Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1. ISHLAB CHIQARISH ZAHARLARI, ULARNING MANBALARI HAQIDA 
TUSHUNCHA. ZAHARLARNING SINFLANISHI 
1.1. Sanoat toksikologiyasi fani va masalalari
Sanoat toksikologiyasi masalasiga bir tomondan sanoat sharoitida uchraydigan 
zaharli moddalar ta’sirini o‘rganish kirsa, boshqa tomondan bu mehnat gigiyenasi
bo‘limidir. Mehnat gigiyenasi o‘z navbatida mehnat jarayonining va sanoat atrof-
muhitida ishlovchilarning organizmga ta’sirini o‘rganuvchi profilaktik dars 
hisoblanadi. Mehnat gigiyenasini o‘rganishdan maqsad qulay mehnat sharoitlarini 
yaratish va jamoa salomatligini yuqori darajada bo‘lishini va mehnatga layoqatliligini 
taminlashdan iboratdir. Sanoat toksikologiyasi fani bir vaqtda ikki masalani o‘rganadi: 
1) ishlab chiqarishda uchraydigan zararli moddalarning organizmga ta’sirini 
o‘rganish. 
2) kasb kasalliklarini profilaktika qilish maqsadida, mehnat sharoitlarini Yanada 
yaxshilashni tashkil qilishga qaratilgan sanitar gigiyenik va davolash-profilaktik chora-
tadbirlarni ishlab chiqish. 
Sanoat toksikologiyasi masalalariga quyidagi savollar kiradi: 
1) yangi sanoat moddalarini toksikologik baholash va ularning gigiyenik 
reglamentatsiyasi; 
2) bir qancha toksik moddalarning birgalikdagi ta’sirini, Shu bilan birga, fizik 
omillar bilan toksik moddalar ta’sirini gigiyenik reglamentlash; 
3) zararli moddalarni gigiyenik standartlash; 
4) sanoat zaharlarining ta’sir qilish mexanizmini, zaharlanish patogenezi, 
biotransformatsiyasi, toksikokinetikasini tekshirish
5) sanoat moddalarining turli organlarga va organizmlar sistemalariga o‘ziga xos 
ta’sirini o‘rganish; 
6) inson

qatnashgan tajribadan olingan ma’lumotlardan ekstrapolyatsiyaning ilmiy 


asoslarini ishlab chiqish. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin