3.3. Allyergenlar
Allyergenlar
– organizmga qayta-qayta ta’sir qilganda uning ta’sirchanligini oshira
oladigan moddalar. Allyergenlar ham anorganik moddalar (Co, Ni, As, Cr, Be va
ularning birikmalari), ham organik moddalar (venilkarbazol, vinilpiridin, aminazin,
formaldegid, skipidar, kanifol va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Organik tabiatli eng
kuchli allyergenlar diaminlar (ureol), naftilaminlar, amino-fenollar, nitro-benzollar,
aminobenzollar va diizotsianatlardir.
Allyergenlar organizmda turli proteinlar bilan kompleks birikmalarni hosil qiladi
va antigenni hosil qiladi. Allyergenlarning dastlabki ta’sirida organizm
sensibilizatsiyasi – allyergenga ta’sirchanlikning oshishi yuz beradi. Allyergenlar
immunogenezda ishtirok etadigan hujayralar elementlari bilan zanjirli reaksiyaga
kirishib, ularga uchun spetsifik antitelolarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Xuddi Shu allyergen qayta ta’sir qilganda “antigen-antitelo” reaksiyasi natijasida
toksik ta’sirga ega mahsulotlar paydo bo‘ladi, ular ayniqsa qonning shaklli
hujayralariga (granulotsitlar, trombotsitlar), qon hosil qilish a’zoga va biriktiruvchi
to‘qimaga (semirtirish hujayralari) ta’sir qiladi.
Hujayralar zararlanganda (ayniqsa biriktiruvchi to‘qima hujayralari) ulardan
yuqori aktiv biologik moddalar (gistamin, syerotonin, atsetilholin, geparin) ajraladi,
ular organizmning allyergik ta’sirini keltirib chiqaradi.
Allyergik ta’sir turli xil shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin: angionevrotik shish,
bronxial astma, leykopeniya, anemiya, gepatit, eshakemi, toksikodyermiya, ko‘pincha
professional allyergik dyermatit yoki ekzema paydo bo‘ladi.
Ayrim moddalar tyerini quyosh nurlariga, aniqrog‘i, UF-nurlarga sensibilizatsiya
qilishi mumkin. Bunday ta’sirga toshko‘mirli smola, golovaks, antratsen, naftollar,
naftalin va difenil hosilalari ega.
Professional allyergozlarning ikkita klinik shakllari mavjud:
Birlamchi allyergik (yuqumli bo‘lmagan), sog‘lom odamlarda birinchi marta
paydo bo‘ladi;
Ikkilamchi (infeksion-allyergik), bronx-o‘pka apparatida yoki tyeri qoplamasidagi
yallig‘lanishlan keyin paydo bo‘ladi.
Birlamchi shaklda kimyoviy, ikkilamchi shaklda baktyerial sensibilizatsiya asosiy
ahamiyatga ega. Kimyoviy allyergiya zudlik bilan ta’sir ko‘rsatish (bronxial astma,
astmoidli bronxit, eshakemi, rinit, konyuktivit, Kvinke shishi) yoki sekin ta’sir qilish
(dyermatit, ekzema) ko‘rinishida kechishi mumkin.
Dyermatit bilan og‘rigan bemorlarda bu moddalar ichki qabul qilinganda
anafilaktik shok kabi umumiy allyergik ta’sir kuzatilishi mumkin.
Umumiy toksik va allyergik samara boshlanadigan miqdorlar (dozalar) odatda mos
kelmaydi. Allyergenning katta miqdori sensibilizatsiyadan ko‘ra ko‘proq o‘tkiroldi
yoki surunkali zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, xromli ekzema
sementchilarda keng tarqalgan (sementda Cr miqdori 0,001-3 mg % dan oshmaydi) va
22
deyarli hech qachon xromli birikmalar zavodlari ishchilarida uchramaydi, holbuki u
yyyerda odamga ta’sir qiladigan konsentratsiyalar ancha yuqori.
Dostları ilə paylaş: |