41
7. ORGANIZMNING SANOAT ZAHARLARIGA O‘RGANISHI,
ZAHARLARNING ARALASH TA’SIRI
7.1. Zararli moddalarning surunkali ta’siri fazalari
Zararli moddalar kichik dozalarda (konsentratsiyalarda) uzoq vaqt ta’sir qilganda
organizm fiziologik tizimlarning fazaviy reaksiyalarini keltirib chiqaradi.
Organizmning kimyoviy omilning surunkali ta’siriga
reaksiyasini unga
moslashish nuqtayi nazaridan 3 ta fazaga ajratish mumkin:
1) Boshlang‘ich reaksiya fazasi;
2) O‘rganishning rivojlanish fazasi;
3) O‘rganishning izdan chiqish va yaqqol zaharlanish fazasi (doim
bo‘lavyermaydi).
Boshlang‘ich reaksiya fazasi –
organizmning o‘zgargan tashqi muhit sharoitiga
moslashish yo‘llarni izlash davri.
Birinchi bo‘lib qalqonsimon bez funksiyalari va tuzilmasida o‘zgarishlar yuz
beradi, keyin ular o‘z holiga qaytib, boshqa a’zolarda o‘zgarishlar boshlanadi.
Birinchi fazada zaharning biotranformatsiyasini amalga oshiradigan tizimlar
faollashadi, asab tizimining simpatik bo‘limida
faollik oshadi, Shu bilan bir vaqtda
organizmning tashqi muhitga rezistentligi pasayadi. Ishlab chiqarishda bu davr bir
necha yil davom etishi mumkin. Bunda kichik klinik belgilar asab tizimining yuqori
qo‘zg‘aluvchanligi
bilan birga kechadi, ko‘p hollarda qalqonsimon bez funksiyasi
tezlashadi.
O‘rganishning rivojlanish fazasi
–
ta’sirga nisbatan reaksiyaning kamayishi bilan
belgilanadi. Tashqaridan qaraganda bu organizmning yaxshilanishi davri. Bu paytda
moslashtiruvchi mexanizmlar mashqi yuz beradi va o‘rganishning maksimumiga
yerishiladi.
Bunday holat harorat-himoya mexanizmlarining yuqori
keskinligi sharoitida
saqlab turiladi. Shuning uchun bir qator tizimlarda va organlarda funksiyalar siljishi,
patologik holatlar kuzatilishi mumkin.
Ta’sir qiluvchi omilning kuchayishi (konsentratsiyaning ortishi va h.k.) yoki
boshqa agentning ta’siri o‘rganishni ishdan chiqarishi mumkin, bu boshqa
moslashtirish mexanizmlarini ishga tushirishni talab qiladi.
O‘rganish fazasining davomiyligi o‘tkir va undan yuqori
zaharlanishlarda qisqa
bo‘lishi mumkin. Surunkali zaharlanishda o‘rganish yillar davomida davom etishi
mumkin.
Uchinchi faza
– yaqqol zaharlanish (intoksikatsiya) fazasi majburiy faza emas. U
o‘rganishning izdan chiqishi bilan bog‘liq, bu esa patologiyaga olib keladi. Zararli
moddaga ta’sirchanlikning pastligi unga yuqori ta’sirchanlikka aylanadi.
Yaqqol intoksikatsiya fazasida ta’sir qilayotgan zahar
uchun spetsifik alomatlar
paydo bo‘ladi. O‘rganish fazasi, odatda, intoksikatsiya davrlari bilan to‘xtab qoladi,
keyin butunlay 3 yaqqol intoksikatsiya fazasiga o‘tadi. Bu kompensator
mexanizmlarning kuchsizlanishi yoki kuchli zo‘riqish bilan bog‘liq (ta’sir jadalligi
kuchli bo‘lganda, yoki kasallik, charchash oqibatida).
42
Sanoat zaharlariga o‘rganish organizm evolyutsiya
jarayonida uchragan tashqi
muhit sharoitlariga moslashishdan farq qiladi. Inson faoliyati tufayli paydo bo‘lgan
omillarga o‘rganish-moslashish jarayonlarining kuchayishinigina emas, balki yangi
moslashtiruvchi mexanizmlar ishlab chiqilishini talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: