaradi. Toʻqima darajasida Gomeostazni saqlashda uglevodlar va boshqa
substratlarning hujayralararo oqimini воshqaradigan plazmodesmalar qatnashadi.
Gomeostazni oʻrganish - mikroevolyutsiya qonuniyatlarini tadqiq qilishning dolzarb
vazifasiga kiradi.
13
«Gomeostaz» tushunchasidan ekologiyada ekosistemalar holati va ular
turgʻunligiga tasnif byerishda keng foydalaniladi.
Gomeostaz tufayli biogeotsenozlarda turlarning tarkibi va individlar soni
barqarorligi saqlanib turadi.