Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Soliq organlarining tarkibi, tuzilishi va vakolatlari



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

4. Soliq organlarining tarkibi, tuzilishi va vakolatlari 
Davlat boshqaruvi organining tashkiliy tuzilishi (ichki 
tuzilmasi) deganda uning huquqiy va tashkiliy jihatdan nisbatan 
mustaqil va alohida tusdagi bir-biriga o‘zaro bog‘langan 
bo‘linmalarining uyushmasi tushuniladi, ularning har biri alohida 
tarzda va barchasi birgalikda davlat vakolatlarining amalga 
oshirilishini ta’minlaydi. 
Organning tuzilishi unga yuklangan vakolatlarning samarali 
tarzda bajarilishini, har bir tarkibiy bo‘linmaning vakolatlari va 
mas’uliyatining aniq chegaralab qo‘yilishini, hammaning yagona bir 
butun mexanizmning unsurlari sifatida kelishilgan holda ish olib 
borishini ta’minlashi lozim. Davlat soliq qo‘mitasi tuzilmasi va 
faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 


248 
va Davlat soliq qo‘mitasi 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab 
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi yangi tahrirda amalga 
kiritildi. 
Respublika soliq idoralarining tuzilishi bu uch darajali 
iyerarxiya bo‘lib, u markaziy idora, ya’ni Davlat soliq qo‘mitasi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar soliq 
boshqarmalarini 
hamda 
tumanlar 
va 
shaharlardagi 
soliq 
inspekpiyalarini o‘z ichiga oladi. 
Viloyat davlat soliq boshqarmasi
soliq qonunlariga rioya 
qilinishini ta’minlash, davlatning iqtisodiy va mulkiy huquqlarini 
himoya qilish sohasidagi davlat nazoratining hududiy organi 
hisoblanadi. Viloyat davlat soliq boshqarmasi O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomning 
bajarilishini ta’minlashda mahalliy bojxona idoralari bilan hamjihat 
harakat qilinishini amalga oshiradi. 
Davlat soliq inspeksiyasi
– muayyan ma’muriy birlik (shahar, 
tuman) miqyosida tashkil qilinadi. Tumanlardagi, shaharlardagi va 
shaharlar tumanlaridagi davlat soliq inspeksiyalari davlat soliq 
boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan va u bilan birgalikda soliq 
idoralarining bir yagona tizimini tashkil etadigan idoralar 
hisoblanadi. 
Davlat soliq boshqarmasi o‘zining faoliyati to‘g‘risida faqat 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi oldida javob beradi. 
Soliq inspeksiyasi esa o‘zining bevosita rahbari bo‘lgan O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari oldida 
javob beradi.
Soliq inspeksiyasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga 
amal qilgan holda ushbu Nizomning uning vakolatlariga tegishli 
talablarini to‘liq amalga oshiradi. Tuman (shahar) soliq inspeksiyasi 
idorasining tuzilishi va xodimlar soni Qoraqalpog‘iston Respublika-
sining Davlat soliq bosh boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
davlat soliq boshqarmalari tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi 
belgilagan ish haqi fondi va xodimlar soni doirasida tasdiqlanadi. 
Davlat soliq qo‘mitasining tuzilmaviy bo‘linmalari, odatda, 
funksional asosda tashkil etiladiki, uning mohiyati rahbarlikning 


249 
mustaqil funksiyalarga taqsimlanishi va har bir ana shunday 
funksiyani maxsus tuzilmaviy bo‘linmaning (boshqarma, bo‘lim, 
sektor) amalga oshirishidan iboratdir. 
Davlat soliq qo‘mitasining tuzilmaviy bo‘linmalari ushbu 
boshqaruv organining ishchi idorasi hisoblanadi. Ularning faoliyati 
rang-barang bo‘lib, mazkur organ funksiyalarining o‘ziga xos 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bu bo‘linmalar turli materiallarni 
tayyorlaydi, Davlat soliq qo‘mitasining boshqaruviga taalluqli o‘zga 
faoliyatni bajaradi, shu jumladan, muvofiqlashtirish tusidagi 
funksiyalarni bajaradi, maslahatlar beradi, fikr-mulohaza va 
xulosalar taqdim etadi, loyihalarning ekspertizasini o‘tkazadi, 
hujjatlarning loyihalarini, yuqori hokimiyat va boshqaruv organlariga 
takliflarni tayyorlaydi. 
Boshqaruv organlarining butun faoliyati, barcha tashkiliy 
munosabatlari va huquqiy munosabatlari organning o‘z vakolatlarini 
amalga oshirishining natijasi hisoblanadi. Idoraning vakolatida 
boshqaruvning irodaviy mazmuni hammadan ko‘proq namoyon 
bo‘ladi. Davlat huquqiy normalarni chiqarish yo‘li bilan boshqaruv 
idorasining vakolatini belgilar ekan ushbu organning har qanday 
sohadagi hatti-harakatlarining chegaralarini belgilab beradi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin