22
Moliya siyosati inson faoliyatining mahsus shakli sifatida na-
moyon bo‘ladi. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida
chambarchas bog‘langan o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir. Bir tomondan,
moliya siyosati iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi,
ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujudga kelib va
rivojlanib, moliya siyosati ma’lum bir mustaqillikka ega. Shuning
uchun u iqtisodiyotga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini
o‘tkazadi. Bu ta’sir har xil bo‘lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy
chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga qulay
shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u to‘sqinlik qiladi.
Moliya
siyosati
moliyaviy
munosabatlar
mohiyatini
o‘zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, u o‘z
manfaatlariga qaratishga harakat qiladi.
Moliyaviy munosabatlar – obyektiv voqyelik iqtisodiy
munosabatining bir qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini
tashkil qiladi. Moliya siyosati esa bazisga asoslanadi, shu bazisdan
kelib chiqadi. Moliya siyosati ilmiy asoslangan moliyaviy nazariyaga
tayanadi va tajribaga ko‘rsatma beradi, shu tariqa moliya siyosati
nazariyani tajriba bilan bog‘laydi. Tajriba esa, nazariyaning
to‘g‘riligini tekshirish mezonidir.
Davlat moliya siyosati – ko‘p qirrali tushuncha. Uning ko‘lami
davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani boshqarishdagi ishtiroki
parametrlari bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: