Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


O‘rganish bosqichlarining rivojlanish sxemasi



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
 
O‘rganish bosqichlarining rivojlanish sxemasi 
 
Doimiy konsentratsiyalardagi zahar ta’siri 
1.
Uzlukli ta’sir, bunda ta’sir va ta’sirlar orasidagi tanaffuslar doimiy. 
2.
Keskin va doimo o‘zgaruvchan konsentratsiyalar, ular orasidagi tanaffuslar ham 
turlicha. 
Zararli moddalarning organizmga doimiy konsentratsiyada muntazam tushishi 
murakkab adaptatsiya jarayonini tezroq shakllantiradi. 
Zaharlarning keskin o‘zgaruvchi konsentratsiyalari o‘rganish samarasini 
qiyinlashtiradi. O‘rganish samarasi doimiy emas. Vaqt o‘tgan sari o‘rganish fazasi 
salbiy samara yuzasiga o‘tadi (gomeostaz chegaralaridan chetga chiqish). Shuning 
uchun o‘rganish qachon boshlanishinigina emas, balki bu fazaning inson hayoti 
uzunligiga nisbatan olganda qanchalik davomiyligini bilish ham zarur. 
6.3. Zaharli moddalarning kombinatsiyalangan ta’siri 
Amalda (real sharoitlarda) bitta obyektga bir vaqtning o‘zida bir qancha zararli 
moddalar va Yana qandaydir boshqa omillar (shovqin, vibratsiya (tebranish) nurlanish, 
yuqori yoki past harorat) ham ta’sir qiladi. 
vaqt 



Sa
lb
iy 
sa
m
ara
o‘r
ga
nish


39 
Organizmga bir qancha omillarning bir vaqtda ta’sir qilishi kombinatsiyalangan 
ta’sir deyiladi. 
Kombinatsiyalangan ta’sirda 3 xil samara kuzatilishi mumkin:
1. Agar ikki xil modda ta’siri jamlansa va kombinatsiyalangan ta’sir alohida 
moddalar samarasi yig‘indisiga teng bo‘lsa, bu holda bu hodisa – additivlik
 
deyiladi. 
Additiv samara narkotik moddalarda, benzol va atsetonda, xlor va azot oksidlarida va 
oltingugurt oksidlarida kuzatiladi. 
2. Agar ikki xil modda ta’sirida samaraning kuchayishi ro‘y byersa – sinyergizm 
deyiladi. Sinyergizmning sababi bir modda tomonidan boshqa modda ta’sirining 
kuchaytirilishi bo‘lib, bunda samara ularning yig‘indisidan yuqori bo‘lib chiqadi. 
Fosfororganik preparatlar (xlorofos va karbofos), Shuningdek uglyerod oksidi tetraetil-
qo‘rg‘oshin bilan (avtomashina trubalaridan chiqadigan gazlarda), sianid bilan etil 
spirti sinyergizm xususiyatiga ega.
3. Agar ikki moddaning kombinatsiyalangan ta’siri samarasi ularning yig‘indisidan 
kam bo‘lsa, bu hodisa 
antagonizm
 
deyiladi. Antagonizm hodisasi ko‘pgina zaharli 
moddalar uchun xos: metan va uglyerod oksidi, stiral va formaldegid va boshqalar. Bu 
hol kimyoviy reaksiyalar natijasidagi moddalarning o‘zaro ta’siri va kam zaharli 
moddalarning hosil bo‘lishi oqibatida yuz beradi. Antagonizm ko‘pincha ta’sir 
mexanizmi bo‘yicha bir turga mansub zaharli moddalarning birgalashib ta’sir etish 
hollarida ko‘p uchraydi. Chunonchi, etil spirtining yuqori konsentratsiyalari metil 
spirtining toksik samarasining ushbu spirtlarning organizm tomonidan o‘zlashti-
rilishidagi raqobat hisobiga susaytiradi. Bunda etil spirti oksidlovchini sarflaydi, biroq 
ko‘proq bog‘lanadi va o‘limga olib keluvchi jarayonning, ya’ni metanoldan 
formaldegid va chumoli kislotasi sintezlanishi ehtimoli pasayadi. 
Atrof-muhitning muhofazasi uchun moddalarning kombinatsiyalangan ta’siri katta 
ahamiyatga ega. Bu hol moddalar odam organizmiga bir vaqtida, ammo turli yo‘llar 
orqali (nafas olish yo‘llari orqali havo bilan, oshqozon orqali ovqat va suv bilan, tyeri 
orqali) tushadi. 
100% 
100% 

А 
S
amar
a





40 
Moddalarning bir vaqtdagi ta’sirida quyidagi formula qo‘llaniladi: 
1
1



n
i
РЭКi
Ci

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin