55
Fibrogen ta’sir
Changlarning ko‘pgina turlari o‘pkani yengil jarohatlaydi (fibroz). Bu jarohatlar
nafas olish hajmini kamaytiradi va insonning nafas olishi qiyinlashadi. Buning asosiy
ko‘rsatuvchi belgisi – nafas qisishlar. Nafas qisish inson tinch holatda bo‘lganda
bilinmaydi, jismoniy zo‘riqqanda o‘zini namoyon qiladi.
Kremniy (II) oksidining aktiv changlari bilan nafas olganda o‘pkani - silikoz
kasalligiga olib keladi. Asbest changlari bilan nafas olganda - asbetoz, kaolin bilan
nafas olganda - kaolinoz, talka bilan nafas olganda - talkoz kasalliklari kelib chiqadi.
Tyeriga ta’sir
Tyeriga ta’sir etuvchi kimyoviy moddalarning 3 hil turi mavjud:
1) qo‘zg‘atuvchilar, kuydiruvchilar (konsentrangan noorganik kislotalar va
ishqorlar, og‘ir metallarning ba’zi bir tuzlari);
2) fotodyermatitlar (larpek, gudron, sulfanilamidlar);
3) allyergik dyermatitlar, toksidyermatitlar, ekzema (xrom tuzlari, nikel, kobalt,
simob birikmalari formalin va boshqalar).
Allyergik ta’sirga ega moddalar
Immunitet buzilishi natijasida turli xil allyergik kasalliklar kelib chiqadi. Buni
meditsinada maxsus o‘rganiladi.
Moddalar ta’siri uchun allyergik reaksiyalar turli hil ko‘rinishda bo‘ladi: tyeriga
toshmalar toshishi, shish paydo bo‘lishi, qichima, yo‘tal, bronxial astma, ko‘zdan yosh
oqishi, dyermatit, ekzema va boshqalardir.
Sanoatda allyergenlar juda keng tarqalgan: turli metallar (xrom, kobalt, nikel,
marganes, byerilliy va boshqalar), trietanolamin va boshqalar.
Murakkab tarkibli allyergen moddalar katta guruhni tashkil etadi. Bu moddalar
sun’iy ravishda hosil bo‘lishi mumkin. Bu moddalarga formaldegid asosida olingan
polimyer moddalar (fenol va formaldegid va mochevina smolalari, kleylar,
plastmassalar), epoksid polimyerlar, poliefir laklari, kremniy organik birikmalar
asosida olingan polimyerlar (shishali tolalar), izotsian asosida olingan polimyerlar,
vinilxlorid, metaakril va akril kislotalar va boshqalar kiradi. Tabiiy polimyerlardan
kanifol, hayvonot va o‘simlik dunyosiga tegishli moddalar ham shu guruhga kiradi.
Dostları ilə paylaş: