59
O‘lcham 10 mkm bo‘lgan zarrachalar burun yo‘llarida va burun-halqumda to‘liq
cho‘kib qoladi, 10 mkm dan yuqori zarrachalar – yuqori nafas yo‘llarida, 1-2 mkm
gacha o‘lchamli zarrachalar esa – alveolalarda cho‘kadi.
Nafas yo‘llarining organizmning o‘zi tomonidan tozalanishi jarayonida cho‘kkan
zarrachalar shilimshiq bilan birga yuqoriga harakatlanadi va asta-sekin organizmdan
chiqib ketadi. Biroq, agar zaharli ayerozol suvda yaxshi yeriydigan bo‘lsa, u nafas
olish yo‘llarining butun uzunligi bo‘ylab so‘rilgan bo‘lishi mumkin. Ayerozolning
ma’lum bir miqdori nafas olish yo‘llaridan tashqariga chiqariladi, uning kattagina
qismi so‘lak orqali halqumdan oshqozon-ichak tizimiga o‘tadi.
Nafas yo‘llarining metall bug‘laridan tozalanishi ikki bosqichda boradi. Birinchi
bosqichda metall bug‘lari 24 soat ichida bronxial daraxt bo‘ylab hilpillovchi epiteliy
bilan tez haydab chiqariladi. Ikkinchi bosqichda metallar alveolyar sohadan bir necha
kundan tortib to bir necha oygacha sekin chiqariladi. Alveolalarda to‘plangan
ultramikroskopik metall zarrachalari alveolyar membranadan qon oqimiga diffuziya
yoki kolloid va oqsil komplekslar shaklida tashilish orqali diffuziyalanadi.
Dostları ilə paylaş: