458
yig‘imlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat
organlari va tashkilotlar.
Jismoniy shaxslarning qonuniy vakillari – O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq ishtirok etuvchi shaxslar
hisoblanadi.
– vakolatli vakillar ushbu vakolatlar yuklatilgan shaxslar
hisoblanadi. Soliq to‘lovchilarning vakolatli vakillari soliq
munosabatlarida ushbu vakolatlar yuklatilgan yuridik va jismoniy
shaxslar bo‘lishi mumkin. Bularga soliq organlari, bojxona xizmati,
davlatning ichki ishlar va byudjetdan tashqari fondlarining
mansabdor shaxslari, sudyalar, tergovchilar, prokurorlar bo‘lishi
mumkin. Vakolatli vakillar o‘z faoliyatini yuridik yoki jismoniy
shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga
muvofiq berilgan ishonchnoma asosida olib boradi.
Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb
fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat
olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili o‘z
vakolatlarini fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq notarial
tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: