65
Molekulasida aminoguruhlar bo‘lgan sanoat zaharlari siydikda yig‘ilish xususiyatiga
ega. Misol tariqasida siklogeksil, ditsiklogeksilamin, dimetilgidrazin, benzidin va
h.k.larni keltirish mumkin, ularning konsentratsiyasi qondagiga nisbatan ancha yuqori.
Ionlar ko‘rinishidagi metallar buyrakdan tez ajratiladi, bular: ishqoriy metallar –
litiy, rubidiy, seziy; ikki valentli metallar – byerilliy, kadmiy, mis tuzlari; anionlar
tarkibiga kiradigan metallar – xrom, vanadiy, molibden, selen).
Ko‘proq jigarda tutilib qoladigan metallar siydik orqali kam chiqarilib, organizmda
bir tekis tarqaladi – buyrak orqali tez va oshqozon-ichak trakti orqali sekin chiqariladi.
Sanoat
zaharlarining
oshqozon-ichak
trakti
orqali
chiqarilishi
og‘ish
bo‘shlig‘idayoq so‘lak bilan birga boshlanadi. So‘lakda ba’zi bir noelektrolitlar va
og‘ir metallar (simob, qo‘rg‘oshin va h.k.) aniqlangan.
Organizmga tushadigan barcha zaharli moddalar jigarga kelib tushadi. Ko‘pchilik
zaharlar o‘t suyuqligi bilan birga ichakka o‘tib ketadi va organizmdan chiqariladi
(qo‘rg‘oshin, marganes).
Ichakda zaharli moddalar qonga o‘tishi va organizmdan siydik bilan birga chiqib
ketishi ham mumkin. Zahar ichakdan yana jigarga, keyin o‘t pufagi bilan Yana
oshqozon-ichak traktiga o‘tishi ham mumkin (jigar ichidagi sirkulyatsiya).
Uchuvchan noelektrolitlar (uglevodorodlar, spirtlar, efirlar) oshqozon-ichak tizimi
orqali ajratilmaydi. Bu tizim orqali xlorlangan aromatik uglevodorodlar (ko‘pgina
insektitsidlar) chiqariladi.
Jigarda yig‘iladigan metallar (nodir yer metallari, oltin, kumush va h.k.) deyarli
to‘liq axlat bilan chiqib ketadi.
Og‘ir metallar bilan zaharlanganda asosiy massa ichak orqali, qolgan qismi esa
asta-sekin siydik bilan ajraladi (simob).
Boshqa yo‘llar orqali ajralishi.
Sanoat zaharlari sut bezlari (sut bilan) va tyeri (tyer
bilan) orqali ham organizmdan chiqib ketishi mumkin. Ona suti bilan noelektrolitlar
ajraladi (xlorlangan uglevodorodlar, intektitsidlar–DDT, geksaxloran, 2-4-D va h.k.).
sut orqali ko‘plab metallar ham ajraladi (simob, selen, margimush).
Tyeri orqali organizmdan ko‘pgina noelektrolitlar chiqib ketadi (etil spirti, atseton,
fenol, xlorlangan uglevodorodlar. Oltingugurt uglyerodning (CS
2
) tyyerdagi miqdori
siydikdan 3 baravar ko‘p. Tyer bilan simob, mis, margimush ham ajraladi.
Dostları ilə paylaş: