Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


57 
9.TOKSIKOKINETIKA ASOSLARI
9.1. Toksikokinetika haqida tushuncha 
Organizmga 
tushgan 
zahar 
retseptor 
(ta’sirlashish 
nuqtalari) 
bilan 
ta’sirlashgandagina zaharlanishga olib kelishi mumkin. Turli zaharlar turli retseptorlar 
bilan ta’sirlashadi. Retseptorlar fyermentlar (toksinlar ularning ta’sirini blokirovka 
qilib qo‘yadi), nyerv impulslari o‘tgan yo‘llar, hujayra membranalarining zararli 
modda molekulalari ta’sir qiladigan uchastkalari bo‘lishi mumkin. 
Ba’zi bir zaharlarning bir nechta ta’sir nuqtalari bo‘lishi mumkin, ya’ni ular bir 
nechta retseptorlar turlari bilan ta’sirlashadi, shuning uchun asosiy ta’sirdan tashqari, 
qo‘shimcha ta’sir ham kuzatiladi. Zaharning organizmdagi miqdori yetarli 
bo‘lgandagina toksik samara yuzaga keladi. Agar u kam bo‘lsa, organizm
zaharlanmaydi yoki zaharlanish sezilarsiz kechadi (bir dona tamaki chekilganda qonga 
SO kelib tushadi, biroq uning miqdori karboksi-gemoglobin hosil qilib, organizmni 
zaharlashi uchun juda kam).
Zaharlanishning paydo bo‘lishi yoki bo‘lmasligi, uning og‘irligi qay darajada 
bo‘lishi va qachon namoyon bo‘lishi zaharning organizm bilan qanday tezlikda 
ta’sirlashuviga bog‘liq. 
Ko‘pincha bu jarayonlar 
“zaharning organizmdagi taqdiri”
deb ataladi. 
Sanoat toksikologiyasi tashqi muhitdan ko‘proq o‘pka orqali, kamroq hollarda 
tyeri va og‘iz orqali organizmga kelib tushadigan zaharlar ta’sirini o‘rganadi. 
Zaharlarning organizmga ingalyatsion yo‘l bilan tushishi uzoq vaqt davom etadigan 
bo‘lsa, toksik samara rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun sanoat 
zaharlari toksikokinetikasi moddalarning organizmga kelib tushishini, shuningdek 
zaharlarning retseptorlar bilan ta’sirlashuvini o‘rganadi. Toksikokinetikaning katta 
qismi zaharlarning vaqt jihatdan toksik samara byerishi qonuniyatlarini o‘rganishdan 
iborat. 
Yod kimyoviy birikmalarning organizmga kelib tushishi, ularning organlar va 
to‘qimalar o‘rtasida taqsimlanishi hamda ajralib chiqishi asosan diffuziya qonunlariga 
bo‘ysungan holda kechadi. 
Diffuziya
– bitta modda molekulalarining ularning konsentratsiya gradiyenti 
pasaygan yo‘nalishda issiqlik harakati tufayli boshqa moddaga sekin-asta ko‘chishi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin