62
birinchi galda yog‘li to‘qimalarda, shu jumladan markaziy va pyerifyerik asab tizimida
tarqaladi va yig‘iladi.
Metallar normada mikroelementlar sifatida bo‘lgan to‘qimalarda,
shuningdek
moddalar almashinuvi jadal boradigan organlarda (jigar, buyrak, endokrin bezlar, asab
tizimi) metall yig‘iladi.
Qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy, byerilliy,
marganes, xrom ko‘proq suyaklarda
yerimaydigan tuzlar ko‘rinishida, asab tizimida, ichki organlarda (jigar, buyrak, o‘pka)
metallarning to‘qimalardagi Sh-guruhlariga spetsifik o‘xshashligi tufayli, Shuningdek
sochlarda yig‘iladi. Ko‘pgina og‘ir metallar hujayra membranasida joylashib oladi va
uning faoliyatini buzadi.
Fosfor va kalsiy bilan mustahkam aloqa bilan birikadigan metallar ko‘proq suyak
to‘qimasida yig‘iladi. Bular: rubidiy, byerilliy, bariy, uran, toriy.
Qiyin yeriydigan nodir yer elementlari: lantan, syeriy, tyerbiy va h.k. jigarda, qora
taloqda, ilikda qo‘pol dispyers kolloidlar ko‘rinishida to‘planadi.
Ba’zi bir metallar barcha organlarda bir tekis taqsimlanadi. Bular: xrom, vanadiy,
marganes, kobalt, nikel, margimush, selen.
Dostları ilə paylaş: