486
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq soliq
solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda
hisoblab chiqariladi.
Soliq so‘mmasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
N = V x St,
bu yerda
N - hisoblab yozilgan soliq;
V - jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yonilg‘isi yoki
gazning natural ifodadagi hajmi;
St – soliq stavkasi.
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq so‘mmasi
chakana narxga qo‘shimcha ravishda belgilanadi, sotib oluvchiga
beriladigan chekda alohida qatorda ko‘rsatiladi hamda jismoniy
shaxslardan realizatsiya qilinayotgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz
uchun mablag‘larni olish bilan bir vaqtda undiriladi.
Dostları ilə paylaş: