10.3. Zaharli moddalarning organizmda o‘zgarishga uchrashi
Organizmga tushgan zaharlar, boshqa ksenobiotiklar (yod moddalar) singari, turli
kimyoviy o‘zgarishlarga uchrashi (biotransformatsiya) va toksikligi kamroq
moddalarga aylanishi mumkin (detoksikatsiya – zaharning zaharsizlantirilishi).
Ksenobiotiklarning biotransformatsiyasi
– organizmning evolyusiya jarayonida
orttirgan himoya reaksiyasi bo‘lib, metabolizm (moddalar va enyergiya almashinuvi
jarayonlari
yig‘indisi)
natijasida
yot
moddalarning
inaktivatsiyasi
(detoksikatsiyasi)dan iborat.
Biotransformatsiyada zaharlarning toksikligi kuchayishi holatlari ham ko‘p
uchraydi, Shuningdek, zahar molekulalarining bir qismi o‘zgarishsiz ajralib chiqishi
va umuman qon plazmasi va to‘qimalardagi oqsillar bilan birikib, organizmda uzoq
vaqt qolib ketishi mumkin. “Zahar-oqsil” kompleksining mustahkamligiga qarab
zaharning ta’siri sekinlashishi yoki umuman yo‘qolishi mumkin.
Hozirgi paytda aniqlanishicha, ksenobiotiklarning biotransformatsiyasi jigarda,
ovqat hazm qilish traktida, o‘pkada, buyraklarda, qonda va, oxirgi ma’lumotlarga
qaraganda, yog‘ to‘qimasida yuz beradi. Biroq bu yerda jigar asosiy rol o‘ynaydi.
Jigarda yot moddalar metabolizmini tezlashtiradigan (katalizatsiyalaydigan)
fyermentlar bor. Jigar fyermentlari turli yot moddalarga nisbatan yuqori o‘xshashlikka
ega. Bu ularga organizmga tushgan har qanday kimyoviy birikma bilan
zararsizlantirish reaksiyasiga kirishish imkonini beradi.
Zaharli moddalar biotransformatsiyasi negizida kimyoviy reaksiyalarning bir
nechta turlari yotadi, ular natijasida metil (-SN
3
), atsetil (SN
3
SOO-), karboksil (-
SOON), gidroksil (-ON) radikallar (guruhlar)ning, Shuningdek oltingugurt atomlari va
oltingugurtli guruhlarning birikuvi yoki ajralib chiqishi yuz beradi.
Zaharlarni zararsizlantirish mexanizmlari ichida
sintez yoki konyugatsiya
reaksiyasi o‘ynaydi, bunday reaksiya natijasida zararsiz komplekslar –
konyugatlar
63
hosil bo‘ladi. Bunda konyugatsiya reaksiyalarida glyukuron kislotasi, sistein, glitsin,
oltingugurt kislotasi va boshqalar zaharlar bilan ta’sirlanadi.
Zaharli moddalar detoksikatsiyasida hayot faoliyati uchun muhim bo‘lgan
moddalar sarflanishi tufayli, organizmda ularning taqchilligi yuzaga keladi hamda
organizm uchun zarur metabolitlar yetishmasligi oqibatida ikkilamchi kasallik holatlari
kuzatiladi. Masalan, ko‘pgina zaharlarning detoksikatsiyasi jigardagi glikogen
zaxirasiga bog‘liq, chunki undan glyukuron kislotasi hosil bo‘ladi. Shuning uchun
organizmga, masalan, benzol hosilalari katta miqdorlarda tushsa, jigarda glikogen
miqdori keskin pasayadi. Ma’lumki, glikogen – uglevodlarning asosiy zaxirasidir.
Aksariyat hollarda zaharli birikma izchil o‘zgarishlarga uchraydi. Metabolizmning
boshlang‘ich fazasi birikma zaharliligini kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi mumkin.
Masalan, organizmda FOBlar oksidlanib, zaharliligi yanada yuqori bo‘lgan
metabolitlar paydo bo‘ladi: oktametil zaharliligi kuchliroq fosforamidoksidga, tiofos –
zaharliligi kamroq paraoksonga aylanadi. Shu bilan birga, paraokson metabolizmining
oxirgi mahsulotlari (paranitrofenol va fosfos kislotasining deetil efiri) toksiklik
xususiyatiga ega emas.
Ayrim zaharli moddalar bir vaqtning o‘zida bir qancha yo‘nalishlarda
metabolizmga uchrashi mumkin. Masalan, benzol (boshqa aromatik uglevodorodlar
bilan bir qatorda yerituvchi sifatida hamda bo‘yoqlar, plastmassa, dori-darmonlar va
h.k.larni sintez qilishda oraliq mahsulot sifatida keng qo‘llaniladi) organizmda uchta
yo‘nalishda o‘zgaradi hamda toksik metabolitlarni hosil qiladi. Bular: benzolning
aromatik spirtlarga oksidlanishi (gidroksillanishi), konyugatlarning hosil bo‘lishi
hamda uning molekulasining butunlay parchalanishi (aromatik halqaning uzilishi)
hamda ularning buyraklar orqali ajralib chiqishi.
Organizmda toksik metallarning biotransformatsiyasini o‘rganish muayyan
qiziqish uyg‘otadi. Metallar va ularning birikmalari, ko‘pchilik organik moddalardan
farqli o‘laroq, organizmda valentligini va kislota qoldig‘ini o‘zgartirish tufayli o‘z
shaklini bir necha bor o‘zgartirishi mumkin. Metallarning organizmda bo‘lgan
vaqtining ko‘p qismida ular oqsillar va nuklein kislotalar bilan komplekslar
ko‘rinishida bo‘ladi. Metallar ham faol guruhlar – ON, -SOON (karboksil), -RO
3
N
(gidrofosfat), limon kislotasi bilan birikadilar. Alohida metallarning oqsillar va
aminokislotalar bilan o‘xshashligi mavjud.
Aminokislotalar bilan simob, mis, rux, nikel, qo‘rg‘oshin, kobalt, kadmiy,
marganes, magniy, kalsiy, bariy kabi metallar ko‘proq –SH, -NH
2
(aminoguruh),
SOON (karboksil guruh) va h.k. orqali birikadi, bu ularning biologik ta’siri
tanlanuvchanligini belgilaydi.
Metallarning organizmda to‘planishi komplekslar ko‘rinishida ham yuz beradi.
O‘zgaruvchan valentlikka ega metallar organizmda qaytarilish va oksidlanish
reaksiyalariga kirishadi, bunda past valentlik holatiga o‘tishda odatda metallar
toksikligi kamayadi: Cr
+6
toksikligi kam Cr
+3
gacha qaytariladi, u esa uzumtosh
kislotasi yordamida organizmdan tez chiqib ketadi; V
+5
, V
+3
gacha qaytariladi; biroq
margimush As
+5
organizmda toksikligi kuchliroq As
+3
gacha qaytariladi.
Keltirilgan matyeriallar toksik moddalarning biotransformatsiyalanishi jarayonlari
haqida faqat umumiy tasavvur beradi hamda odam organizmida ko‘plab biokimyoviy
64
himoya mexanizmlari mavjud bo‘lib, ular organizmni bu moddalarning (hech bo‘lmasa
ularning kam miqdorlarining) salbiy ta’siridan himoya qilishini ko‘rsatadi.
Sanoat zaharlari metabolizmini o‘rganish nafaqat ilmiy ahamiyatga ega, u
Shuningdek
amaliy
jihatdan
ham
katta
qiziqish
uyg‘otadi. Zaharlar
biotransformatsiyasi
mexanizmlari haqidagi bilimlar zaharlanishga bog‘liq
kasalliklarning oldini olish, tashxislash va davolashda qandaydir metabolitning hosil
bo‘lishini sekinlashtirish yoki tezlashtirish maqsadida bu jarayonlarga faol
aralashishda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |