3. Xalqaro moliya bilan bog‘liq munosabatlar. Jahon banki va
Xalqaro valyuta fondi.
Qat’iy belgilangan paritet tizimiga o‘tilgunga qadar, ya’ni oltin
va oltin deviz standarti sharoitida barcha global xarakterga ega
bo‘lgan moliyaviy muammolar xalqaro konferensiyalarda hal qilinar
edi. Boshqacha aytganda, jahon moliya tizimining rivojlanishi
ustidan doimiy monitoring olib boruvchi, uning amal qilish
tamoyillarini ishlab chiquvchi va mamlakatlarga iqtisodiy muam-
molarni hal qilish uchun moliyaviy ko‘mak beruvchi organlar mav-
jud emas edi. 1944-yilda AQShdagi Bretton Vuds konferensiyasida
Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot
bankining (XTTB) tashkil etilishi xalqaro moliya va valyuta
tizimining rivojlanishida muhim qadam bo‘ldi.
“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot
banki (International Bank for Reconstruction and Development) va
Xalqaro rivojlanish assosiasiyasini (International Development
Association) qamrab oladi. “Jahon banki guruhi” atamasi esa, 5 ta
tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi
(International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash
bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (Multilateral Investment
Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish
219
markazini (International Center for Settlement of Investment
Disputes) o‘z ichiga oladi
11
.
XTTBga a’zo bo‘ladigan davlatlarning bir vaqtda XVFga a’zo
bo‘lishi talab etiladi. XTTBga a’zolik esa, o‘z navbatida, Jahon banki
guruhining boshqa tashkilotlariga a’zo bo‘lish uchun dastlabki
shart-sharoitlardan hisoblanadi.
XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq
uning maqsadlari sirasiga quyidagilar kiradi:
– a’zo davlatlarning xalq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirishga
ko‘maklashish;
– kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning
investitsiyalari va ssudalarida ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy
investitsiyalarni rag‘batlantirish;
– jahon savdosining muvozanatli o‘sishini va a’zo davlatlar
to‘lov balansining muvozanatliligini qo‘llab-quvvatlash.
XTTBning faoliyati o‘rta daromadli va kreditga layoqatli
rivojlanayotgan davlatlarda ssudalar, kafolatlar, riskni boshqarish
mahsulotlari, maslahat xizmatlari orqali qashshoqlikni qisqartirishga
qaratilgan. 2018 -il 1-yanvar holatiga unga a’zo mamlakatlar soni
195 tani tashkil etgan.
XTTBning asosiy mablag‘lari hozirgi kunda o‘rta va uzoq
muddatli qarz majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya
bozorlaridagi operatsiyalar hisobidan shakllanadi. XTTB qimmatli
qog‘ozlari yuqori kredit reytingiga (AAA) ega bo‘lib, dunyoning 100
dan ortiq mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari qarz
oluvchi davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya’ni
xalqaro darajada to‘lov vositasi sifatida tan olingan valyutalarda
ajratiladi.
XRA 1960-yilda tashkil topgan bo‘lib, dunyoning sust
rivojlangan, qashshoq davlatlariga moliyaviy ko‘mak beradi.
XRA Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq, uning
maqsadi iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, samaradorlikni
oshirish va shuning asosida, sust rivojlangan a’zo mamlakatlarda
aholi turmush tarzini oshirish, shuningdek, ana’naviy kreditlarga
_______________________________
11
Noeth, Bryan, and Rajdeep Sengupta, “Global European Banks and the FinancialCrisis,”
Economic Research:
Federal Reserve Bank of St. Louis Review
94(6), November/December 2012, pp. 457–480.
220
nisbatan og‘ir bo‘lmagan qulay shartlarda moliyaviy ko‘mak berish
hisoblanadi.
XRA foizsiz kreditlar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga
qaratilgan grantlar ajratish orqali qashshoqlikni qisqartirish, ijtimoiy
tengsizlikni kamaytirish va aholi turmush tarzini oshirishni ko‘zda
tutadi. XRA moliyaviy yordamlaridan aholi jon boshiga YaIM
ko‘rsatkichi 1025 AQSh dollaridan (2019-moliyaviy yil uchun) kam
bo‘lgan davlatlar foydalanishi mumkin. Hozirgi kunda 82 ta
mamlakat XRA xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
XRA kreditlarining qaytarish muddatlari 20, 35 va 40 yilni
tashkil etadi, shundan dastlabki 10 yili imtiyozli davr hisoblanadi va
bu davrda asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi.
Ta’kidlash lozimki, XRA kreditlariga foiz to‘lanmaydi, biroq xizmat
ko‘rsatish uchun kam miqdordagi (hozirda ajratilgan kredit
summaning 0,75 foizi) xarajatlar qarz oluvchi tomonidan qoplanadi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956-yilda tashkil
etilgan bo‘lib, uning bosh maqsadi rivojlanayotgan davlatlarda
xususiy sektor investitsiyalarini qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantirish hisoblanadi.
XMK
hukumat
kafolatini
talab
qilmagani
bois,
benefisiarlarining kreditga layoqatliligini sinchkovlik bilan tahlil
qiladi. Shuningdek, XMK kreditlarining moliyaviy shartlari, XTTB
va XRA bilan taqqoslaganda, sezilarli darajada og‘ir hisoblanadi.
XMK kreditlarining katta qismi 7-12 yil muddatga qat’iy va suzuvchi
stavkalarda turli valyutalarda ajratiladi.
Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik
(MIGA) 1988-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Jahon banki guruhining
eng yosh a’zosi hisoblanadi. Bu tashkilotning bosh maqsadi –
notijorat
(siyosiy)
risklarga
qarshi
kafolat
berish
orqali
rivojlanayotgan davlatlardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarga
ko‘maklashishdir. Bundan tashqari, u rivojlanayotgan davlatlar
hukumatlariga xorijiy investitsiyalarga ko‘maklashish dasturlarini
ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi.
Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazi esa,
davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni
221
mustahkamlash orqali investitsiya sohasidagi bahslarni hal qiladi va
muvofiqlashtiradi.
XVFning bosh maqsadi xalqaro valyuta tizimi, ya’ni
mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlarning erkin ayirboshlanishiga
xizmat qiladigan valyuta kurslari va xalqaro to‘lovlar tizimi
barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.
XVF kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq,
uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi:
– xalqaro valyutaviy muammolarni bartaraf etish borasida
maslahatlar va hamjihatlik mexanizmini ta’minlovchi doimiy institut
orqali xalqaro valyutaviy hamkorlikni rag‘batlantirish;
– xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o‘sishini
qo‘llab quvvatlash va shu orqali bandlik va real daromadlarning
yetarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy siyosatning
bosh maqsadi sifatida barcha a’zo davlatlar resurslarining
samaradorligini oshirishga hissa qo‘shish;
– a’zo davlatlar o‘rtasida joriy bitimlarga doir ko‘p tomonlama
to‘lovlar tizimini tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga
to‘sqinlik qiluvchi valyuta ayirboshlashdagi cheklovlarni bekor
qilishga ko‘maklashish;
– a’zolarning umumiy resurslari hisobidan yetarlicha xavfsiz
asosda mablag‘ bilan ta’minlash orqali ularning ishonchini qozonish,
va shuning asosida ularga to‘lov balansidagi nomuvofiqliklar
(tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan
chora-tadbirlarsiz to‘g‘rilash imkonini berish;
– yuqoridagilarga muvofiq a’zo davlatlarning xalqaro to‘lovlar
balanslaridagi nomuvofiqlik (muvozanatsizlik)larning davomiyligini
qisqartirish va uning darajasini pasaytirish.
XVFni tashkil etish mobaynida qat’iy belgilangan paritet
tizimining tamoyillari shakllantirilgan bo‘lib, ularga valyutalarning
oltin paritetiga muvofiq tarzda ularning rasmiy almashuv kursini
o‘rnatish, a’zo mamlakatlar tomonidan almashuv kurslarining
valyuta yo‘lakchasi doirasida bo‘lishini ta’minlanishi, oltinning
jahon puli funksiyasini saqlanishi bilan birga, AQSh dollariga ushbu
funksiyani bajaruvchi valyuta maqomining berilishi kabilarni kiritish
mumkin.
222
Bretton – Vuds tizimi tanazzulga uchragach, majburiy valyuta
yo‘lakchalari bekor qilindi va valyuta kursining erkin suzish tizimiga
o‘tildi. Shuningdek, oltin demonetizatsiya qilindi, ya’ni oltin
standarti, halqaro hisob-kitoblarda va Markaziy bankning zahiralarini
shakllantirishda oltindan majburiy foydalanish amaliyoti, AQSh
dollarining oltinga erkin ayirboshlanishi bekor qilindi. Bundan
tashqari, har bir mamlakat valyuta kursini rejimini mustaqil tanlash
huquqiga ega bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, XVF nizomiga muvofiq, a)
mamlakatda moliyaviy va valyuta siyosati barqarorligini qo‘l-
lab-quvvatlash hamda Markaziy bank tomonidan valyuta kursining
kuchli tebranishi yuz berganda intervensiyadan foydalanilishi; b) bir
tomonlama ustunlikka ega bo‘lishga qaratilgan valyuta kursining
manipulyatsiyasidan voz kechish; v) valyutani tartibga solish va
valyuta kursi mexanizmida ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar haqida
XVFni zudlik bilan xabardor qilish; g) valyutalarni oltinga bog‘lab
qo‘yish tartibidan voz kechish talab etiladi.
XVF bu taraqqiyot instituti emas, kelishuvlar moddasiga
muvofiq, qashshoq mamlakatlarga infratuzilmani shakllantirish,
ekport va boshqa sektorlarni diversifikatsiya qilish yoki ta’lim va
sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish maqsadida kreditlar
ajratmaydi.
Har qanday mamlakat xoh u rivojlangan bo‘lsin, xoh u sust
rivojlangan, agar u kapitallar bozorida qulay shartlarda halqaro
to‘lovlarni amalga oshirish va zahiralarning muvofiq darajasini
ta’minlash uchun yetarlicha moliyalashtirish manbasini topa olmasa,
to‘lov balansi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun
moliyviy yordam so‘rab XVFga murojaat qilishi mumkin. XVF
Jahon banki va boshqa taraqqiyot agentliklaridan farqli ravishda
loyihalarni moliyalashtirmaydi.
XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha kategoriyalarga
ajratish mumkin:
12
1.
Dostları ilə paylaş: |