60
darajasiga bog‘liq. Kuchsiz nordon va kuchsiz ishqoriy moddalar ingichka ichakda
so‘riladi, kuchli kislotalar sekin so‘riladi va ichak shilimshig‘i bilan komplekslar hosil
qiladi.
Aksariyat metallarning so‘rilishi ozuqa moddalarining qonga yetkazib byerilishini
ta’minlaydigan aktiv tashish yo‘li bilan yuz beradi. Xrom-Cr, marganes, rux – yonbosh
ichakda, temir, kobalt-So, mis, simob, talliy, surma – ingichka ichakda so‘riladi.
Ishqoriy metallar tezroq so‘riladi. Ishqoriy yyer metallar (Sa, Sr, Ba)ning 20-60 foizi
qonga o‘tadi va fosfatlar bilan yerimaydigan yoki gidrooksidlar ko‘rinishidagi
komplekslarni hosil qiladi. Nodir yer metallarining (seziy-Cs, lantan-La, ittriy-Y)
oqsillar bilan hosil qiladigan pishiq komplekslari qiyin so‘riladi.
d) sanoat zaharlarining organizmga tyeri orqali kelib tushishi
Tyerining zaharli moddalar rezorbsiyasidagi (qonga so‘rilish) o‘rni ishlab
chiqarishda katta ahamiyatga ega. Zaharlarning jarohatlanmagan tyeri orqali o‘tish
tezligi ularning lipidlarda yeruvchanligiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, ularning
keyinchalik qonga o‘tishi suvda yeruvchanlikka bog‘liqdir. Bu suyuqliklarga va qattiq
jismlarga ham, gazsimon moddalarga ham tegishli.
Turli moddalarning tyeri orqali o‘tishining uch xil yo‘li mavjud:
1) epidyermis orqali
2) kiprikchali follikulalar orqali
3) yog‘ bezlarining chiqarish yo‘llari orqali
Epidyermis orqali gazlar va yog‘da yeruvchan organik moddalar tez o‘tadi. Gazlar
tyeri orqali inyert membranadan o‘tgandek diffuziyalanishi mumkin (HCN – kuchli
uchuvchan modda, Co
2
, Co, H
2
S).
Zaharli moddalar keyin dyermadan qonga o‘tadi. Agar moddalarning kimyoviy-
fizikaviy xossalari ularning yuqori toksikligiga mos kelsa, tyeri orqali zaharlanish xavfi
ancha oshib ketadi. Tyeri orqali o‘ta oladigan zaharlar ichidan birinchi o‘rinda
aromatik nitrouglevodorodlar, xlorlangan uglevodorodlar, metalloorganik birikmalar,
FOBlar turadi. Ko‘pchilik metall tuzlari tyeri yog‘ qatlamidagi yog‘ kislotalari bilan
birikib, yog‘da yeriydigan birikmalarga aylanadi va epidyermisning to‘siq qavati
orqali o‘tib ketadi (simob, talliy, qo‘rg‘oshin, qalay, mis, margimush va b.).
Tyerining mexanik jarohatlanishi, tyermik va kimyoviy kuyishlar toksik
moddalarning organizmga tushishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: