6
aniqlanadi
va
Shu
tariqa
uning
qay
darajada
zaharliligi
belgilanadi.
Zaharlovchi moddalar
Shunday kimyoviy birikmaki, ular atmosferada turli agregat
holatida (bug‘, gaz, ayerozol, suyuq, tomchi sifatida) bo‘lib, tushgan joyida odamlar
va hayvonlarning qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Zahar deb biror yo‘l bilan kam miqdorda bo‘lsada organizmga tushgan va uning
normal faoliyatini izdan chiqaradigan yoki o‘ldiradigan yuqori toksik moddalarga
aytiladi.
Zaharlanish organizmga zaharli modda ta’siri natijasida undagi normal fiziologik
jarayonlarning buzilib qolishidir. Organizmning zaharlanishi
unga tushgan zaharli
moddaning miqdoriga, organizmning umumiy holati hamda zaharning organizmga
qaysi yo‘l bilan tushganiga bog`liq.
Zaharlilik ya`ni toksiklik deb, kimyoviy zaharlovchi moddalarning organizm hayot
faoliyatini
izdan chiqarib, zaharlay olishiga aytiladi. Zaharli moddaning zaharliligi
ularning fizik va kimyoviy xossalariga va tuzilishiga bog‘liq. Zaharlar ta’sirini belgilab
beradigan asosiy omillardan biri bo‘lib, ularning qanday miqdor yoki konsentratsiyada
organizmga ta`sir ko‘rsatishidir. Zahar degan tuShunchaning o‘zi ham hamisha
moddaning miqdori, konsentratsiyasi bilan bog‘langan.
Miqdor - zaharli moddaning ma`lum og`irlik birliklarida
ifoda qilinadigan
miqdoriga aytiladi va mg/kg bilan ifodalanadi.
Zaharlovchi moddaning konsentratsiyasi deb biror hajm birligidagi miqdoriga
aytiladi. Konsentratsiya - litr (mg/l), (g/l), (g/m) gramm yoki milligrammlarda
ifodalanadi. Suvning va havoning qay darajada zararlanganligi Shu tarifda belgilanadi.
Zaharlovchi moddaning maydon birligiga to‘g‘ri keladigan
miqdori zaharlanish
tig‘izligi deb ataladi. Bir metr kvadratdagi zaharlovchi modda grammlar
bilan
ifodalanadi (g/m). Joylar, yo‘llar va texnika buyumlarining zaharlanish darajasi ana
Shunday ifodalanadi.
Toksikologiyada zaharlovchi moddalarning zaharlilik
darajasini belgilash uchun
quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyasi va
miqdori, bunda zaharlovchi modda uzoq muddat ichida ta’sir qilsa ham kishi
organizmida hech qanday o‘zgarish yuzaga kelmaydi.
Bo‘sag‘a miqdori yoki konsentratsiyasi bunda yengil darajadagi klinik alomatlar
paydo bo‘ladi, ish qobiliyati pasayib ketadi.
O‘rtacha
safdan
chiqaruvchi
miqdori
va
konsentratsiyasi
kishilar va 50% i ish bajarish xususiyatini yo‘qotadi va IC
50
va ID
50
belgilari bilan
ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: