429
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik
shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy
belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi.
Qat’iy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi
fizik ko‘rsatkich soliq solinadigan obyektdir.
Soliq solinadigan baza fizik ko‘rsatkichlarning sonidan kelib
chiqqan holda belgilanadi.
Qat’iy belgilangan soliq so‘mmasi soliq to‘lovchining
kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar soliq solinadigan
baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq davri – bir oy.
Qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga
olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
–
yangi tashkil qilinayotgan(boshlovchi) soliq to‘lovchilar
tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n
kundan kechiktirmay.
Soliq solish obyekti va ish haqining eng kam miqdori o‘zgargan
taqdirda, soliq to‘lovchilar aniqlik kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi
to‘lovni to‘lash muddatidan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lash:
–
yuridik shaxslar tomonidan - har oyda hisobot oyidan
keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: